Davolash

 

Davolash fakultetini dekani X.T.Musashayev

Davolash fakulteti 1955 yil oktyabr oyida tashkil qilingan. Davolash fakultetining birinchi dekani dotsent K.A.Zufarov bo‘lgan. O‘sha paytda fakultetda 10 ta kafedra bo‘lib, 120 nafar talaba o‘qigan, keyinchalik talabalar ko‘payib, kafedralar soni ham orta boshlagan.

1957 yilga kelib davolash fakulteti dekani lavozimiga bioximiya kafedrasi mudiri, dotsent M.G‘.Mirzakarimov tayinlangan. Talabalar soni 470 taga etgan. 2 nafar dekan o‘rinbosari faoliyat ko‘rsatgan.

Ular o‘quv jarayonini, davomat va o‘zlashtirishni yaxshilash bilan birga, talabalarni maxsus adabiyotlar bilan ta’minlash borasida ham katta ish olib borganlar.

 

K.M.Merzayev  1970-1984 yillar

1970 yilga kelib fakultet dekani lavozimiga yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri professor K.M.Mirzaev tayinlandi. Professor K.M.Mirzaev o‘zining tashabbuskorligi, bilimdonligi, ishchanligi bilan fakultet uchun beminnat xizmat qildi.

Professor K.M.Mirzaev nafaqat fakultet miqyosida, balki institut, viloyat, qolaversa, respublika miqyosida ko‘p xayrli ishlar qildi.

Fakultetga 1984-1985 yillarda professor SH.A.Hamidov, 1986-1988 yillarda dotsent S.H.Madaminov rahbarlik qildi. 1988 yilda fakultetga travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasi dotsenti, yosh, tajribali olim N.M.Qurbonov dekan etib tayinlandi. U o‘zining tashkilotchiligi, harakatchanligi tufayli tez orada jamoada obro‘-e’tibor qozondi va 1996 yilgacha samarali faoliyat ko‘rsatdi.

 

 

 

 

SH.A.Xamidov 1984-1985 yillar

N.M.Qurbomov 1988-1996 yillar

 

 

1996 yili professor SH.Q.Qodirov dekan lavozimida faoliyat olib bordi.

1997-1999 yillarda 6–7-kurs jarrohlik kasalliklari kafedrasi professori G‘.M.Xojimatov dekan lavozimida samarali mehnat qildi.

 

SH.Q.Qodirov 1996-1997 yillar

G’.M.Xadjimatov 1997-1999 yillar

 

 

1999 yili fakultet dekani lavozimiga 6–7-kurs jarrohlik kafedrasi professori A.K.Botirov tayinlandi.

2005 yilda fakultet dekani lavozimida ish olib borgan travmatologiya, ortopediya va HDJ kafedrasining mudiri professor Q.T.Xudoyberdiev o‘zining talabchanligi, izlanuvchanligi bilan ajralib turdi.

2005-2008 yillarda fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori A.M.Mehmonov fakultet dekani lavozimida samarali mehnat qildi.

 

A.K.Botirov 1999-2005 yillar

F.T.Xudoyberdiyev 2005 yilli

 

 

Hozirgi kunda  fakultet tasarrufida 14 ta kafedra bo‘lib, ular, asosan, institut o‘quv binosi va institut klinikasi bazasida joylashgan.

Davolash fakultetida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 1596 nafar talaba tahsil olmoqda: davolash ishi yo‘nalishida 1263 nafar, kasb ta’limi (tibbiy pedagogika) yo‘nalishida 203 nafar va oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida 130 nafar talabaga 489 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda: ularning 44 nafari fan doktori, professorlar, 147 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 44 nafari katta o‘qituvchi, 254 nafari assistent va o‘qituvchidir. Fakultetda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 39% dan yuqori bo‘lib, respublika tibbiyot institutlari fakultetlari orasida yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.

Bugungi kunda fakultetda 5 nafar dekan o’rinbosarlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti – J.T.Ahmadaliev,  Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi assistenti – Utanov Zafar Muxammadovich, Dermatovenerologiya kafedrasi assistenti – Aliev Lazizbek Muxammadjonovich, Otorinoloringologiya kafedrasi assistenti – Xusanov Shoyatbek Rustamjonovich,  davolash fakultetida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari – Karimov Ulug‘bek Dilmurodjonovichlar.

Члены деканата лечебного факультета

Заместитель декана лечебного факультета Ахмадалиев Журавой Таджибаевич, 1955 года рождения. Старший преподаватель кафедры общей хирургии. С 2015 года работает на должности заместителя декана по 1-2-3 курсам.

 

Заместитель декана лечебного факультета Утанов Зафар Мухаммадович, 1976 года рождения. Ассистент кафедры реабилитологии и физической культуры. С 2017 года работает на должности заместителя декана по 4-курсу.

