alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADTI rektorining Germaniyaga safari samaralari

14:34 25.12.2018

Joriy yilning 17-22 dekabr kunlari Andijon davlat tibbiyot   instituti rektori, professor M.M. Madazimov  Germaniya  davlatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
Safar davomida ADTI rektori  Germaniyaning qadimiy  oliygohlaridan – Rostok  universiteti rektori Volfgang Sharen  hamda  Martin Lyuter Xеlle  Vittenberk  universiteti  meditsina fakulteti dekani Mixayl Gekle  bilan uchrashdi.

Uchrashuv jarayonida mazkur o‘quv dargohlaridagi o‘quv –uslubiy ishlar, ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdi. Har ikki  universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy, o‘quv-uslubiy  va innovatsion  texnologiyalar  yuzasidan o‘zaro  hamkorlik qilishga kelishib oldilar.



Ikkitomonlama  hamkorlik   sharnomalarini  imzoladilar.
Shuningdek, ADTI rektori M.Madazimov Germaniyadagi Yadro tibbiyot klinikasi (UMR)da o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlarida ham ishtirok  etdi  va soha mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashdi.


2019-yil fevral oyida mazkur oliygoh mutaxassislarining kelishi kutilmoqda.
ADTI rektori M.Madazimovning tashrifi xususida  Germaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida va Jahon axborot agentligi  hamda daryo.uz saytlarida  ham atroflicha ma`lumotlar chop etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!