O‘sh davlat universiteti delegatsiyasi Andijonda

1383 Yangiliklar

Hamkorlik  rishtalari

    Qirg‘iz va o‘zbek xalqi azal – azaldan do‘st, qadrdon bo‘lib yashab kelishgan. Bu ikki qardosh xalqning qo‘shnichiligi, urf-odatlari, an’analari, to‘y va boshqa marosimlarida bir-biriga yaqinlik va o‘xshashlik jihatlari juda ko‘p. Bugungi kunda qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlik munosabatlarining yanada yuksalib borayotganligi, ayniqsa, ilm-fan, ta’lim sohasida yanada namoyon bo‘lmoqda.

    2018- yil  8- fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti rektori Kanibek Isakov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni institut rektori M. Madazimov, xalqaro aloqalar bo‘limi mas’uli K.Zuhriddinov, institut prorektorlari, o‘qituvchi-professorlar hamda talabalar ko‘tarinki ruhda  kutib oldilar.

 

Tashrif chog‘ida O‘sh davlat universiteti rektori, professor K. Isakov, O‘sh viloyatlararo onkologiya markazi direktori, xalqaro meditsina fakulteti “Klinik intizom” kafedrasi professori J.Belekov,  morfologiya kafedrasi professori R.Kalmatov, viloyatlararo onkologiya markazining jarrohlik bo‘limi mudiri A.Esenbaev, meditsina fakulteti dekani A.Ismailovlar institutning ko‘rgazmalar zali, o‘quv laboratoriya va simulyatsion  xonalar, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar ko‘rgazmalar zalida o‘zlarining taassurotlarini bildirishib, dil so‘zlarini yozib qoldirdilar.

  

ADTIdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, ilmiy, pedagogik salohiyati bilan  tanishish maqsadida kelgan mehmonlar axborot texnologiyalari markazi va  kafedralar  o‘quv  laboratoriya  xonalaridagi shart-sharoitlar, qulayliklar, elektron adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar haqidagi  ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Institutning  ilmiy kengashlar  zali, rektorat va xalqaro aloqalar bo‘limida o‘zaro muzokaralar olib bordilar.

Uchrashuv jarayonida o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, aloqalarimizning yanada mustahkamlanib borayotganligi, bu  kelgusida har ikkala oliy ta’lim muassasalari faoliyatida, tibbiyot sohasining taraqqiy etishida o‘zining ijobiy natijalarini berishini mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Muzokara davomida mehmon va mezbonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar.

Qirg‘izistonlik mehmonlar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida ham bo‘lishib, bu yerdagi bo‘limlar, kafedralarda tashkil etilgan telemeditsina xonalari, laparoskopiya o‘quv markazi va yangi xirurgik bo‘limda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, bemorlar ko‘ruvida ishtirok etdilar.

Uchrashuv yakunida har ikki  oliygohlar o‘rtasida ilmiy-amaliy, o‘quv-uslubiy ishlar, o‘qituvchi-professorlar va talabalar almashinuvi xususida istiqboldagi rejalar hamda vazifalar belgilab olindi.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida mahorat darslari[:ru]Мастер-класс в Андижанском государственном медицинском институте[:en]MASTERY CLASSES IN ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE

2018-11-10
241
Ilmiy kengash yig‘ilishi[:ru]ЗАСЕДЕНИЕ УЧЕНОГО СОВЕТА[:en] SCIENTIFIC COUNCIL MEETING

2018-11-08
236
TALABALAR HARBIY TAYYORGARLIGINING YUTUQ VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI[:ru]ИЗУЧЕНЫ УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ[:en]Success and problems in the military training of students

2018-11-09
212
Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin![:ru]С праздником, дорогие медицинские работники![:en]HAPPY HOLIDAY DEAR MEDICAL WORKERS!

2018-11-13
192
Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi[:ru]ПРЕДСТАВИТЕЛИ ЯПОНСКОЙ КОМПАНИИ "МАРУБЕНИ КОРПОРЕЙШН" ПРИБЫЛИ В АНДИЖАНЕ[:en]REPRESENTATIVES OF JAPANESE COMPANU "MARUBENI CORPORATION" ARRIVED IN ANDIJAN

2018-11-13
185
E’lon!

2018-11-08
145
Moskva kongressi  taassurotlari[:ru]Впечатления о Московском Конгрессе.[:en]Impressions of the Moscow Congress

2018-11-13
141
PATOLOGIK ANATOMIYA VA SUD TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OCHIQ AMALIY MASHG'ULOT O'TKAZILDI

2018-11-09
136
ADTI magistratura rezidenti startap-akselerator tanlovida

2018-11-13
128
Yangi innovatsion texnologiyalar asosida konferensiya

2018-11-08
122