Stomotologiya

 

       

Stomatologiya fakulteti dekani Tulanov Dilshod Shomirzayevich.

     1992 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1999 yili Yaroslav tibbiy Medisina akademiyasining Anatomiya kafedrasida, akademik M.R.Sapin rahbarligida “Postnatal ontogenezda odam bosh miyasi tepa sohasining morfometrik xususiyatlari va 39-maydon sitoarxitektonikasi” nomli nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi.

1997 yil Operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasiga katta oʻqituvchi lavozimiga, 2005 yili fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, stomatologiya kursiga dotsentlik lavozimiga tayinlandi. 2009-2013 yillarda fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, stomatologiya kursi dotsenti hamda oʻrindoshlik asosida pediatriya fakulteti dekan muovini lavozimlarida ish olib bordi. 2014-2015 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali Oʻquv ishlari boʻyicha director oʻrinbosari, 2015-2016 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali direktori lavozimida ishladi.

2016 yil dekabr oyidan buyon Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat yuritmoqda.

Stomatologiya fakulteti dekani, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Stomatologiya fakulteti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori, Sog`liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 noyabrdagi 500-son hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 noyabrdagi 481-sonli buyruqlari asosida Andijon davlat tibbiyot institutida 2016 yil dekabr oyida tashkil qilindi.

Hozirgi kunda  fakultet tasarrufida 10 ta kafedra bo‘lib, ular asosan, institut o‘quv binosi, institut klinikasi, viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi va viloyat stomatologiya poliklinikalari bazasida joylashgan.

Stomatologiya fakultetida jami 308 nafar talaba tahsil olmoqda. 125 nafar professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda.

Stomatologiya fakulteti dekani o`rinbosarlari

      Stomatologiya fakulteti dekan muovini Kurbanov Xasan Askar oʻgʻli.

      2012 yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.  2015 yil  Andijon davlat tibbiyot institutida magistraturani tamomladi. 2016 yili Andijon davlat tibbiyot institutining “Fakultet, gospital jarrohlik, anestiziologiya va reanimatologiya” kafedrasiga assistent lavozimiga tayinlandi. 2016 yil dekabr oyidan boshlab stomatologiya fakultetining dekan o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

        Stomatologiya fakulteti dekan muovini Musayev Nozimjon Ruzibayevich.

 2009 yili Andijon davlat universitetini tamomlagan. 2009-2011 yillarda Andijon davlat universitetida “Milliy gʻoyaning falsafiy masalalari yoʻnalishi” boʻyicha magistraturani tamomladi.2009-2014 yillarda Andijon shahar 22-umumta’lim maktabida oʻqituvchi, 2014-2015 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali “Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi” boshligʻi, 2015-2016 yillarda  Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali “Ijtimoiy gumanitar fanlar, tillar, pedagogika va psixologiya” kafedra oʻqituvchisi hamda mudiri lavozimida ishlab keldi.

2017 yil yanvar oyidan stomatologiya fakulteti dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

      Stomatologiya fakulteti dekan muovini Ismoilov Hurmatillo Toʻlqinjon oʻgʻli.

 ADTI “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti.2013 yil Andijon davlat universitetini tamomlagan. 2015 yilda Andijon davlat universitetida magistraturani tugatgan.2015-2016 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali “Ijtimoiy gumanitar fanlar, tillar, pedagogika va psixologiya” kafedra oʻqituvchisi.

2016 yil dekabr oyidan ADTI “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti hamda 2017 yil aprel oyidan buyon Stomatologiya fakulteti ma’naviy-marifiy ishlar boʻyicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

     Stomatologiya fakulteti dekanati ish yurituvchi-kotibasi Valiyeva Nargiza Adiljanovna.

         2006 yili Andijon aloqa kollejini “EHM operatori” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.2014-2016 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali Oʻquv-uslubiy boʻlim statisti lavozimida ishlagan. 2016 yil dekabr oyidan buyon Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti dekanat ish-yurituvchi kotibasi lavozimida ishlab kelmoqda.

Stomatologiya fakulteti dekanat uslubchisi Xudayberdiyev Akram Akbarovich.

         2015 yil Andijon davlat universitetini tamomlagan. 2016 yilda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali Stomatologiya fakulteti dekanat uslubchisi lavozimida ishlagan. 2016 yil dekabr oyidan buyon Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti dekanat uslubchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirgi vaqtda fakultetda 2 nafar dekan muovini faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet, gospital jarrohlik, anestiziologiya va reanimatsiya kafedrasi assistenti – X.A.Kurbanov va N.R.Musayevlardir.