Adti da mustaqillik va xotira darslari bo’lib o’tdi

Bosma uchun

          2017- yil 7- sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti  ma’ruzalar zallarida  hamda  Biorganik va biologik kimyo, mikrobiologiya  va ftiziatriya, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedralarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan Xotira darslari hamda Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz, seni O‘zbekiston!” shiori ostida mustaqillik darslari o‘tkazildi.

 

Darslarni ADTI rektori  M.Madazimov ochib, Mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat arbobi Muhtaram  Prezidentimizning ibratli hayoti, mamlakatimiz va xalqaro maydonda olib borgan dono siyosati va amalga oshirgan ulug‘vor ishlari haqida ma’ruza qildi.

U o‘z ma’ruzasida buyuk bobolarimizga xos hayot maktabini yaratgan ulug‘ Yurtboshimizning hayoti va faoliyatiga keng to‘xtaldi. Shuningdek, I.Karimov rahnamoligida O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab olganligi, Prezidentimizning Vatan oldida, Tarix oldida, Insoniyat oldidagi xizmatlari nechog‘li buyuk ekanligini bugun odil hakam – Vaqt ko‘rsatib turganligini, butun tinchliksevar insoniyat uning xizmatlarini e’tirof etayotganligini ta’kidladi.

         Shuningdek, dars jarayonida institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori vazifasini v/b P.Asxanov, davolash fakulteti ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimovlar ishtirok etib, institut ichki tartib qoidalari, kiyinish va muomala madaniyati haqida talabalarga tushuncha berdilar.

 

 

Leave a Reply