Bosh sahifa -> Koreyаlik mutaxassislarning andijonga tashrifi

Koreyаlik mutaxassislarning andijonga tashrifi

Yangiliklar Comments: 5

Bosma uchun

        O‘zbekiston va  Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari ta’lim va tibbiyot sohasida ham tobora mustahkamlanib bormoqda.

       2018- yil 13- fevral kuni  Andijon davlat tibbiyot institutiga Janubiy Koreyaning Kemyung universiteti qoshidagi Dongsang tibbiyot markazi professori Sung Il Nam boshchiligida  menedjer Chung Sangjin, koordinator Yugay Natalya Emilevnalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori  M.Madazimov, prorektorlar, institut xalqaro aloqalar bo‘limi mas’uli K. Salohiddinov, professor-o‘qituvchilar va talabalar samimiy kutib oldilar.

         Dastlab koreyalik mehmonlar bilan institut rektoratida  ilmiy-amaliy ishlar, institutdagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar, teleko‘priklar, o‘quv-uslubiy ishlar hamda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvlari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv chog‘ida  delegatsiya vakillari istiqboldagi rejalar bo‘yicha fikr almashdilar.

          Shuningdek, koreyalik mutaxassislar institut xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, shartnoma asosidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar.

          Shundan so‘ng, institut ilmiy kengashlar zalida xorijlik mutaxassislar ishtirokida ilmiy–amaliy anjuman tashkil etildi. Anjuman chog‘ida professor-o‘qituvchilar bilan  ilmiy muloqotlar  olib borildi.

          Shu kuni mehmonlar shahrimizdagi “Sog‘lom avlod”  LOR klinikasida ham bo‘ldilar. Ular muassasada olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar, bemorlarni ko‘rib,  tibbiy maslahatlar berildi.

           Koreya delegatsiyasi a’zolari 17- fevralgacha viloyatimizda bo‘lib, otolaringologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilar, magistr hamda talabalar uchun ma’ruza va seminarlar o‘tkazadilar hamda mahorat darslari, jarrohlik amaliyotlarini olib boradilar.