Bosh sahifa -> 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasida ochiq amaliy mashg’ulotlar

2-akusherlik va ginekologiya kafedrasida ochiq amaliy mashg’ulotlar

Yangiliklar Comments: 5

Bosma uchun

   2018-yil 12-fevral kuni 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasida bir qator ochiq amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

   Kafedrasi assistenti Etibor Ziyayeva tomonidan “Zamonaviy kontrasepsiya usullari” mavzusida davolash  fakulteti 609-guruh talabalari bilan birgalikda ochiq amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Ochiq amaliy mashg’ulotda talabalar taqdimot ma’ruza  qildilar. Mavzu slaydlar orqali tushuntirib berildi .Mavzu bo’yicha videolavhalar taqdim etildi . Mavzuga oid interfaol o’yinlar  o’ynaldi. Ochiq amaliy mashg’ulot  barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

    Assistent Ibragimova Santalatxon “ Abortlar va uning asoratlari” mavzusida davolash fakulteti  612-guruh talabalari  uchun ochiq mashg’ulot o’tkazdi. Mashg’ulotda abortlar va ularning asoratlari,   UASH taktikasi  o’rgatildi. Interaktiv o’yinlardan foydalanildi.

  Assistent Gafurova Shahnoza “Bachadon miomasi. Endometrioz” mavzusida davolash  fakulteti  613- guruh talabalari  uchun ochiq mashg’ulot o’tkazdi. Mashg’ulotda  bachadon miomasi va uning asoratlari to’g’risida  talabalarga ma’lumotlar  yetkazdi  va  UASH taktikasi  o’rgatildi.