O‘QUV SIMULYATSION MARKAZ

“O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA 2017 - 2021 YILLARDA IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIY YORDAM KO`RSATISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA”GI QARORI IJROSI TA`MINLANMOQDA.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3071-sonli qarorida «Sog`liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi natijasida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko`z mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vrachlar bilan to`ldirilgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyat ko`rsatmoqda. Keyingi besh yilda Respublika markazlarida 150 mingdan ortiq operatsiyalar, shu jumladan, 80 mingdan ortiq yuqori texnologik operativ muolajalar bajarildi, davolashning murakkab va noyob uslublari amaliyotga joriy etildi» deb aytib o`tilgan, shuningdek mavjud muammolardan biri bu shifokorlarni kasbiy mahoratlarini oshirish va bunda  klinik amaliy ko`nikmalarga ham e`tibor qaratish lozimligi qayd qilib o`tilgan bo‘lib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-sonli qarorining 5-ilovasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining  IV bobi – “Tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish” va Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o`quv-simulyatsiya laboratoriyalari tashkil etish” belgilab berilgan edi.

Ushbu qaror ijrosi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida 2018-2019 o`quv yilining sentabr oyidan o`qitish jarayoni sifatini yanada oshirish, tibbiyot xodimlarining malakasini va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart  sharoitlarni ta`minlash maqsadida “O`QUV-SIMULYATSION LABORATORIYA” tashkil etildi.

“O`quv-simulyatsion laboratoriya” markazi institut asosiy binosida joylashgan bo`lib, faoliyatini tashkillashtirish jarayonida O`quv-simulyatsion laboratoriya nizomi” ishlab chiqilgan va ushbu Nizomda barcha xodimlar lavozim yo`riqnomalari belgilangan.

O`quv xonalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, o`quv jihozlari, fantomlar, trenajerlar va simulyatorlar bilan jihozlangan bo`lib, talabalar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilarini mulyajlarda amaliy ko`nikmalarni qadamma-qadam bajarilish va  baholash me`zonlarini bajarishlari maqsadida 92 ta  uslubiy tavsiyanomalari yaratildi.

Bugungi kunda O`quv-simulyatsion laboratoriya markazida quyidagi yo`nalishlar bo`yicha simulyatsion laborator auditoriyalar tashkil etilgan bo`lib, ular quyidagilar:

  • Xirurgiya
  • Anesteziologiya va reanimatologiya
  • Tez tibbiy yordam
  • Pediatriya
  • Akusherlik va ginekologiya
  • Terapiya
  • Simulyatsion palata
  • Hamshiralik qarovi xonasi
  • Stomatologiya
  • Oftalmologiya
  • Otorinolaringologiya
  • Anatomiya va topografik anatomiya yo`nalishlaridan foydalanib kelinmoqda.

Ushbu yo`nalishlar bo`yicha 46 dona fantomlar, trenajerlar va simulyatorlardan foydanilmoqda.

Bugungi kungacha 1-semestr davomida davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlati hamda oliy hamshiralik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika yo`nalishlaridan klinik dars mashg`ulotlarida 13088 ta talabalar 1636 marotaba tashrif buyurganlar va o`zlarining klinik amaliy ko`nikmalarini takomillashtirdilar.

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909 -sonli,  2017- yil 5- maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2956- sonli, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3151- sonli qarorlari  va  2017- yil 20- iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021- yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3171–sonli qarorining Andijon davlat tibbiyot instituti negizida o‘quv-simulyatsion laboratoriyalari tashkil etish” bandi ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlarining malakasini va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart  sharoitlarni ta’minlash xamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

          Talabalarning bajarayotgan amaliy ko‘nikmalarini zamonaviy va keng ekranli monitorlarda kuzatish imkoniyati yaratildi.

          Shuningdek, o‘quv laboratoriyasida  kelgusida amaliyot shifokorlari va tibbiyot instituti bitiruvchilarining attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishda foydalanish rejalashtirilmoqda.