ADTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI SHAHRIXON TUMANIDA BO‘LDILAR

142 Yangiliklar

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari A.Abduvaxitov va R.Qosimovlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov tasdiqlagan rejaga asosan, Andijon davlat tibbiyot institutiga Shaxrixon tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy- ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida oliy o‘quv yurti rahbar kadrlari maktablarga biriktirildi.
          Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi  36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi eng chekka ta’lim maskanlaridan biridir. Bugungi kunda maktabga Muzaffarjon Mirzaev rahbarlik qilib kelmoqda. Maktabda 2 smenada 610 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ta’lim dargohida o‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarida darslar olib boriladi.
          Andijon davlat tibbiyot instituti VMO va QT fakulteti dekani,tibbiyot fanlari doktori H.Tursunov,UAShT va QT kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Xudoyberdiev, pediatriya fakulteti dekan o‘rinbosari K.Baydullaev birgalikda “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida  5”A” va 5”B” sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Darsga tashrif vaqtida “Mening kelajakdagi orzuim” va “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzularini hamohang tarzda  VMO va QT fakulteti dekani H.Tursunovning maktab o‘quvchilariga tushunarli qilib yetkazib berdi. Ularning kelgusidagi orzu-havaslari, qiziqishlari haqida samimiy suhbatlashdi. Ularning savollariga batafsil javob berdi.
          5”B” sinfidagi musiqa darsi jarayonida o‘quvchilar bilan musiqaning jamiyatdagi roli, foydali tomonlari Vatanimizni dunyo miqyosida yanada tanilishida o‘zbek  musiqasining o‘rni to‘g‘risida suhbat olib bordilar. O‘quvchilarni Vatanga muhabbat, kelajakka qiziqish his-tuyg‘ularini uyg‘onganligini  ularning beg‘ubor yuz-ko‘zlaridan anglash qiyin emas edi.  Ochiq  muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv  maktab o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi.   


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida mahorat darslari[:ru]Мастер-класс в Андижанском государственном медицинском институте[:en]MASTERY CLASSES IN ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE

2018-11-10
241
Ilmiy kengash yig‘ilishi[:ru]ЗАСЕДЕНИЕ УЧЕНОГО СОВЕТА[:en] SCIENTIFIC COUNCIL MEETING

2018-11-08
239
TALABALAR HARBIY TAYYORGARLIGINING YUTUQ VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI[:ru]ИЗУЧЕНЫ УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ[:en]Success and problems in the military training of students

2018-11-09
212
Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin![:ru]С праздником, дорогие медицинские работники![:en]HAPPY HOLIDAY DEAR MEDICAL WORKERS!

2018-11-13
192
Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi[:ru]ПРЕДСТАВИТЕЛИ ЯПОНСКОЙ КОМПАНИИ "МАРУБЕНИ КОРПОРЕЙШН" ПРИБЫЛИ В АНДИЖАНЕ[:en]REPRESENTATIVES OF JAPANESE COMPANU "MARUBENI CORPORATION" ARRIVED IN ANDIJAN

2018-11-13
185
E’lon!

2018-11-08
145
Moskva kongressi  taassurotlari[:ru]Впечатления о Московском Конгрессе.[:en]Impressions of the Moscow Congress

2018-11-13
141
PATOLOGIK ANATOMIYA VA SUD TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OCHIQ AMALIY MASHG'ULOT O'TKAZILDI

2018-11-09
136
ADTI magistratura rezidenti startap-akselerator tanlovida

2018-11-13
128
Yangi innovatsion texnologiyalar asosida konferensiya

2018-11-08
122