Yangiliklar

Qabul jarayoni qizg’in davom etmoqda

0 views News Comments: 5

Bosma uchun

                                                                     ABITURIENTLAR QABULI QIZG‘IN PALLAGA KIRDI

 

Bugun  qaysi oliy ta’lim muassasasiga bormang, qalblarida o‘zgacha hayajon, ilm olishga, izlanishga intiluvchan,  orzulari osmon qadar yuksak yoshlarning  talaba bo‘lish niyatida, o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirayotganligiga guvoh bo‘lasiz.

Ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot institutida  ham 2017-2018- o‘quv yili uchun qabul jarayoni qizg‘in tusga kirgan. Institut qabul komissiyasining  a’zolari shifokor bo‘lish orzusida kelgan yigit –qizlarning zarur hujjatlarini tayyorlashda va qabul qilib olishda qat’iy tartib va mas’uliyat bilan ish olib borib, o‘z vaqtida kerakli ma’lumotlarni berib bormoqdalar. Institutda abiturientlar hamda  ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Abiturientlar va ularning yaqinlari  bunday yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan mamnun bo‘lmoqdalar Kundan – kunga hujjat topshirish uchun kelayotgan abiturientlar soni tobora ortib bormoqda. Shu kungacha 350 nafardan ziyod yoshlar   o‘z hujjatlarini topshirdilar.

Hujjatlarni qabul qilish  15- iyulgacha davom etadi.

Qabul jarayonidan foto lavxalar

 

Odiljon O’roqov olgan suratlar.