Oliygoh haqida

2684 Yangiliklar

    Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yilda Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlaridan birida barpo etildi. Hozirda institut Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Institutning ilmiy salohiyati kundan kunga o‘sib bormoqda.

  Mustaqillik yillarida institut  turli yo‘nalishlarda 13000 nafardan ortiq yuqori malakali shifokor (ulardan 800 nafari klinik ordinator, 1116 nafari magistr,  200 nafari aspirant va 20 nafari doktorant)ni tayyorladi.

  Bugungi kunda institut bitiruvchilari magistraturaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha  tahsil olmoqdalar: Akusherlik va ginekologiya, terapiya (yo‘nalishlar bo‘yicha), otorinolaringologiya, kardiologiya, oftalmologiya, yuqumli kasalliklar (yo‘nalishlar bo‘yicha), dermatovenerologiya, nevrologiya, umumiy onkologiya, morfologiya, xirurgiya (yo‘nalishlar bo‘yicha), tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha), neyroxirurgiya, sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash (yo‘nalishlar bo‘yicha), urologiya, narkologiya, travmatologiya va ortopediya, sud-tibbiyot ekspertizasi, pediatriya (yo‘nalishlar bo‘yicha), bolalar xirurgiyasi, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, bolalar nevrologiyasi, neonatologiya, sport tibbiyoti.

   Institutda ilmiy –pedagogik xodimlarning 4 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Nyu-York akademiyasida 3 nafar va Rossiya pedagogik fanlar akademiyasida 2 nafar a’zo faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Institutda quyidagi fakultetlar va yo‘nalishlar mavjud: davolash, pediatriya, stomatologiya, kacb ta’limi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya, oliy  hamshiralik ishi va shifokorlar malakasini oshirish. Institutda 870 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Shu jumladan  50 ta  kafedrada  531 nafar professor-o‘qituvchi tarkibida 35 nafar fan doktori va professor, 132 nafar dotsent va fan nomzodi  faoliyat ko‘rsatadi.

  Hozirgi kunda bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha jami 3110 nafar (shulardan  davolash fakultetida 1331 nafar, pediatriya fakultetida 1009 nafar, stomatologiya fakul’tetida 358 nafar, tibbiy  pedagogika yo‘nalishida 175 nafar, farmatsiya yo‘nalishida 49 nafar, tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishida 71 nafar, oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida 117 nafar talaba tahsil olmoqda.

   Institut klinikasi 700 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy diagnostika jihozlari bilan ta’minlangan: MRT, dopler, skaner, endoskop va boshqalar.

   Institutda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori saviyada olib borish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

 

Axborot-texnologiya markazi va kafedralarda 726 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar, mini-tipografiya, skaner, rangli printer,  kserokslar, 5 ta kompyuter sinflari va 15 ta internet tizimiga ega sinflari mavjud. Institut o‘zining veb-saytini doimiy yangiliklar bilan to‘ldirib boradi. Bugungi kunda  institut va klinikada optik tolali kabel orqali tezkor ma’lumotlar tarqatish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

  Institutning markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida gastroenterologiya va zamonaviy immunologiya ishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy eksperimentlar uchun vivarium mavjud.

    Iqtidorli talabalar bilan qo‘shimcha ishlash ham yo‘lga qo‘yilib, institutning  ko‘plab talabalari Prezident, Islom Karimov, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari bilan taqdirlangan.

   Klinikada operatsiya zali, shahar shifoxonalarida institutning  klinik bazalari mavjud bo‘lib, ular ham zamonaviy   distansion tahlil tizimlari bilan jihozlangan.

   Operatsiya jarayonlari o‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallarida videokamera orqali teleekranga uzatiladi. Talabalar amaliy o‘quv jarayonlarida o‘tkazilayotgan operatsiya haqida muhokama qilishi va jarrohga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan  murojaat qilish imkoniyatiga egadirlar. Operatsiya jarayoni elektron diskka ko‘chirilib, keyingi mashg‘ulotlarda tahlil qilinadi. Institut olimlari xorijiy mamlakatlar va MDH davlatlarining yetakchi institutlari bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va davolash ishlarini olib boradilar.

