Axborot xizmati

Andijon davlat tibbiyot instituti  Axborot xizmati

matbuot kotibi Ra’noxon Hayitboeva,

 telefon: +99895 203-36-72.

Bugungi kunda Andijon davlat tibbiyot institutida 5 ta fakultet, 46 ta kafedrada 524 nafar pedagog – xodimlar 3419 nafar talaba va magistrlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Bugun  institutimizda 521  nafar  professor-o‘qituvchilar  faoliyat yuritmoqda. Ularning 36  nafari  fan doktori  va professorlar,  138 nafari fan  nomzodi  va dotsentlar, 52  nafari esa  katta o‘qituvchilardir.

Andijon davlat tibbiyot instituti o‘zining 62 yildan ziyod tarixi davomida xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim tizimiga ega bo‘lganligi sababli oliygoh tibbiyot yo‘nalishlari va kasbiy yo‘nalishdagi bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari hamda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot  dasturlarini taklif etmoqda. Bakalavriatda 7 ta ta’lim yo‘nalishi, magistratura   yo‘nalishida    25 ta mutaxassislik   mavjud.

ADTI professor-o‘qituvchilari viloyatdagi 8 ta tibbiyot kollejlariga va 1 ta akademik litseylarga biriktirilgan va ular bilan muntazam aloqada bo‘lib, uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Andijon Davlat  tibbiyot institutining axborot resurs markazida  279  411 nusxada   fan sohalariga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar mavjud.

ARMda kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, 5 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi.O‘tgan o‘quv yilida 1325 nusxa, 170 nomda yangi adabiyotlar olindi. Foydalanuvchilar uchun Axborot resurs markazi kitobxonlarini axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va axborotning eng so‘ngilarini tezkor ravishda yetkazish maqsadlarida vaqtli matbuot nashrlar tarqatuvchi tashkiloti bilan obuna kataloglari asosida   2017 -yil uchun 53 nomda 1004  nusxada gazetalar, 33 nomda 137 nusxada jurnallarga  obuna amalga oshirilgan.

Axborot-resurs markazining “ARMAT” dasturiga kiritilgan adabiyotlarining umumiy soni 8500 tani tashkil qiladi.

Axborot resurs markazining 186 o‘ringa mo‘ljallangan  2 ta o‘quv zali bo‘lib, kitobxonlarga 22 nafar xodimlar  xizmat ko‘rsatishmoqda.

ADTIda 1 ta fundamental, 1 ta innovatsion grant loyihalari olinib, amalga oshirildi.

Shu kungacha institutning 12 nafar tala­basi – Prezident stipendiyasi,   7 nafari Ibn Sino nomidagi, 15 nafari Vrachlar  Assotsiatsiyasi va yana ko‘plab talabalar «Kamolot» YОIHning maxsus stipendiyalariga sazovor bo‘ldilar.

2016-2017 o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 1 nafar talaba Prezident  stipendiyasi, 1 nafar talaba Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba  Vrachlar Assotsiatsiyasi,  5 nafar talaba “Kamolot” stipendiyasi sohibi bo‘lishdi. Bugungi kunda institut ilmiy salohiyatini yuksaltirish yangilik va innovatsion texnologiyalarni yaratish va qo‘llashga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Ilmga chanqoq talabalar sport musobaqalarida ham hamisha  ilg‘orlar qatorida bo‘lishga intiladi. Sportning bodi-bilding, taekvondo  va qo‘l to‘pi turlari bo‘yicha “Universiada-2016” hamda respublika, Markaziy Osiyo miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida ADTI talabalari ham faol qatnashib, viloyatimiz sharafini himoya qildi. Bunda viloyatimiz sportchilari  faxrli 4-o‘rinni egallashida talabalarimizning hissasi katta bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 5 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarorlari Andijon davlat tibbiyot instituti salohiyatini keskin yuksaltirishga xizmat qiladi.

2017- yil 5- maydagi «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning 7-bandida 2017/2018 yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali bakalavriat «tibbiy-profilaktika ishi» ta’lim yo‘nalishi tugatilib, kontingenti Andijon davlat tibbiyot institutiga to‘liq o‘tkaziladi.

Bugungi kunda ADTI dunyoning taniqli  28 ta tibbiyot institutlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, ish olib borilmoqda. Har yili institutning 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari chet elda malaka oshi­rib kelmoqdalar.

Xorijiy OTM lari bilan kelishgan xolda 2017 yil 2, 2018 yil 4, 2019 yil 2, 2020 yil 2, 2021 yil 2 nafar bitiruvchini  magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishini davom ettirish rejalashtirildi.

Xorijiy OTM lari bilan kelishgan xolda 2017 yil 2, 2018 yil 2, 2019 yil 2, 2020 yil 2, 2021 yil 2 nafar bitiruvchini PhD bo‘yicha o‘qishini davom ettirish rejalashtirilgan.

 

 

ADTI matbuot xizmati.