Qabul to’g’risidagi buyruq

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining

BUYRUG‘I

2017 yil 17 iyul № 390 Toshkent shahri

2017/2018 o‘quv yilida klinik ordinaturaga qabul qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2956-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 2017 yil 5 yanvar va 6 iyulda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimining holati: muammolar va rivojlanish istiqbollari”ga bag‘ishlangan majlislar Bayonlarida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va talabni e’tiborga olib buyuraman:

  1. Quyidagilar:
  • klinik ordinatura orqali tibbiyot kadrlarini 2017/2018 o‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklar ro‘yxati 1-ilovaga;
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bo‘yicha 2017/2018 o‘quv yilida klinik ordinaturaga umumiy va maqsadli tartibda qabul qilinadigan o‘rinlar rejasi 2-ilovaga;
  • ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida 2017/2018 o‘quv yilida maqsadli klinik ordinaturaga qabul qilish rejasi 3-ilovaga;
  • 2017/2018 o‘quv yilida klinik ordinatura qabuli test va og‘zaki imtihon sinovlarini tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tashkil etish jadvali 4-ilovaga muvofiq;
  • 2017/2018 o‘quv yilida klinik ordinaturaga qabul bo‘yicha mas’ul kotiblar ro‘yxati 5-ilovaga;
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari klinik ordinatorlarini “Milliy istiqlol g‘oyasi” fanini o‘qitish uchun Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga biriktirish jadvali 6-ilovaga;
  • 2017/2018 o‘quv yili klinik ordinaturaga hujjatlarni qabul qilish jarayonida klinik ordinatura mutaxassisliklariga bakalavriat yo‘nalishlarining mosligi 7-ilovaga;
  • 2017/2018 o‘quv yilida klinik ordinaturaga qabul qilish to‘g‘risidagi hisobot shakllari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  1. Belgilansinki:
  • klinik ordinaturaga tanlov test va og‘zaki sinovlar yordamida amalga oshiriladi;
  • baholar yig‘indisi klinik ordinaturaga kirish maksimal balining 30 foizidan kam bo‘lgan hollarda ushbu vrachlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega emas.
  1. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 12 iyundagi 170-sonli “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarda tibbiy (vrachlik) va farmatsevtik mutaxassislik va lavozimlar nomenklaturasini, ta’lim darajasining egallagan lavozimiga mosligini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 1-ilovasiga asosan klinik ordinatura orqali tibbiyot kadrlarini 2017/2018 o‘quv yilida tayyorlash 1-ilovada keltirilgan mutaxassisliklar ro‘yxati asosida amalga oshirilsin.
  2. Klinik ordinatura qabuli bo‘yicha e’lonlar ommaviy axborot vositalari orqali chop etilishini ta’minlash “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash – Zdravooxranenie Uzbekistana” gazetasi (I. Soatova) va “Uzmedinfo” elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish markaziga (D. Usmanov) yuklatilsin.
  3. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektorlari, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari direktorlariga:
  • klinik ordinaturaga qabulni ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 20 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshirish;
  • qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotni joriy yilning 23 avgustiga qadar o‘rnatilgan tartibda Fan va tibbiy ta’lim bosh boshqarmasiga topshirish;
  • klinik ordinaturaga qabulni joriy yilning 10 sentyabriga qadar amalga oshirish;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kvotasi bo‘yicha berilgan maqsadli o‘rinlarga tanlovni har bir viloyat uchun alohida tashkil etish va ajratilgan o‘rinlarga ushbu hududlarda yashovchi yoki boshqa viloyatlarda ishlash istagini bildirgan vrachlarni qabul qilish;
  • ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari uchun klinik ordinaturaga berilgan o‘rinlarga tanlovda ishtirok etuvchi vrachlarga tanlovning test sinovlarini 5-ilovada biriktirilgan tartibda bepul tashkil etish;
  • klinik ordinaturaga qabul qilish rejasini bajarganligi to‘g‘risidagi hisobotni joriy yilning 14 sentyabrigacha vazirlikning Fan va tibbiy ta’lim bosh boshqarmasiga topshirish;
  • klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etuvchi har bir vrachga uning hujjatlari qabul qilinganligi va imtihon sinovlari muddati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma qabul komissiyasi tomonidan berilishini ta’minlash;
  • klinik ordinaturada 2017/2018 o‘quv yili qabuli bo‘yicha o‘quv jarayonini joriy yilning 12 sentyabridan boshlash;
  • OTM bitiruvchilarini klinik ordinaturaga qabul qilgan har bir muassasa ularni ishga joylashish monitoringini ta’minlash maqsadida, ular bilan tuzilgan “uch tomonlama shartnoma” nusxasini va bitiruvchilarga OTM tomonidan taqdim etilgan “ishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma”ni to‘ldirib, ular bitirgan oliy ta’lim muassasasiga taqdim etish;
  • klinik ordinaturani tugatgan har bir mutaxassisning ishga joylashish monitoringini ta’minlash maqsadida, ular to‘g‘risidagi ma’lumotni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga taqdim etish topshirilsin.
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda barcha viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga ajratilgan kvota -doirasida, tumanlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda, vrachlarni tanlovda ishtirok etish uchun jalb etish yuklatilsin.
  2. Fan va tibbiy ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i (O‘. Ismailov) va Tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi (M. Alimova) respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan yangi klinik ordinatura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv dasturi 2017 yil 26 avgust kuniga qadar tuzilishini ta’minlasin va tasdiqlash uchun kiritsin.
  3. Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari (B. YUsupaliev) va Fan va tibbiy ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i (O‘. Ismailov):
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun klinik ordinaturaga ajratilgan o‘rinlar to‘ldirilmasa, ularni hududiy kvota doirasida qayta taqsimlash;
  • Toshkent shahrida tanlovdan o‘tgan vrachlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, ilmiy va ixtisoslashtirilgan markazlar filiallarida o‘qish roziligini bildirgan holda, ularni viloyat kvotasi doirasida yuborish;
  • tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ehtiyojidan kelib chiqib, klinik ordinatura qabuliga kiritilgan asosli takliflarni ko‘rib chiqish va qo‘shimcha o‘rinlar ajratishni nazarda tutish topshirilsin.
  1. Iqtisodiyot, moliyalashtirish va istiqbolni aniqlash bosh boshqarmasiga (M. Mirtalipov):
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2017/2018 o‘quv yilida klinik ordinatorlarni tayyorlash bir yillik o‘qitish qiymati hisob-kitoblarini joriy yilning 1 avgustiga qadar ishlab chiqish;
  • oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi klinik ordinatorlar uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi” fanini ikki yil mobaynida umumiy 108 soat o‘qitish uchun sarf-xarajatlar hisob-kitobini ishlab chiqish va belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlash choralarini ko‘rish topshirilsin.
  1. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari B. YUsupalievga yuklatilsin.

Vazir A. SHADMANOV

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2017 yil 17 iyuldagi 390-sonli buyrug‘iga 3-ilova

Ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida 2017/2018 o‘quv yilida maqsadli klinik ordinaturaga qabul qilish rejasi

  

Izoh: *5510100 – Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi negizida tashkil etilgan 5111003 – Kasb ta’limi – Tibbiy pedagogik ish yo‘nalishi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2017 yil 17 iyuldagi 390-sonli buyrug‘iga 7-ilova

2017/2018 O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURAGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT SHAKLLARI

1-shakl 2017/2018 o‘quv yilida Klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etuvchi vrachlar R O‘ Y X A T I

Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy markazlar va ularning filiallari nomi Sana

2-shakl

2017/2018 o‘quv yilida Klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovdan o‘tgan vrachlar viloyatlar kesimida R O‘ Y X A T I

Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy markazlar va ularning filiallari nomi Sana

3-shakl

(Muassasa nomi)

Q A Y D N O M A №______(№/tartib raqami)

F.I.SH._________________________________________

Mutaxassislik, shifri____________________________