Talabalar bilan uchrashuv

331 Yangiliklar

2018- yil 10- mart  kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati  bilan  4 – bosqich  talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, murabbiylar qatnashdilar. Uchrashuvda institut talabalarining yurish-turishi, muomala  va kiyinish madaniyati, ta’lim sifatini oshirish, ARM va axborot  texnologiyalari markazidan foydalanish qoidalari, talabalarning chet tillarini o‘rganish, talabalar turar joyida  tartib-intizomga rioya qilish xususida gapirib o‘tdilar.

 

Shuningdek, talabalarning kasbiy bilimlarini oshirish, ilmiy – amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etish, bilim va malakalarni  egallash bilan intellektual  qobiliyatga  erishish, institut ilmiy salohiyatini ko‘tarish masalalari haqida ham gapirildi. Uchrashuv chog‘ida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Yig‘ilish so‘ngida  talabalar   institut  ichki nazorat va monitoring bo‘limi  tomonidan tayyorlangan anketa savollariga javoblar to‘ldirdilar.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: