Yangiliklar

Mustaqillik va xotira darslari davom etadi

0 views News Comments: 5

Bosma uchun
2017-yil 9-sentabr kuni anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasida davolash fakultetining 1-bosqich talabalariga  Mustaqillik va Xotira darslari o‘tildi. Darslarda kafedra mudiri Zafarbek Qahharov, dotsentlar Ilhomjon Sattiboev, Ravshanbek Jalolov, katta o‘qituvchi M.Solieva, assistentlar X.Abdunabieva, D.Tulanova, Sh.Ahmedovalar ishtirok etishdi.

       Dars jarayonida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fidokorona bosib o‘tgan umr yo‘li hamda yurtimiz mustaqilligi yo‘lida olib borgan islohotlari haqida talabalarga ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, mustaqilligimiz me’morining buyuk davlat arbobi sifatida amalga oshirgan ishlari, beqiyos xizmatlari yodga olinib, o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda barcha sohalarda erishilgan yutuqlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 1-bosqich talabalari institut ichki tartib-qoidalari bilan yaqindan tanishtirildi.