Ordinatura

Andijon davlat tibbiyot institutida 2018 – 2019 o‘quv yiliga klinik ordinaturaga  hujjatlar qabul qilish boshlandi.  

Qabul 2018-yil 20 iyuldan 20 avgustgacha davom etadi.

Klinik ordinaturaga qabul xujjatlari institut bitiruvchilari uchun

  1.   Muassasa rahbari nomiga klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish to‘g’risidagi ariza;
  2.   Kadrlarni hisobga olish varaqasi fotosurat bilan (tasdiqlanmagan);
  3.   Tarjimai hol;
  4.   Klinik ordinaturaga kiruvchilarning pasporti, diplomi, diplomga qo‘shimcha baholar ko‘rsatilgan varaqa,            harbiy biletning asli hamda nusxasi taqdim etiladi;
  5.   Fotosurat (fotopasport uchun) 6 dona (3,5*4,5);
  6.   Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘grisida ma’lumotnoma (0,86 shakl).
  7.   Marketing bo‘limidan ruxsatnoma

 

ISH STAJIGA EGA BO‘LGAN VRACHLAR UCHUN

  1.   Muassasa rahbari nomiga klinik ordinaturaga tanlovda ishtirok etish to‘grisidagi ariza;
  2.   Kadrlarni hisobga olish varaqasi fotosurat bilan (tasdiqlangan gerbli muhr bilan);
  3.   Tavsifnoma oxirgi ish joyidan tasdiqlangan gerbli muhr bilan;
  4.   Tarjimai hol;
  5.   Klinik ordinaturaga kiruvchilarning pasporti, diplomi va diplomga qo‘shimcha baholar ko‘rsatilgan varaqa, harbiy bileti va mehnat daftarchasini tasdiqlangan gerbli muhr bilan, asliga to‘gri deb imzolangan holda  asl nusxasi hamda nusxasi topshiriladi;
  6.   Fotosurat (fotopasport uchun) 6 dona;
  7.   Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘grisida ma’lumotnoma (0,86 shakl).
  8.   Marketing bo‘limidan ruxsatnoma

Ma‘lumot uchun telefon:

  1.   ADTI klinik ordinatura bo’limi     74-223 94 63
  2.   Ma‘sul kotib – Turayeva G.Yu.        91-605-85-20

ADTI 1-kurs klinik ordinatorlari  29-ta  mutaxassislik bo‘yicha 2017-2018- o‘quv yilining yarim yillik attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirdilar

ADTI  1- O‘QUV YILI KLINIK ORDINATORLARNI YONDOSH

FANLARDAN DARS JADVALI

 

Yоndosh fanlar nomi Dars vaqti Dushan-ba Seshanba
Chorshan-
ba
Payshanba Juma
Milliy istiqlol g‘oyasi  

11 50

  1 gr, 2 gr, 3 gr,

4 gr.

  5, 6, 7 va 8 guruhlar  

 

Guruhlar tarkibi

1 guruh (24) – «Akusherlik va ginekologiya», «Bolalar va o‘smir qizlar ginekologiyasi», «Endokrinologiya»,

                       «Oftalmologiya» mutaxassisliklari.

2 guruh (25) – «Otorinolaringologiya», «Ichki kasalliklar» mutaxassisliklari.

3 guruh (26) –  «Kardiologiya», «Pediatriya», «Neonatologiya», «Allergologiya va immunologiya» mutaxassisliklari.

4 guruh (25) – «Yuqumli kasalliklar», «Dermatovenerologiya», «Bolalar yuqumli kasalliklari», «Bolalar

                        nevrologiyasi», «Onkologiya», «Narkologiya»  mutaxassisliklari.

5 guruh (24) – «Nevrologiya», «Psixiatriya” mutaxassisliklari.

6 guruh (25) – «Klinik radiologiya», “Travmatologiya va ortopediya”, “Ftiziatriya”, “Xirurgiya” mutaxassisliklari.

7 guruh (25) – «Gematologiya»,  «Urologiya», «Bolalar anesteziologiyasi» mutaxassisliklari.

8 guruh (25) – «Anesteziologiya va reanimatologiya», «Bolalar jarrohligi»,  «Sport tibbiyoti»,  «Sud tibbiyoti», mutaxassisliklari.

 

ADTI doktorantura va ordinatura ishlari

bo‘yicha ma’sul, dots.:                                                                             G.YU. Turaeva

 

2018-yil 5-6 yanvar kunlari ADTI 2-yil klinik ordinatorlar yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdilar.

 

 

2018 yil 8 yanvarda 77 nafar bitiruvchi klinik ordinatorlar o‘z guvonomalarini olib, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyat Sog‘liqni Saqlash Boshqarmalari huzuriga yuborildilar.

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA MAVJUD KLINIK ORDINATURA MUTAXASSISLIKLARI

1
14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya
2
Bolalar va o´smir qizlar ginekologiyasi
3
14.00.03 – endokrinologiya
4
14.00.04 – Otorinolaringologiya
5
14.00.05 – ichki kasalliklar
6
14.00.06 – kardiologiya
7
14.00.08 – Oftalmologiya
8
14.00.09 – pediatriya
9
14.00.09 – neonatologiya
10
14.00.10 – yuqumli kasalliklar
11
14.00.11 – teri – tanosil kasalliklar
12
14.00.12 – sport tibbiyoti
13
14.00.13 – asab kasalliklari
14
14.00.13 – bolalar asab kasalliklari
15
14.00.14 – onkologiya
16
14.00.18 – psixiatriya
17
14.00.18 – narkologiya
18
14.00.19 – Tibbiy radiologiya
19
14.00.22 – travmatologiya va ortopediya
20
14.00.24 – sud tibbiyoti
21
14.00.26 – ftiziatriya
22
14.00.27 – xirurgiya
23
14.00.29 – gematologiya
24
14.00.31- urologiya
25
14.00.35 – bolalar xirurgiyasi
26
14.00.36 – allergologiya va immunologiya
27
14.00.37 – anesteziologiya va reanimatologiya
28
Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
29
Bolalar yuqumli kasalliklari

Hozirda ADTI qoshidagi klinik ordinaturada 29ta mutaxassisliklar bo‘yicha 1-yil klinik ordinatorlar tahsil olmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SH. M. Mirziyoevning tashabbuslari bilan uyushtirilgan Andijon viloyati axolisiga tibbiy ko‘rikni tashkil etish bo‘yicha tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda ADTI birinchi va ikkinchi bosqich klinik ordinatorlari ham faol ishtirok etdilar.

 

Andijon viloyatining turli tumanlarida, xususan, Marxamat tumani, Asaka tumani, Andijon tumani va Andijon shahrining oilaviy poliklinika hududidagi aholiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot etish, turli kasalliklarni oldini olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, parvarishga muhtoj bo‘lgan fuqarolardan habar olish kabi savobli ishlarda o‘z hissalarini qo‘shdilar.