FAN OLIMPIADASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

206 Yangiliklar

         2018-yil  15-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  Respublika tibbiyot institutlari talabalari o’rtasida “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” fani bo‘yicha  o‘tkazilgan olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi.      
         Respublika olimpiadasida  mamlakatimizdagi barcha tibbiyot  institutlaridan kelgan talabalar faol qatnashib, o‘z bilim saviyalarini qay darajada ekanligini namoyon etdilar.
         Natijalarga ko‘ra, ADTI stomatologiya fakulteti 3-bosqich talabasi  Murodjon Mamashokirov 1-o‘rinni,  Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 4-bosqich talabasi Sohiba Mamatqobilova 2-o‘rinni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali pediatriya fakulteti 3-bosqich talabasi Farrux O‘rmonov 3-o‘rinni egalladilar.
        Olimpiada g‘oliblari va ishtirokchilariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.   
   

Do'stlaringiz bilan bo'lishing: