Rossiyalik travmatologlar Andijonda

Bosma uchun
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi    PQ-2909-sonli qarori asosida Rossiya davlatining tibbiyot institutlari va markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yaxshilashga institutda katta e’tibor berilmoqda. Ana shu ishlarning ijrosi sifatida 3-iyul kuni  Andijon davlat tibbiyot institutu rektori professor M.M.Madazimov va ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, professor G’.M.Xodjimatov Moskva shahridagi N.N.Priorov nomidagi markaziy travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutining ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Nikolay Aleksandrovich Yeskin va shu institutning travmatologiya va ortopediya bo’limi ilmiy rahbari, professor Anatoliy Fyodorovich Lazerov  bilan uchrashdi va hamkorlik aloqalari bo’yicha muzokaralar olib borishdi. Uchrashuv davomida tomonlar institutlararo professor-o’qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda mahorat darslari, seminar va treninglar o’tkazish, ma’ruzalar o’qish, ilmiy ishlar olib borish bo’yicha kelishib olishdi. Uchrashuv so’ngida memorandum imzolandi.

 

Leave a Reply