Ilmiy kengash yig‘ilishi

239 Yangiliklar

       2018- yil 8- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Kengash yig‘ilishini institut  rektori  M.Madazimov ochib berdi.  Yig‘ilish avvalida  institut ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Kamolxon Mirzaevning 60 yoshga to‘lganligi  munosabati bilan ustoz nomiga samimiy tilaklar bildirildi. Yubilyarni institut rahbariyati va jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etib, ustozga institut xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari  taqdim etildi.
 
       Mazkur o‘quv yili institut ilmiy faoliyatida bir qancha yutuqlarga boy bo‘ldi. Yaqinda  Bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti Madaminjon Tojiboev kimyo fanlari doktorligiga sazovor bo‘ldi.
         Shuningdek, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Oysuluv O‘roqova, Xirurgiya va urologiya kafedrasi assistenti Mirzamahmud Shodmonov, 2-Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kafedrasi assistenti Go‘zal Kutlikova hamda Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi o‘qituvchisi Gulnora Qosimovalar ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yoqlashib, Falsafa doktorligi (PhD)ga  erishdilar. Ular  ham institut kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari, guldastalar va  1 oklad miqdorida pul mukofoti bilan mukofotlandilar.
      O‘z navbatida xorijiy davlatlarda o‘qib, malaka oshirib diplom va sertifikatlar olib kelgan yosh olim va talabalar ham taqdirlandilar.
      Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan rektor M.Madazimov “Institutning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  Oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar  ijrosi yuzasidan ADTIning 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturining taqdimoti”, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov “O‘zbekiston Respublikasi  innovatsion rivojlantirish  vazirligi tomonidan tashkil etilgan  Innovek -2018 xalqaro yarmarkasida (22-26 oktabrda) ADTI professor –o‘qituvchilari ishtiroki haqida ma’lumot”, magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov “Magistratura mutaxassisliklarida  Yakuniy davlat attestatsiya natijalari, o‘quv jarayonini tashkillanishi bo‘yicha hisobot”, Axborot texnologiyalar markazi boshlig‘i E.Qaxarov “Elektron hukumat: rivojlanish va istiqbollari”    mavzusida ma’ruza qildilar.
           So‘ngra tanlov asosida saylov o’tkazildi, ilmiy axborotlar va turli masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ilmiy kengash yakunida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
 


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida mahorat darslari[:ru]Мастер-класс в Андижанском государственном медицинском институте[:en]MASTERY CLASSES IN ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE

2018-11-10
241
Ilmiy kengash yig‘ilishi[:ru]ЗАСЕДЕНИЕ УЧЕНОГО СОВЕТА[:en] SCIENTIFIC COUNCIL MEETING

2018-11-08
239
TALABALAR HARBIY TAYYORGARLIGINING YUTUQ VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI[:ru]ИЗУЧЕНЫ УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ[:en]Success and problems in the military training of students

2018-11-09
212
Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin![:ru]С праздником, дорогие медицинские работники![:en]HAPPY HOLIDAY DEAR MEDICAL WORKERS!

2018-11-13
192
Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi[:ru]ПРЕДСТАВИТЕЛИ ЯПОНСКОЙ КОМПАНИИ "МАРУБЕНИ КОРПОРЕЙШН" ПРИБЫЛИ В АНДИЖАНЕ[:en]REPRESENTATIVES OF JAPANESE COMPANU "MARUBENI CORPORATION" ARRIVED IN ANDIJAN

2018-11-13
185
E’lon!

2018-11-08
145
Moskva kongressi  taassurotlari[:ru]Впечатления о Московском Конгрессе.[:en]Impressions of the Moscow Congress

2018-11-13
141
PATOLOGIK ANATOMIYA VA SUD TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OCHIQ AMALIY MASHG'ULOT O'TKAZILDI

2018-11-09
136
ADTI magistratura rezidenti startap-akselerator tanlovida

2018-11-13
128
Yangi innovatsion texnologiyalar asosida konferensiya

2018-11-08
122