alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABA BO‘LISHNI ISTAGAN O‘QUVCHILAR

12:33 12.02.2021

Barcha o‘quvchilarning orzusi talaba bo‘lish. O‘qib-izlanish bilan bir qatorda o‘zi istagan oliy o‘quv yurtidagi imkoniyatlar bilan tanishish ularning orzularini yanada yuksaltiradi.
Pataobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 34 nafar o‘quvchilari institutimiz mehmoni bo‘lishdi. Ularga  Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov boshchilik qildi.


O‘quvchilar Anatomiya muzeyi, Inkubatsiya va akseleratsiya markazi va Axborot resurs markazlarida bo‘lib, talabalarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoyitlar yetarli ekanligining guvohi bo‘ldilar.  Bunday maroqli tashrifdan so‘ng texnikum o‘quvchilari orasida ADTI talabasi bo‘lishga chin dildan ahd qilganlari ham bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!