Oliy hamshiralik ishi

OHI ta’lim yo‘nalishi dekani, dotsent F.J.NASIROVA

Andijon davlat tibbiyot institutida «Oliy hamshiralik ishi» ta’lim yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni Saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 1998 yil 10 noyabrdagi №2107-sonli farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 iyundagi 282-sonli “1999-2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mavjud ta’lim standartlari va vazirlik tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja hamda dasturlar asosida davolash fakulteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, o‘qish muddati 3 yil; bitiruvchilarga “Bakalavr” akademik darajasi beriladi.

SHu kunga qadar “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishiga professor va tajribali dotsentlar rahbarlik qilganlar.

1999 yildan 2004 yilga qadar professor SH.Q.Qodirov, 2004-2007 yillari dotsent D.T.Abduqadirova, 2007-2008 yilari dotsent Z.K.Norboev, 2009 yili dotsent U.A.Avezova, 2009-2011 yillari dotsent N.A.Nasriddinova hamda, “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishining o‘quv dasturi 3 yillik jarayonni o‘z ichiga olib, bu davr mobaynida BJSST, YUNISEF kabi xalqaro miqyosdagi dasturlarni tatbiq qilishga asoslangan jamoat sog‘lig‘ini saqlash, shaxslararo muloqot, tibbiy yordam sifatini oshirish, antenatal parvarish, xavfsiz onalik, bolalar kasalliklarini integrarlashgan usulda olib borish, bolalarda o‘sish va rivojlanish monitoringi, menejment asoslari va Oliy ta’lim standartlari dasturlari o‘qitiladi, “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qib o‘rganadilar va etuk mutaxassis bo‘lib etishadilar.

“Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishi fan va tibbiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u inson faoliyatini o‘rganishga taalluqli bo‘lgan yangi ilmiy bilim, uslub va usullar orqali aholi sog‘ligini saqlash, mustahkamlash, bemor parvarishi, davosi, profilaktikasi hamda reabilitatsiyasiga qaratilgan metodlar hamda vositalar majmuini qamrab oladi.Oliy ma’lumotli hamshira ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish salmog‘iga qarab, boshqaruvni rivojlantirishi, davolash profilaktik muassasalari faoliyatini va aholi salomatligi asosiy ko‘rsatkichlarini qayd etishi, rejalash, ro‘yxatga olish, hisobot tayyorlash, tahlil etish, marketing xizmatlarini ko‘rsatish, boshqarishni, kasbiy faollikni, jismoniy tetiklikni va ruhiyatni qayta tiklashi, hamda

pedagogik: hamshiralik ishi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik va psixologik omillar bilan boyitishi;

metodologik – konsultatsiya: hamshiralik ishi bo‘yicha metodik seminarlar o‘tkazishi, metodik tavsiyalar ishlab chiqishi;

tibbiy-ijtimoiy: aholining alohida ijtimoiy-gigienik, tibbiy-demografik, ijtimoiy-ruhiy qayd etilgan guruhlarida xavfli omillarga qarshi ijtimoiy taminot organlari va mehr- shafqat organlari bilan hamkorlikda ishlashi;

loyiha-tahliliy: hamshiralik ishining strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishi va tatbiq qilishi;

ilmiy – tadqiqot: hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarishning ilg‘or shakllari va usullarini ishlab chiqishi, tekshirish va tatbiq etishi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda faol qatnashishi kabi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi;

davolash-profilaktika: aholi sog‘ligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni topishi va oldini olishi, sog‘lomlashtirishi;

– aholi o‘rtasida sanitar gigienik, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishi;

– aholini davolash, bemorlarni parvarishlash va kuzatishi kabi talablarga javob bera oladigan mutaxassislar bo‘lib etishishi Oliy ma’lumotli hamshiralar tayyorlashning asosiy talablari hisoblanadi.

AMALIY KO‘NIKMALARNI O‘RGANISH JARAYONI

“Oliy xamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari boshqa fakultet talabalari bilan bir qatorda institutning 26 ta kafedrasida 54 ta fan yo‘nalishida tajribali pedagoglardan tahsil olmoqdalar. Barcha kafedralar me’yoriy hujjatlarining, ya’ni ishchi o‘quv rejalar va namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlar tarkibi, tuzilishining ADTI da tatbiq etilgan yagona shaklga keltirilishiga erishildi.

Kafedralarda darslar kafedra mudirlari, professorlar, dotsent va tajribali o‘qituvchilar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda, videoroliklar, slaydlar, o‘quv kinofilmlari, multimediyalar namoyishi bilan interaktiv yondoshgan holda olib borilmoqda. Rejaga asosan ochiq ma’ruza va ochiq amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

OHI ta’lim yo‘nalishi talabalarining iqtidorli talabalari institut, viloyat va respublika miqyosida turli tadbirlarda faol ishtirok etadilar.

Raxmonova Maxliyo – 2013-2014 o‘quv yilida O‘zbekiston respublikasi kasaba qo‘mitasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Karimova Gulnigor – 2013-2014 o‘quv yilida talabalarning xalqaro tajriba almashinuvi tanlovida DAAT programmasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, Germaniya davlatida malaka oshirib keldi.

Asatboeva Xurshida 2013-2014 o‘quv yilida yaxshi o‘qishi bilan birga “Vatan xaqidagi qo‘shiqlar” ko‘rik-tanlovida viloyatda faxrli birinchi o‘rinni oldi va hozirda viloyat miqyosidagi tadbirlarda o‘z qo‘shiqlari bilan faol qatnashib kelmoqda.

OHI talaba qizlari institutda tashkil etilgan “Orasta qizlar” to‘garagining eng faol a’zolari bo‘lib, aynan ular 2013-2014 o‘quv yilida “Orasta qizlar” ko‘rik – tanlovinining viloyat bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritib, Respublika bosqichida ham faxrli birinchi o‘rinni egalladilar. Respublika va viloyat xotin – qizlar qo‘mitasi, institut rektori, viloyat hokimi tomonidan munosib taqdirlandilar.

Institutning voleybol bo‘yicha qizlar jamoasi tarkibini asosan “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi qizlari tashkil qiladi va ular hozirda shu tur bo‘yicha Andijon viloyati terma jamoasi tarkibida oliy liga o‘yinlarida qatnashib, institutimiz faxriga aylanganlar. Undan tashqari, basketbol, gandbol, futbol bo‘yicha ham OHI qizlari jamoasi viloyat miqyosidagi musobaqalarda faol qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

2015 yil institutimizning 60 yillik yubileyi arafasida “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishi tashkil etilganiga 16 yil to‘ladi va bu davr mobaynida ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirib o‘qib bitirganlar soni 300 nafardan ortib ketdi. Ularning taqdiri, monitoringi muntazam olib boriladi. Bitiruvchilarimiz, asosan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruvida, ya’ni bosh va katta hamshiralar, hamshiralik ishi bo‘yicha etakchi mutaxassislar hamda tibbiyot kollejlarida pedagog bo‘lib faoliyatlarini olib bormoqdalar.