Ta’lim sifatini nazorat qilish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining  Andijon davlat tibbiyot institutida   tashkil etilgan bo`limi faoliyati  

 

Andijon Davlat tibbiyot institutida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i

 tibbiyot fanlari nomzodi dotsent:

To’ychiev G’olibjon Urmonovich

tel:+99890-145-27-17

e-mail: d.r_golib1964@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini  nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining  qarori qabul  qilindi.

Qarorga asosan Andijon Davlat tibbiyot institutida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tashkil etildi. Buyruqga asosan bo’lim boshlig’i etib tibbiyot fanlari nomzodi dotsent To’ychiev G’olibjon Urmonovich, bosh mutaxassislar tibbiyot fanlari nomzodi dotsent Nasirdinova Nargiza Asqarovna, katta o’qituvchi Pakirdinov Alisher Sayfutdinovichlar faoliyat olib bormoqda.

Bo`lim hodimlari

F.I.SH lavozim  telefon no`mer elektron popchta
Nasirdinova Nargiza Asqarovna bosh mutaxassis, tibbiyot fanlari  nomzodi dotsent +99891-476-84-74 nargis.nevro.73@mail.ru
Pakirdinov Alisher Sayfutdinovich bosh mutaxassis,       katta o’qituvchi +99894-431-08-80 pakiridinov.dr@umail.uz
 

TAXLIL VA NATIJA

                O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi 371-sonli qarori ijrosi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot institutining 2017 yilfaoliyati, institutning TSNQB tomonidan to‘liq taxlil etilib, Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi. Respublikadagi 57 ta OTMlar iichida 39-o‘rinni egallaganimiz, bizni yanada faol bo‘lib, mas’uliyat bilan ishlashga undaydi.
Institutimizda taxsil olgan nafaqat Respublika balki jaxonning etakchi institut va ilmiy tekshirish markazlarida faoliyat olibborayotgan olim va fanar boblari bilan faxrlanamiz. Institutmizning professor-o‘qituvchilari ilmiy izlanishlarida, ijodiy faoliyatini yanada kuchaytirish, rivojlangan davlatlar institut va markazlari bilan o‘rnatilgan xamkorlik alokalarini yanada mustaxkamlash xozirgi davr talabi ekanligi, istiqboldagi muxim vazifalarni zimmamizga yuklaydi.
Institut reytingida faol qatnashgan kafedralar: xalkaro va respublika mikyosida maqolalar chop etgan kafedralar: Onkologiya, 2-Akusherlik va ginekologiya, Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik,  1-Akusherlik va ginekologiya, Gospitalpediatriya, VMOF Terapiya, kardiologiya va gastroenterologiya.
Monografiyalar nashr etishda faol ishtirok etgan kafedralar: Fakultet va gospital jarroxlik, Umumiy jarroxlik, 1-UASH, Onkologiya, VMOF Akusherlik, Pediatriya va neonatologiya. O‘quv qo‘llanmalar chop etishda aktiv ishtirok etgan kafedralar: 1-UASH,  Gospital pediatriya, BKP, VMOF Pediatriya.»2017 yilningengyaxshiprofessori»tanlovida   – III-o‘rinniolgan-professorMamasalievNe’matjon, Mutaxassislik fanlaridan bilimlarni baholash indikatori bo‘yicha yuqorinatijaga erishgan fakultet va kafedralar:
– Davolash fakulteti (Jarroxlik va urologiya, 2-akusherlik va ginekologiya,  1-UASH), – Pediatriya (Bolalar jarroxligi, Yukumli kasalliklar)
O‘zbekiston Respublikasi OTMlari reyting ko‘rsatkichlarida institutimizni yukori o‘rinlarga chiqishida institut kafedra xodimlarini barcha indikatorlar bo‘yicha faol qatnashishlariga tilakdoshmiz.