    

Xorijiy hamkor (OTM, tashkilot, xalqaro tashkilot, fond, muassasa) Mamlakat Amal qilish muddati
1 Zaparoje davlat tibbiyot universiteti Ukraina 2010-2025 yy
2 N.N. Bloxina nomli Rossiya onkologiya ilmiy tekshirish markazi Rossiya Federatsiyasi 2013-2018 yy
3 Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2013-2018 yy
4 Ukraina urologiya va nefrologiya instituti Ukraina 2013-2018 yy
5 Sankt-Peterburg davlat pediatriya instituti Rossiya Federatsiyasi 2013-2018 yy
6 Turkiya davlati Adjibadem klinikasi Turkiya 2013-2018 yy
7 Xarkov diplomdan keyingi oliy ta’lim akademiyasi Ukraina 2013-2018 yy
8 Piza universiteti Italiya 2014-2019 yy
9 Jaypee gospital Xindiston 2014-2019yy
10 G.R Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti tibbiyot Rossiya Federatsiyasi 2015-2020yy
11 Pavel Yozef nomidagi Koshitsa universiteti  Slovakiya 2015-2021yy
12 Rossiya davlat diplomdan keyingi oliy ta’lim tibbiyot akademiyasi Rossiya Federatsiyasi 2015-2020yy
13 Xarkov milliy tibbiyot universiteti Ukraina 2015-2020 yy
14  Akademik N.N.Burdenko nomidagi NII neyroxirurgiya ilmiy markazi Rossiya Federatsiyasi 2016-2021yy
15 Samara, «Reaviz» tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2016-2025yy
16 Kyoln universiteti Germaniya 2017-2022yy
17 I.P.Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg  davlat  tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2017-2022yy
18  Yeungnam University medical center Janubiy Koreya 2017-2022yy
19  Sahmyook medical Center-Seoul Adventist Hospital Janubiy Koreya 2017-2022yy
20 Keimyng University, Dongsan  Medical Center Janubiy Koreya 2017-2022yy
21 Stavropol davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2017-2022yy
22  P.L.Shupik nomidagi milliy  diplomdan keyingi oliy ta’lim tibbiyot akademiyasi Ukraina, Kiev 2017-2022yy
23 N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy universiteti. Moskva, Rossiya 2017-2022 yy.
24 O‘sh davlat universiteti Kirgiziya, Osh 2018-bessrochnыy
25 NPO Limfa Rossiya, Moskva 2017-2022 yy.
26 Ural davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2018-2023yy
27 Kirov davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2018-2023yy
28 I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi 2018-2023 yy

    Institutning bir guruh olimlari Fransiyaning Milliy Ilmiy Markazi mutaxassislari bilan birga «Himolayning Shimol va Janubi» xalqaro ilmiy- immunologik tadqiqotlarida ishtirok etishdi.

    Instituning bir qancha talabalari Rossiya va Gollandiyaning yetakchi institutlarida klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olishib, o‘z ilmiy ishlarini himoya qilmoqdalar.

    Institut olimlari Rossiya, Angliya, Daniya, Gollandiya, Isroil, Avstriya, Estoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy mamlakatlarda o‘z tajribalarini oshirmoqdalar.

    Institutda hozirgi kunda Rossiya, Qirg‘iziston hamda Xitoy davlatlari fuqarolari tahsil olmoqdalar. Ta’lim olish uchun ularga barcha shaoitlar yaratilgan. Shu jumladan: zamonaviy kompyuterlar, mini-tipografiya, internet tizimiga ega xonalar, zamonaviy distansion tahlil tizimlari, zamonaviy laboratoriyalar, elektron kutubxonalar  mavjud. 

    Respublika sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan institutning bir nechta sobiq bitiruvchilari «O‘zbekiston Qaxramoni» unvoniga sazovor bo‘lishgan. (Oysha Qo‘chqorova, Onesiya Saitova).

    Mashhur akademik – infeksionist Maleev V.V. va kardioxirurg Akchurin R.S.    akademik – Nazirov.F.R.  ADTIning sobiq talabalari.

