alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOV!!!

14:38 07.04.2020

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sharoitida ta’til vaqtida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni rag‘batlantirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov e’lon qilinadi.
Birinchi yo‘nalish:
“Mening sevimli kitobim” mavzusida “Eng yahshi maqola”.
(Bunda talabalar o‘zlari yoqtirgan badiiy adabiyotlarni o‘qib uning mazmuni bo‘yicha maqola tayyorlaydi. Maqola yozishda plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi).
Ushbu yo‘nalishda g‘oliblar 1 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin egalari sifatida aniqlanadi.
 Ikkinchi yo‘nalish:
“Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida eng yaxshi uy sharoitidagi ijtimoiy video va audio roliklar tayyorlash.
(Bunda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha dunyoda va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, uyda qolishga, birlik va ahillikka hamda uyda bo‘sh vaqtni maqsadli, samarali o‘tkazishga yo‘naltirilgan g‘oyalar aks ettiriladi).
Ushbu yo‘nalishda g‘oliblar 1 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin egalari sifatida aniqlanadi.
 Uchinchi yo‘nalish:
Talaba-yoshlarda mamlakat tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Step by step” (qadamma-qadam) hamda “Mening yurtim – mening faxrim” mavzularida ijodiy ishlar, suratlar chizish.
(Bunda yurtimizdagi tarixiy obidalar, go‘zal shaharlar, binolar, ko‘chalar va hiyobonlarni koronavirus pandemiyasi sharoitidagi xolati o‘z aksini topadi).
Ushbu yo‘nalishda g‘oliblar 1 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin egalari sifatida aniqlanadi.
Tanlovga materiallar 2020-yil 7-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi va quyidagi telegramm messenjeriga yuboriladi:
+99893 442-52-00 (Abduraxmon Abduxalimov).
Tanlov natijalari 2020-yil may oyi boshlarida institutning rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.
Tanlov yakunida g‘oliblarga institut rektorining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlar topshiriladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!