Yangiliklar

“Mustaqillik” va “xotira” darslari davom etmoqda

0 views News Comments: 5

Bosma uchun
Andijon davlat tibbiyot institutida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!”shiori ostida Mustaqilligimizning 26 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

 

     2017 yil 7 sentabr kuni ADTI ma’ruzalar zalida Mustaqillik va Xotira darslari mikrobiologiya va ftiziatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi Husanboy Mamadiev tomonidan olib borildi. Darslarda davolash fakulteti 3-bosqichi 301-302-303-guruh talabalari ishtirok etdilar.

Dars jarayonida Prezidentimiz Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligini ta’minlash yo‘lidagi chekkan zahmati, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlarini yoshlar ongi va qalbiga chuqur singdirilmoqda. Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, atoqli davlat arbobi, yurtimizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.

      Shuningdek, bugungi tinch va farovon yurtimizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan  izchil islohotlar, ayniqsa yoshlarga berilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rliklar xususida ham gapirib o‘tildi.