Pediatriya

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
PEDIATRIYA FAKULTETI
Fakultet dekani dosent B.R.Abdullajanov

Pediatriya fakulteti 1966 yilning noyabr oyida tashkil etilgan. 1972 yili fakultet Toshkentda O’rta Osiyo medisina pediatriya instituti ochilganligi sababli berkitilib, 1977 yilda qayta tiklangan. Fakultetning birinchi dekani 1966-1972 yillarda faoliyat ko’rsatgan, dosent M.S.Saatov bo’ladi. Shu yillari fakultet talabalari soni 458 nafarni tashkil eilgan. Fakultet dekani muovini vazifasida 2 o’rin belgilangan.

Yangi tashkil qilingan fakultetni o’quv jarayonini tiklashda, o’zlashtirishni ko’tarishda maxsus adabiyotlar bilan ta’minlanish jarayonida yuksak mas’uliyat bilan ish olib boriladi.

1977 yillarda fakultetga bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, professor K.M.Mirzaev

dekan lavozimiga saylanadi. Professor K.M.Mirzaev o’zining mexnatsevarligi, talabchanligi bilan fakultet o’quv-uslubiy ishlarini rivojlantirishga katta xissa qo’shgan.

1987-1991 yillarda fakultetni professor A.S.Po’latov boshqargan. 1991-1993 yillarda esa teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri, professor Sh.A.Xamidov, 1993-1999 yillari bolalar jarroxligi kafedrasi mudiri professor B.M.Qilichev, 1999-2005 yillarda biologiya, genetika va biofizika kafedrasi mudiri, professor M.R.Mamadiev va 2006-2009 yillarda urologiya kafedrasi mudiri professor A.Q.Shadmanov tomonidan boshqarilgan. 2009-2017 yillarda fakultetni Vrachlar malakasini oshirish fakulteti kafedrasining professori A.Sh.Arziqulov boshqargan.

Professor A.Sh.Arziqulov o’zining mexnatsevarligi, talabchanligi, fidoiyligi bilan fakultet faoliyatini bugungi kun talablariga javob beradigan darajaga olib chiqdi.

Fakultet dekani lavozimida ishlagan ustozlar Ishlagan yillari
1 Soatov M. S. 1966-1972 yillar
2 Mirzaev K.M. 1977-1987 yillar
3 Po’latov A.S. 1987-1991 yillar
4 Xamidov Sh.A. 1991-1993 yillar
5 Qilichev B.M. 1993-1999 yillar
6 Mamadiev M.R. 1999-2005 yillar
7 Shadmanov A.Q. 2005-2009 yillar
8 Arziqulov A.Sh. 2009-2017 yillar

2017 yil oktyabr oyidan boshlab fakulteti dekani lavozimida Xirurgiya va urologiya kafedrasi dosenti B.R.Abdullajanov ishlab kelmoqda.

Fakultet dekani muovini lavozimida Bolalar jarroxligi kafedrasi assistenti Sh.T.Bozorov, odam anatomiya kafedrasi assistenti U.B.Axmedov, gistologiya kafedrasi dosenti R.R.Raxmonov, yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti Sh.T.Abduqodirov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini X.Sh.Maxmudov va dekanat uslubchisi lavozimida I.I.Sattiboevlar ishlab kelmoqda.

Pediatriya fakulteti dekan muovini dosent
Ravshanbek Raximberdievich Raxmonov

Pediatriya fakulteti dekan muovini, dosent Ravshanbek Raximberdievich Raxmonov, 1994 yili I.M.Sechenov nomli 1-Moskva Medisina akademiyasining Anatomiya kafedrasida, akademik M.R.Sapin raxbarligida «Puti ottoka limfi ot bronxov cheloveka v postnatalnom ontogeneze» nomli nomzodlik dissertasiyasini ximoya qildi. 1995 yil  katta o’qituvchi lavozimiga, 1999 yili shu kafedraga dosentlik lavozimiga tayinlandi. 2005 yildan boshlab pediatriya fakultetining dekan o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Pediatriya fakulteti dekan muovini, 
Bozorov Shavkat Tojiddinovich

Pediatriya fakulteti dekan muovini, Bozorov Shavkat Tojiddinovich «Bolalar xirurgiyasi va anesteziologiyasi-renimatologiyasi»  kafedrasi assistenti.

2013 yildan buyon peditariya fakulteti dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

Pediatriya fakulteti dekan muovini,
Axmedov Ulug’bek Baxodirovich

Pediatriya fakulteti dekan muovini, Axmedov Ulug’bek Baxodirovich Anatomiya, operativ jarroxlik va topografik anatomiya kafedrasi assistenti.

2009 yil ADTI bolalar jarroxligi mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tamomlagan.

2009 yildan Anatomiya, operativ jarroxlik va topografik anatomiya kafedrasi assistenti.

Pediatriya fakulteti dekan muovini,

Abduqodirov Sherzodbek Taxirovich

 

 

 

Pediatriya fakulteti dekan muovini, Abduqodirov Sherzodbek Taxirovich

Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya  kafedrasi assistenti.

2016 yildan buyon pediatriya fakulteti dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

Pediatriya fakulteti dekan muovini, Mahmudov Hushnudbek Shoyadbekovich

Hozirgi davrga kelib pediatriya fakultetda 15 ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda. Bu kafedralarning asosiy qismi institut o’quv binosida va klinikasida joylashgan. Qolgan klinik kafedralar esa Viloyat shifoxonalari bazalarida joylashgan. Jumladan: Bolalar xirurgiyasi va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi, gospital va poliklinik pediatriya va shoshilinch pediatriya kafedrasi, viloyat ko’p tarmoqli bolalar tibbiy markazi binosida va viloyat tez tibbiy yordam ilmiy markazida, bolalar kasalliklari, neonatologiya kafedrasi, Bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya kafedrasi 1-shaxar bolalar shifoxonasida, dermatoveneralogiya, klinik radiologiya, onkologiya va ftiziatriya kafedrasi, psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya, kafedralari viloyat dispanserlari qoshida, bolalar yuqumli kasalliklari, yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi binosida joylashgan.

Fakultetda 253 nafar professor o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar, ulardan 15 nafari fan doktorlari -professorlar, 82 nafari fan nomzodlari va dosentlar, 142 nafari katta o’qituvchi va assistentlar talabalarga tibbiyot ilm fan sirlarini o’rgatmoqdalar. Yuqori bosqich talabalari zamonaviy tipda qurilgan, barcha shart-sharoitlari mavjud klinik o’quv bazalarida shug’ullanadilar.

Fakultetda xozirgi kunda 1149 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetning ilmiy saloxiyati 59,2 % ni tashkil qiladi.

Fakultetda iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni qo’llab quvvatlash ishlariga aloxida e’tibor qaratiladi. Fakultetda taxsil olayotgan iqtidorli talabalar, nomdor stipendiya soxiblari va fan olimpiada g’oliblari soni keyingi 5 yil davomida 2 barobarga ortgan. Shulardan Prezident stipendiantlari 2 nafar, Ibn-Sino stipendiantlari 2 nafar, Zulfiya nomidagi davlat mukofati soxibi 1 nafar, xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasi stipendianti 2 nafar, vrachlar assosiasiyasi stipendianti 1 nafar, viloyat xokimi stipendiyasi sovrindori 1 nafar, kamolat stipendiyasi 1 nafar, respublika fan olimpiadalari g’oliblari 5 nafarni tashkil kildi.

Jumladan: Toshboev Bekzod 706 gurux sobiq talabasi, «Prezident» nomli Davlat stipendianti, Yaqubov Dilxush 708-gurux talabasi «Kelajak ovozi» fond forum stipendianti. Ibragimova Iroda 601-gurux talabasi «Yilning eng faol targ’ibotchisi» sovrindori bo’lib, 3-o’rinni egalladi. Xolmatova Gulxayo 708-gurux talabasi 2008 yil Kelajak ovozi Yoshlar tashabbuslar markazi tomonidan 2008 yil yakuniga bag’ishlangan «Yilning eng yaxshi talabasi» maqomini olgan va sertifikat oltin medal soxibi, 2010 yil Respublika Iqtidorli qizlar anjumanida (Viloyatning eng iqtidorli qizi naminasiyasi) qatnashgan va taqdirlangan va «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti, 2011 yilda esa Ibn-sino davlat stipendianti. G’anieva Umida 711-gurux talabasi 2008 yil Germaniyaning o’qish va ilmiy tadqiqot yo’nalishidagi DAAD dasturi grantining g’olibi, Qurbonov Omil 611-gurux talabasi 2009 yil Germaniyaning o’qish va ilmiy tadqiqot yo’nalishidagi DAAD dasturi grantining g’olibi bo’lishgan.