 

Заместитель декана лечебного факультета Алиев Лазизбек Мухаммаджонович, 1986 года рождения. Ассистент кафедры дерматовенерологии. С 2016 года работает на должности заместителя декана по 5-курсу.

Заместитель декана лечебного факультета Хусанов Шоятбек Рустамжонович, 1987 года рождения. Ассистент кафедры оторинолорингологии. С 2015 года работает на должности заместителя декана по 6-7 курсам.

 

Заместитель декана лечебного факультета Каримов Улуғбек Дилмуроджонович, 1985 года рождения. С 2017 года работает на должности заместителя декана по духовно-просветительской работе.

 

Методист лечебного факультета Султонов Қудратилло Исмоилович, 1985 года рождения. С 2017 года работает на должности методиста деканата лечебного факультета.

Fakultetda faol ishlab borayotgan, respublikaga dong‘i ketgan tajribali professor-o‘qituvchilar Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari mehnatkashlarining sog‘ligini muhofaza qilish borasida beminnat otaliq ishlarini olib bormoqdalar. Fakultetda talabalarning samarali ta’lim olishini ta’minlash maqsadida o‘quv jarayoniga interaktiv o‘qitish usullari, innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning natijasida bir qator talabalarimiz Respublikamiz miqyosida yutuqlarga ega bo‘lmoqda.

F.I.SH. Kursi Erishgan yutug‘i
1 Gilmanov Doniyor 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2005 yil
2 Mamajonova Nodira 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2006 yil
3 Nosirov Muzaffar 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2007 yil
4 Zoxidov Maqsad 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2010 yil
5 Ziyaev YAhyo 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2011 yil
6 Adashaliev Axrorbek 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2013 yil
7 Jaloldinov Davron 4 – kurs Rektor stipendiyasi g‘olibi        2013 yil
8 Mirzaabdullaxojieva Odina 6 – kurs O‘zbekiston Respublikasi vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyasi g‘olibi

2013 yil

9 Ataxodjaev

Xojiakbar

4 – kurs “YUrt kelajagi” tanlovi Respublika

bosqichi g‘olibi 2013 yil

10 Qayumov Kozim 4 – kurs “YUrt kelajagi” tanlovi Respublika

bosqichi g‘olibi 2013 yil

11 Nazarov Xumoyun 3 – kurs Patologik fiziologiya fan olimpiadasi

1 – o‘rin

 

12 Abdullaev Javlon 7 – kurs Jarroxlik  fan olimpiadasida  3 – o‘rin
13 Qayumov Kozim 5 – kurs “YUrt kelajagi” tanlovi Respublika

bosqichi g‘olibi 2014 yil

14 Tursunov Asilbek 6 – kurs O‘zbekiston Respublikasi vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyasi g‘olibi

2014 yil

15 Mirzaabdullaxojieva Odina 7 – kurs Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi 2014 yil
16 Raximberdiev SHoxrux 7 – kurs Prezident stipendiyasi g‘olibi 2014 yil

Bugungi kunda fakultetimiz kafedralari to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi

Davolash fakulteti tasarrufidagi kafedralarning bugungi kundagi holati

Kafedralarda eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari, multimediya dasturlari, internet ma’lumotlari, elektron adabiyotlar keng qo‘llanilmoqda. Barcha kafedralar kompyuter, printer, skaner, multimediya, kodoskop kabi elektron o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan, bu vositalardan  ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlar o‘tishda keng  foydalanilmoqda.

Misol tariqasida “Bolalar travmatologiyasi” kursida markazlashgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tish jarayonini keltirish mumkin.

Bu usulning afzalligi shundaki bir vaqtning o‘zida bir necha o‘quv xonalarida mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulot yoki ma’ruza o‘tish mumkin.

ADTI klinikalari bazasida joylashgan fakultativ gospital jarrohlik, umumiy jarrohlik, 6-7 kurs jarrohlik kasalliklari va urologiya kafedralarida “Telemeditsina” dasturi ishga tushirilgan.

Bu usul o‘z navbatida bir qator qulayliklarga ega. Telemeditsina yordamida talabalar tashrih jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashrih vaqtida o‘quv xonasidan chiqmasdan bir necha xonada bir vaqtda ko‘rishlari mumkin. Bundan tashqari tashrih xonasidagi jarrohlar bilan muloqot qilishi, qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin. YAna telemeditsina tizimi yordamida tashrih jarayonini kompyuter xotirasiga, CD diskka yozib olishlari, keyinchalik qaytadan ko‘rib muhokama qilishlari mumkin.

Davolash fakulteti kafedralari xodimlari va talabalari ishtirokida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion texnologiyalardan va internet ma’lumotlaridan foydalangan holda bir necha o‘nlab ilmiy konferensiyalar o‘tkazmoqda.