Yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlardan hujjat qabul qilish yakunlandi.

Yangiliklar Comments: 5

Bosma uchun

                  DIQQAT! TEST SINOVLARI YAQINLASHMOQDA!

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlardan hujjat qabul qilish yakunlandi.

 

Bu yilgi qabul jarayoni har yilgidanda gavjumroq o‘tdi. Qabul komissiyasi a’zolari tartibli va namunali ish tashkil qilib,  abiturientlarga o‘z vaqtida tushuntirish va yo‘nalish berib turdilar. Abiturientlar va ularning yaqinlari uchun institut hududida zarur shart-sharoit hamda qulayliklar yaratildi.

Qabul komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yili ADTIda o‘qish istagini bildirganlar soni 10677 nafarga yetdi. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 5122 nafar ko‘p demakdir.

Hujjatlarini ADTIning turli fakultet va yo‘nalishlariga  topshirgan yigit-qizlarning maqsadi aniq.  Ular ulkan orzular yo‘lida mashaqqat chekish, el salomatligi yo‘lida jonbozlik  ko‘rsatish istagidalar.

Davlat test sinovlarini muvaffaqiyatli  topshirishda barchangizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!