2013-2014 o’quv yillarida Boltaboeva Gulbaxor 706-gurux talabasi 2013 yil O’zbekiston Respublikasi Ibn-Sino Davlat stipendyasi, Ibragimova Iroda 701-gurux talabasi 2013 yil Xodimlar kasaba uyushma qo’mitasining stipendiyasi, Qo’chqarova Shoxida 710-gurux talabasi 2013 yil Vrachlar asosasiyasi nomidagi stipendiyasi, Uzaqov Azizbek 513-gurux talabasi 2014 yil Viloyat xokimi nomli stipendiyasi, 2014 yil Abdumo’minova Moxidil 715-gurux talabasi «Kamolot» stipendiyalari soxibi bo’ldilar. 2016 yil 207 gurux talabasi Ibragimova Maftuna va 614 gurux talabasi Uzoqov Azizbeklar «Kamolot» stipendiyalari soxibi bo’ldilar.

Fakultetning barcha kafedralarida elektron biblioteka tashkil qilingan va xar bir fan bo’yicha elektron o’quv uslubiy majmualar, multimedia dasturlar, o’quv kompyuter dasturlari, barcha fanlar bo’yicha 873 ta o’quv adabiyotlarning elektron variantlari, videoroliklar yaratilgan. Gistologiya va biofizika kurslarida teletizim mavjud. Barcha kafedra va kurslari internet tizimiga ulangan va o’quv jarayonida keng foydalanilib kelinmoqda.

Barcha kafedralarda amaliy va ma’ruza mashg’ulotlari yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llash asosida olib borilishiga erishilgan. Fakultetning professor o’qituvchilari tomonidan 20 dan ziyod yangi pedogogik texnologiyalar yaratilgan va o’quv jarayoniga tatbiq etilgan. Rivojlangan xorijiy mamalakatlarda joriy etilgan yangi pedogogik texnologiyalardan OSKE, OSE, KEYS, O’quv loyixa kabi texnologiyalar o’quv fanlari mavzulari bo’yicha joriy etilgan. Fakultet professor o’qituvchilarning malaka oshirishlari qat’iy reja asosida olib borildi va malaka oshirish 100% ko’rsatkichga erishilgan.

 

Fakultet  ilmiy  tadqiqot  ishlarining  asosiy  yo’nalishlari  quyidagilardan  iborat:

  1. Xomilada, chaqaloqlarda xar – xil yoshdagi bolalarda xamda katta yoshdagi odamlarning ichki a’zolarini anatomo-topografik va gistologik xususiyatlarining yoshga qarab o’zgarishini o’rganish maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni jismoniy taraqqiy etish xususiyatlari va amputasiyadan keyin bosh miya, orqa miya va miyachaning pustlog’ va pustlog’ osti strukturasidagi morfometrik o’zgarishlar.
  2. Onalar va bolalar salomatligini muxofaza qilish va yaxshilash bo’yicha Farg’ona vodiysining xududiy, mintaqaviy xususiyatlarini xisobga olgan xolda kompleks tadbirlarni ishlab chiqarish va ularni amalga oshirish.
  3. Limfatik terapiya soxasidagi yangi texnologiyalarning klinik eksperimental uslublarini yaratish va ularni sog’liqni saqlash soxasi amaliyotiga tadbiq qilish.
  4. Surinkali 12 – barmoqli ichak yara kasalligini davolash va asoratlarini oldini olish, davolash natijalarini yaxshilash, tashxis usullarini mukammalashtirish, qalqonsimon bez kasalligi tarqalishi va splenomegaliya sindromida jarroxlik usulida davolash natijalarini yaxshilash.
  5. Farg’ona vodiysi mintaqasida bolalardagi virusli gepatitlar, o’tkir ichak kasalliklari klinik-immunologik xususiyatlari, kechishi, ularni sog’lomlashtirish choralarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy tekshiruv ishlarini olib borish.
  6. Farg’ona vodiysida tug’ish yoshidagi onalarning kamqonlik kasalligi va uning asoratlarini oldini olish muammolari.
  7. Farg’ona vodiysida bolalarda uchraydigan gelmentoz kasalliklari muammolari.
  8. Kompensasiyalanuvchi nerv-psixik o’zgarishlarni tashxislash va profilaktik yo’llarini takomillashtirish.
  9. Bolalardagi psixisomatik kasalliklar.

