alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

ADTI delegatsiyasi Sankt-Peterburgda

17:04 04.10.2019

Ayni paytda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov rahbarligidagi institut delegatsiyasi Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari tashrif davomida Sankt-Peterburg Pediatriya meditsina universiteti rektori Dmitriy Olegovich Ivanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor t.f.d., professor Orel Vasiliy Ivanovich, davolash ishlari bo‘yicha prorektor t.f.n. Petrenko Yuriy Valentinovich, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor t.f.d., professor Nasirov Ruslan Abdullayevichlar va universitet dekanlari bilan uchrashib, 2020-2021 o‘quv yilida ikkita yo‘nalish – Tibbiy profilaktika va Tibbiy biofizika yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma talim dasturini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Shuningdek, institut delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida  ta’lim texnologiyalari bo‘yicha 2-5 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etmoqdalar.

ADTI delegatsiyasi konferensiya doirasida tashkil etilgan simulyatsion robot, simulyator va trenajerlar ko‘rgazmalarini ham ko‘zdan kechirdilar.


Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!