Oliygohlar aro ilmiy-amaliy anjuman

191 Yangiliklar

2018-yilning 9-mart kuni Andijon shahridagi “Bog`ishamol” mehmonхonasining anjumanlar zalida Andijon davlat tibbiyot instituti otorinolaringologiya kafedrasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi  otorinolaringologiya kafedrasi  hamkorligida “Otorinolaringologiyada zamonaviy davolash usullari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi. Anjumanni kun tartibiga binoan ADTI otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, professor Qobil  Qosimov ochib berdi. Dastlabki ma`ruzani Toshkent tibbiyot akademiyasi LOR kafedrasi  dotsenti Shohimardon Xo`janov  o`qib eshittirdi. Undan so`ng ADTI otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, professor Qobil Qosimovich Qosimov “Otorinolaringologiyada limfa tizimiga ta`sir etish orqali davolash” mavzusidagi ma`ruzasi bilan anjumanni davom ettirdi. Ma`ruzalar qiziqarli, savol- javoblarga boy tarzda bo`lib o`tdi. Anjuman yakunida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalasi bo`yicha fikr va takliflar bildirildi.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: