Axborot-resurs markazida «Ochiq eshiklar kuni»

120 Yangiliklar

    Axborot-resurs markazida  «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi. Bu tadbir o‘tkazilishi an’anaga aylangan bo‘lib, o‘quv yili davomida o‘tkazilib kelinadi.

   VMOF neonаtologiya kafedrasining kursantlaridan  bir guruhi va kafedra o‘qituvchisi Gulnora Adilova Axborot-resurs markazining  barcha bo‘limlarida bo‘lishib, markazning kitob jamg‘armasi,o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida yaqindan tanishdilar. Ayniqsa markazning «Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash» bo‘limi ularda katta taassurot qoldirdi.   Bo‘limdagi xorijiy adabiyotlar, Rossiya davlatida nashr qilingan adabiyotlar va davriy nashrlarni ko‘zdan kechirdilar.

 


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: