Hindistonlik farmatsevtlar Аndijonda

1169 Yangiliklar

2018-yil  21-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindiston davlati farmatsevtlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidagi Hindiston  kimyo sanoati va mineral o‘g‘itlar davlat  vaziri Manshukh Mandaliya, kimyo va mineral o‘g‘itlar davlat  vazirligining Farmatsevtika bo‘limi boshlig‘i Subhash  Pant, Kimyo  va mineral o‘g‘itlar  sanoati vazirining o‘rinbosari    Rajbir Singh Panwar,  “Parmexsil” farmatsevtika eksportini rivojlantirish kengashining Bosh direktori Ravi Udaya Bhaska, IDMA  Gudjarat  davlat  kengashi  raisi Hindiston   dori  ishlab chiqaruvchilar  uyushmasi  prezidenti  vakili  sifatida  Viranchi  Arvindhai Shah   hamda   Mittal  Praveen  Kumarlarni  ADTI rektori M.Madazimov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor G‘.Xodjimatov, xalqaro aloqalar bo‘limi mas’uli K. Salohiddinov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Mamadaliev, professor-o‘qituvchilar  va talabalar samimiy kutib oldilar.

 

Mehmonlar  avvalo, xalqaro  aloqalar  bo‘limida bu borada olib borilayotgan  ishlar  yuzasidan  o‘zaro   muzokaralar  olib bordilar.

Bo‘limda institut rektori M.Madazimov va xalqaro aloqalar bo‘limi mas’uli K.Salohiddinovlar institut faoliyati, ilmiy-uslubiy, innovatsion izlanishlar, Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan Qaror va Farmonlar ijrosini ta’minlash, xususan, “Farmatsevtika  tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida hindistonlik delegatsiya a’zolari  Hindiston milliy farmatsevtika ilmiy-tekshirish instituti  bilan  talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi borasida hamkorlik, farmakompaniyalar salohiyati, imkoniyat va eksport-import  munosabatlari xususida  fikr almashildi.

 

Delegatsiya vakillari bilan uchrashuv chog‘ida  viloyat sog‘liqni saqlash  boshqarmasi tizimidagi   farmakompaniyalar rahbarlari bilan muloqot olib borilib, hamkorlik rishtalari o‘rnatildi

Muloqot jarayonida delegatsiya vakillari ADTI ilmiy kengashlar zalida institutning farmatsevtika yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan  suhbatlashdilar.

 

Unda Hindiston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida ilmiy aloqalarni mustahkamlash , Andijonda farmatsevtika sohasini rivojlantirish, o‘quv-ilmiy, davolash ishlarida hamkorlik, dorishunoslik sohasida erkin iqtisodiy hamkorlik rishtalarini o‘rnatish yuzasidan taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Hindistonlik Ravi Udaya Bhaska mazkur tashrifni tashkillashtirishda amaliy  yordam bergan har ikki davlatning elchixonasi vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, hamkorlik rishtalari bardavom bo‘lishini aytib o‘tdi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

ROSSIYALIK MUTAXASSISLAR ANDIJONDA[:ru]РОССИЙСКИЕ СПЕЦИАЛИСТЫ В АНДИЖАНЕ[:en]RUSSIAN SPECIALISTS IN ANDIJAN

2018-10-17
210
HINDISTONLIK PROFESSOR ANDIJONDA[:ru]ИНДИЙСКИЙ ПРОФЕССОР В АНДИЖАНЕ[:en]INDIAN PROFESSOR IN ANDIJAN

2018-10-16
195
GERMANIYALIK RADIOLOG-ONKOLOG ANDIJONGA KELDI[:ru]РАДИОЛОГ-ОНКОЛОГ ИЗ ГЕРМАНИИ ПРИЕХАЛ В АНДИЖАН[:en]ONCOLOGIST-RADIOLOGIST FROM GERMANY ARRIVED IN ANDIJAN

2018-10-18
182
BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI VA ORTOPEDIYASI BO‘YICHA YETAKCHI MUTAXASSIS ANDIJONDA[:ru]ВЕДУЩИЙ СПЕЦИАЛИСТ ПО ДЕТСКОЙ ТРАВМАТОЛОГИИ И ОРТОПЕДИИ В АНДИЖАНЕ[:en]THE LEADING SPECIALIST OF PEDIATRIC TRAUMATOLOGY AND ORTHOPEDICS IN ANDIJAN

2018-10-20
170
ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI TA’LIM FORUMIDA ISHTIROK ETADI[:ru]РЕКТОР АГМИ БУДЕТ УЧАСТВОВАТЬ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ФОРУМЕ[:en]RECTOR OF ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE WILL PARTICIPATE IN EDUCATIONAL FORUM

2018-10-18
165
TURKIYALIK MUTAXASSISLAR ANDIJONGA KELDI[:ru]СПЕЦИАЛИСТИ ИЗ ТУРЦИИ ПРИЕХАЛИ В АНДИЖАН[:en]TURKISH SPECIALISTS VISITED ANDIJAN

2018-10-16
165
O‘zbekiston-Rossiya xalqaro ta’lim forumi doirasida hamkorlik shartnomalari imzolandi[:ru]ПОДПИСАНЫ ДОГОВОРА О СОТРУДНИЧЕСТВЕ В РАМКАХ МЕЖДУНАРОДНОГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ФОРУМА УЗБЕКИСТАН-РОССИЯ[:en]Agreements on cooperation have been signed within the framework of uzbek-russian international educational forum

2018-10-19
135
OCHIQ ESHIKLAR KUNI BO'LIB O'TDI[:ru]OCHIQ ESHIKLAR KUNI BO'LIB O'TDI

2018-10-20
134
Yuqumli kasalliklar kafedrasida Sankt-Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasining dotsenti V.S. Turitsin tomonidan ochiq ma’ruzalar o‘tkazildi

2018-10-17
129
ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

2018-10-16
129