Fakultet talabalariga tibbiyot sirlarini o’rgatish bilan birgalikda yosh avlodni millim istiqlol g’oyalariga sadoqat, ona- Vatanga mexr-muxabbat ruxida tarbiyalash maqsadida ular bilan ma’naviy, tarbiyaviy va axloqiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi milliy istiqlol g’oyalariga sadoqatli va Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib xissa qo’shishga qodir shaxsni tarbiyalash va uni xar tomonlama kamol toptirishga qaratilgan.

Talabalarning yashash sharoitlari va ularni ijtimoiy muxofazalash.

Pediatriya fakulteti talabalari uchun maishiy – madaniy kompleksiga ega talabalar uyi majud bo’lib, unda 258 ta talaba istiqomat qiladi. Shaxarchada talabalar ixtiyorida o’quv va adabiy kitoblar fondiga ega kutubxona, internet tarmog’iga ulangan Internet klub va oshxona ishlab turibdi. Shaxarchada sartaroshxona, sur’atxona, etikdo’z, kichik tikuv sexi, yuvinish va kir yuvish xonalari ishlab turibdi.

Talabalar uyida fakultetga qarashli kafedra professor – o’qituvchilari, rektorat va dekanat xodimlari ishtirokida turli tarbiyaviy-axloqiy, ma’rifiy-madaniy mavzularga oid tadbirlar muntazzam ravishda o’tkazilib kelinadi. Talabalar ixtiyorida zamonaviy yopiq va yozgi sport majmualari mavjud bo’lib, ularda sportning barcha turlari bo’yicha talabalarning shug’ullanishi uchun sharoitlar yaratilgan.

Pediatriya fakulteti talabalari institutning barcha talabalari kabi institut, shaxar, viloyat,respublika miqyosida sport, sport – ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Yangi «Unversiada» musobaqalarining 2000 yilgi Namangan shaxrida o’tkazilgan final bosqichi musobaqalarida oltin medal soxibi, shaxmat bo’yicha pediatriya fakultetining bitiruvchi aspiranti M.Qosimxo’jaev, yengil atletika sport turining uzunlikka sakrash, xatlab sakrash turi bo’yicha kumush va bronza medal soxibi o’sha paytdagi 3 kurs talabasi Kojevnikova Nadejda egallagan. Ushbu musobaqalarda DZYu-DO kurash bo’yicha A.Sultonov, suzish bo’yicha O.O’rinboevlar xam final musobaqalari qatnashchisi bo’lgan.

Institut bo’yicha xar yili o’tkaziladigan talabalar turar joyida yashovchi talabalar o’rtasida sport bo’yicha spartakiada musobaqalarining 2016-2017 yilgi yakuniga nazar solsak pediatriya fakulteti yotoqxonalarida yashovchi talabalar oldinda. An’anaviy, institut fakultetlari aro spartakiadasi musobaqalarining natijalari xam xuddi shunday.

Viloyat bo’yicha xar yili «Vatanparvar» kuniga bag’ishlanib o’tkaziladigan kross yugurishidagi qatnashuvchi institut terma jamoasining 60% pediatriya fakulteti talabalaridan tashkil topgan.Xozirgacha ushbu musobaqalarda qatnashib faxrli o’rinlarni egallagan pediatriya fakulteti talabalari soni 57 kishini tashkil etadi.