   

    Talabalar uchun zamonaviy sport majmualari mavjud. Institutlar orasida o‘tkazilgan universiada va sport musobaqalarida ADTI talabalari bir nechta oltin, kumush va bronza medallarini oldilar.

    Institut olimlari quyidagi ishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

1.Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash.
2. Ona va bola salomatligini himoya qilish.
3.Limfoterapiya sohasidagi yangi texnologiyalar.
4. Farg‘ona vodiysida istiqomat qiluvchi bolalarda virusli gepatit va o‘tkir ichak kasalliklarini davolash.
5. Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida yurak-qon tomir va surunkali yuqmaydigan kasalliklarni davolash.
6. O‘n ikki barmoqli ichakdagi surunkali yarani davolash.
7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va turli yoshdagi aholi embrionidagi ichki organlar morfologik o‘zgarishini o‘rganib tadqiq qilish.

8.Gospital jarrohlik.

  Mustaqillik yillarida institut olimlari tomonidan 6185 ta yetakchi jurnallarda maqolalar, ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlari nashr qilindi. Aynan shu yillar davomida institut 51 ta tibbiyot fanlari doktori, 104 ta tibbiyot fanlari nomzodlarini tayyorladi. Bundan tashqari institut olimlari 38 ta monografiya, 4 ta darslik, 487 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 84 ta tadqiqot, 776 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqdilar va ular amaliyotga joriy etilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti kutubxonasi

    Andijon davlat tibbiyot instituti  kutubxonasi 1955-yil  institut negizida tashkil қilingan. Dastlab kutubxona eski, kutubxona uchun moslashmagan 4 ta kichik xonadan iborat edi.  Kitob fondi  esa Rossiya  tibbiyot institutlaridan yordam sifatida jўnatilgan 10-15 mingdan iborat adabiyotlar tashkil қilar edi. Kutubxona 286000 tadan ortiq kitob jamg‘armasidan tashkil topgan. Uning tarkibida 5 ta o‘quv zali,  lazer disklar mavjud bo‘lib, tibbiyotning eng yangi g‘oyalari haqida axborot beruvchi elektron kutubxonalar mavjud.

   ADTI kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli  qaroriga muvofiq  Axborot-resurs markaziga aylantirildi hamda elektron kutubxona tashkil etildi.

Talabalarning yashash sharoitlari va ularni ijtimoiy muhofazalash.

  Institutning barcha talabalari uchun maishiy – madaniy kompleksga ega talabalar uyi majud bo‘lib, unda  760 nafar talaba istiqomat qiladi. Shaharchada talabalar ixtiyorida o‘quv va adabiy kitoblar fondiga ega kutubxona, internet tarmog‘iga ulangan Internet klub va oshxona ishlab turibdi. Shaxarchada maishiy xizmat (sartaroshxona, suratxona, etikdo‘z, kichik tikuv sexi) xonalari faoliyat ko‘rsatadi.

   Institut talabalari  shahar, viloyat, respublika miqyosidagi sport, sport – ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Namangan shahrida o‘tkazilgan «Universiada-2000» musobaqalarining final bosqichi musobaqalarida oltin medal sohibi, shaxmat bo‘yicha pediatriya fakultetining bitiruvchi aspiranti M.Qosimxo‘jaev, yengil atletika sport turining uzunlikka sakrash, xatlab sakrash turi bo‘yicha kumush va bronza medal sohibi o‘sha paytdagi 3 kurs talabasi Nadejda Kojevnikovalar egallagan. Ushbu musobaqalarda DZYu-DO kurashi bo‘yicha A.Sultonov, suzish bo‘yicha O.O‘rinboevlar ham final musobaqalarida faol  qatnashgan.

   Har yili institut talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida sport bo‘yicha spartakiada musobaqalari o‘tkaziladi.

   Bulardan tashqari Farg‘ona viloyatining Shohimardon hududida institutga qarashli yozgi dam olish maskani faoliyat olib bormoqda. U yerda maroqli xordiq chiqarish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.

   

 

Institut hududidan lavhalar

   


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: