Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

603 Yangiliklar

          Andijonda o‘tkazilayotgan  “Profilaktik  tibbiyot: bugun va ertaga” mavzusidagi  respublika  ilmiy-amaliy  anjumani  2018-yil  9-iyun kuni o‘z ishini davom ettirdi.   Andijon davlat  tibbiyot  instituti bosh  binosi, ADTI klinikasi  hamda  Andijon  shahridagi   “Hamkor”  xalqaro biznes  markazida  ichki kasalliklar, jarrohlik kasalliklari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, travmatologiya, neyroxirugiya va ortopedik kasalliklari bo‘yicha seksiyalarda ma’ruzalar  bo‘ldi.
      Xorijlik  olimlar, respublikamizdagi  tibbiyot markazlari va davolash- profilaktika muassasalaridan kelgan mutaxassislar, ADTI professor-o‘qituvchilari tomonidan  turli  mavzularda taqdimot  ma’ruzalari qilindi. Anjuman yakunida ishtirokchilar o‘rtasida ma’ruzalar va o‘tkazilgan mahorat  darslari   yuzasidan  muhokamalar, savol-javoblar  bo‘ldi, o‘zaro fikrlar almashildi. Anjuman yakuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishni institut rektori M.Madazimov  olib bordi.
 
        U o‘z so‘zida anjuman ishi muvaffaqiyatli o‘tganligini, bunda barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar  faol  hamda sidqidildan ishtirok etganligini  e’tirof etib, ularga va barcha ishtirokchilarga   o‘z tashakkurini  bildirdi. Tantanada institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor G‘.Xodjimatov so‘zga chiqib, ilmiy-amaliy anjuman rezolyutsiyasi qarorini o‘qib etitirdi.
        Qarorda profilaktik tibbiyotni yanada rivojlantirish, turli kasalliklarning oldini olish, Andijonda profilaktik tibbiyotga ixtisoslashgan ilmiy kengashni tashkil etish masalasini yakuniga yetkazish kabi qator dolzarb mavzular ko‘tarildi. Anjuman qarori yuzasidan  professorlar N.Mamasoliev, Y.Egamov, dotsent X.Tursunovlar o‘zlarining fikr-mulohaza va  takliflarini bildirdilar. Yakunda barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
       Shuningdek, institut  foyesida  kitoblar  va milliy  liboslar ko‘rgazmalari  tashkil  etildi.   
       Mazkur  nufuzli anjuman barcha ishtirokchilar va mutaxassislar  uchun juda  foydali va samarali bo‘ldi. Ular  konferensiya  davomida profilaktik tibbiyot  sohasidagi eng  so‘nggi  yangiliklardan boxabar bo‘lishib, kerakli   ma’lumotlarga  ega bo‘ldilar.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli talabalar ![:ru]С праздником, дорогие студенты![:en]HAPPY STUDENTS’ DAY!

2018-11-17
272
Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin![:ru]С праздником, дорогие медицинские работники![:en]HAPPY HOLIDAY DEAR MEDICAL WORKERS!

2018-11-13
244
Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi[:ru]ПРЕДСТАВИТЕЛИ ЯПОНСКОЙ КОМПАНИИ "МАРУБЕНИ КОРПОРЕЙШН" ПРИБЫЛИ В АНДИЖАНЕ[:en]REPRESENTATIVES OF JAPANESE COMPANU "MARUBENI CORPORATION" ARRIVED IN ANDIJAN

2018-11-13
230
Moskva kongressi  taassurotlari[:ru]Впечатления о Московском Конгрессе.[:en]Impressions of the Moscow Congress

2018-11-13
197
ADTI magistratura rezidenti startap-akselerator tanlovida

2018-11-13
170
Anatomiya, OJTA kafedrasida yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi[:en]At the Department of Anatomy,  Operative Surgery and Topographic Anatomy a scientific-practical conference of young scientists was conducted

2018-11-15
158
“KORRUPSIYA  VA VIRTUAL OLAMNING YOSHLARGA  TA’SIRI” MAVZUSIDA  DAVRA SUHBATI[:ru]БЕСЕДА ЗА КРУГЛЫМ СТОЛОМ НА ТЕМУ «КОРРУПЦИЯ И ВЛИЯНИЕ ВИРТУАЛЬНОГО МИРА НА МОЛОДЕЖЬ»[:en] THE EVENT ON "THE IMPACT OF CORRUPTION AND VIRTUAL WORLD ON YOUTH"

2018-11-16
156
DIQQAT, TANLOV!

2018-11-13
144
ADTI REKTORI MUDOFAA VAZIRINING FAXRIY YORLIG‘I BILAN TAQDIRLANDI[:ru]РЕКТОР АГМИ НАГРАЖДЕН ПОЧЕТНОЙ ГРАМОТОЙ МИНИСТРА ОБОРОНЫ[:en]THE RECTOR OF ASMI IS AWARDED BY THE HONOR CERTIFICATE OF THE MINISTER OF DEFENSE

2018-11-16
130
DOG‘ISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BILAN  ONLAYN KONFERENSIYA O‘TKAZILDI[:ru]ПРОВЕДЕНА ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ С ДАГЕСТАНСКИМ ГОСУДАРСТВЕННЫМ МЕДИЦИНСКИМ УНИВЕРСИТЕТОМ[:en]ONLINE CONFERENCE WITH DAGESTAN STATE MEDICAL UNIVERSITY

2018-11-15
121