alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ONA VATANGA SODIQLIK QASAMYODI

10:28 24.06.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasida har yilgidek an’anaviy  tadbir  tashkil etildi. Tadbirda bitiruvchi kursantlar harbiy qasamyod qabul qildilar.



Tantanani institut harbiy kafedrasi boshlig’i, tibbiy xizmat polkovnigi A.Nasriddinov ochib, kursantlarga  harbiy qasamyod qabul qilish uchun  buyruq berdi.Shundan so’ng, hayojonli va bir umr  xotiralarga muhrlanguvchi unutilmas daqiqalar boshlandi.Harbiy kafedraning  o’quv amaliyot  kursini muvaffaqiyat bilan yakunlagan 46 nafar kursant  birin-ketin  qasamyod qabul qildilar.



Tantanali qasamyod onlarini  kuzatib turgan ustozlar, ota-onalar va ularning yaqinlari  jismonan va ma’nan yetuk, ona yurtga sodiq farzandlari kamolini ko’rib, ko’zlari  quvnab, qalblarida shukronalik  hislari jo’sh urdi. Tantanani kuzatib turgan har bir yurtdoshimiz ular quvonchiga sherik bo’ldilar. Qasamyoddan so’ng, kafedra boshlig’i  barcha kursantlarni leytenant unvonini olganliklari bilan  qizғin  tabrikladi.


Tadbir davomida  institut yoshlar masalalari bo’yicha prorektor P.Asxanov, o’quv ishlari bo’yicha  prorektor, professor A.Arziqulovlar kursantlarni  zahiradagi ofitser bo’lib, leytenent unvoniga erishganliklari bilan ularni va  ularning ota-onalarini   chin dildan muborakbod etdilar. Davrada ota-ona, ustozlar va kursantlarning tabriklari yangradi.


Harbiy kafedra o’qituvchisi B.Razzaqov ADTI rektorining  2018-2019 o’quv yili davomida harbiy kafedrada mehnat qilgan, o’qigan, samarali faoliyat ko’rsatgan o’qituvchi va kursantlarni taqdirlash to’g’risidagi  buyrug’ini  o’qib eshittirdi. Unga asosan, bir guruh  faol ustozlar va kursantlar faxriy yorliq va  qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.


Tadbir so’ngida badiiy dastur namoyish etilib, unda institut Yoshlar ittifoқi boshlang’ich tashkiloti faollaridan iborat “Ulfatlar” guruhining ko’ngilochar chiqishlari,  talaba raqqos yigitlar tomonidan ijro etilgan  “Andijon polkasi” raqslari  davraga o’zgacha fayz va ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.
 


Barcha yig’ilganlar kursantlarni, kursantlar bir-birlarini qutlab, tantanali tadbir  nihoyasiga yetdi.


 
 
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!