Ma’naviyаt soati o‘tkazildi

299 Yangiliklar

2018 – yil 13 – mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida navbatdagi ma’naviyat soati o‘tkazildi. Ma’naviyat soatida institut ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori P.Asxanov, xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Dehqonov, bo‘lim mudirlari va xodimlar ishtirok etishdi.
Institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘rinboy Ahmedov “Fuqaro mudofaasi tuzilmalari tarkibi bilan yaqindan tanishish” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida favqulodda vaziyatlar holatlarida fuqarolarning himoyalanish usullari to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda ma’naviyat-ma’rifat ishlari va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi U.Karimovning “Globallashuv jarayoni va mafkuraviy tahdid” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: