5-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

152 Yangiliklar

2018-yil 12-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti  1- va 2- ma’ruzalar zalida 5-bosqich talabalari bilan institut rahbariyatining uchrashuvi o‘tkazildi. Institut rektori M.Madazimov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi A.Arziqulovlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda dars jarayonining olib borilishi, talabalarning  muammolari, taklif va mulohazalari, ularni qiziqtirayotgan masalalar o‘rtaga tashlandi.

 

 

Uchrashuv  chog‘ida rektor  talabalarning savollariga javob berib, ARMdan foydalanish qoidalari, jumladan, elektron adabiyotlar, majmualardan, ustozlarning taqdimot ma’ruzalaridan unumli foydalanish lozimligi, har bir talabada fleshka, noutbuk, disk bo‘lishi zarurligini aytib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, talabalarning o‘zlari ham taqdimot ma’ruza qilishni o‘rganishlari, chet tillarini mukammal bilishlari zamon talabi ekanligi ta’lim sifatini yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Ochiq muloqotda talabalar  zarur  ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: