Yangiliklar

“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!”

0 views News Comments: 5

Bosma uchun

“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!”

 

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 iyun kuni O’zbekiston davlat mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi qarorni imzoladi. Qarorga asosan bu yilgi bayram tantanalari “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida nishonlanadi

            Andijon davlat tibbiyot institutida ham mustaqillik bayramini ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori posterlari tayyorlanib, institut talabalar turar joyi va o’quv binosi peshtoqlariga ilindi. Bayram tantanalariga tayyorgarlik davom etmoqda.