Germaniyalik mutaxassis  tashrifi

101 Yangiliklar

         Joriy yilning 5-may kuni ADTIga Germaniya Federativ Respublikasi Frankfurt-Mayn shahridagi xususiy ortopedik klinika rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoaxim Baron tashrif buyurdi. Xorijlik mutaxassis rektor M.Madazimov boshchiligida kutib olinib, institut faoliyati, xalqaro aloqalar bo‘limining hamkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi mas’uli K.Salohiddinov va travmatologiya, ortepediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri Q.Xudoyberdievlar  ADTI ilmiy xodim va tadqiqotchilarining olib borayotgan ilmiy izlanishlari va Germaniyadagi  Kyoln va Regenburg universiteti klinikalari bilan hamkorligi hamda o‘tkazilayotgan teleko‘priklar haqida so‘zladilar.

         Xalqaro miqyosdagi tadbirda viloyat DPMlaridagi neyrojarrohlar, travmatolog-ortoped mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar.

         Tadbir yakunida germaniyalik ortoped olim Yoaxim Baron mutaxassislar uchun “Travmatologiya va shoshilinch xirurgiya” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Xorijlik mutaxassisning tashrifi vodiylik shifokorlar uchun katta mahorat maktabi vazifasini o‘tadi, ular bu tashrifdan o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlar olib, tibbiyotning eng so‘nggi yangiliklaridan boxabar bo‘ldilar.

 

Do'stlaringiz bilan bo'lishing: