Yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida institut talaba yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

0 views News Comments: 5

Bosma uchun

                                 AMALIYОT OLDIDAN UCHRASHUV

      Andijon  davlat tibbiyot institutida institut talaba yoshlari bilan institut rahbariyati, prorektorlari va dekanlari va o‘qituvchilari  ishtirokida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  

Uchrashuvda  institut rektori, professor M.Madazimov hamda institut  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor  I.Alimjanovlar  so‘z olib,  yozgi amaliyot davrini samarali o‘tkazish, kasb malakalarini oshirish, amaliyot kunlarida tartib-intizomga qat’iy rioya qilish, bo‘sh vaqtlarini  mazmunli  tashkil etish, chet tillarini va axborot texnologiyalarini o‘rganish kabi mavzularda gapirib o‘tdi.

Shuningdek, institut o‘qituvchi xodimlariga, ma’naviyat bo‘yicha mas’ullar va  guruh murabbiylariga zarur ko‘rsatmalar berildi. Institut talaba yoshlari o‘quv yilini tamomlab, yozgi amaliyotga yo‘llanma oldilar.