alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MADHIYA – VATANDOSHLARNI SO`Z VA OHANG KUCHI BILAN BIRLASHTIRA OLUVCHI BUYUK QUDRAT

11:31 10.12.2019

      Har tongda madhiyamiz sadolari ostida yangi kunga peshvoz chiqarkanmiz,Vatanimizning bosh qo`shig`i tan-jonimizga  ona suti, allasi va ulug` ajdodlarimiz o`giti bilan kirgan bemisl  milliy qudrat, yuksak intellekt, mustahkam irodani eslatib turadi.

1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi ekani, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekani qayd etilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan. Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot institutuda ustozlar va talabalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 27-yilligiga bag‘ishlangan  bayram o‘tkazildi. Tadbir Davlatimiz madhiyasini ko`tarinki ruhda aytish bilan boshlandi.

Tadbirda Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi M.R.Axunova  davlatimiz madhiyasida xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi, unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligi haqida so`zlab barchani bayram bilan muborakbod etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!