Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Kafedra mudiritibbiyot fanlari doktori, professor N.S.MAMASOLIEV

VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH FAKULTETI TERAPIYA KAFEDRASI

Kafedra 1984 yilda ochilgan, turli yillarda dotsent Z.I.Xasanova va professor T.Z.Jumaboevlar kafedra mudiri lavozimida ishlashgan. 2011 yildan kafedra mudirligiga tibbiyot fanlari doktori, professor Ne’matjon Solievich Mamasoliev  tasdiqlangan. Jamoada etuk mutaxassis-kadrlar shakllantirilgan va  faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz hamda hamdo‘stlik mamlakatlari miqyosida shuhrat qozongan.

Kafedra mudiri N.S.Mamasoliev mamlakatimizda va MDH da tanilgan olim, VDNX bronza medali (1979) sovrindori bo‘lgan, “Mustaqillik” nishoni medali (1991 va 2006 yy) va bir necha marta Andijon viloyati hokimi hamda Sog‘liqni saqlash Vazirining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 2013 yili O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash a’lochisi medali bilan mukofotlangan. Jahonda taniqli rus kardiologiya maktabini o‘tagan va RF Moskva kardiologiya ilmiy markazida nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1988 yildan tibbiyot fanlari doktori, professor. Olim “Profilaktik tibbiyot ilmiy maktabini” O‘zbekistonda ilk bor yaratgan va uning atrofida yuqori malakali mutaxassis ilmiy kadrlarni to‘plab, mamlakatimiz fanini rivojlanishiga ulkan  hissasini qo‘shgan. N.S.Mamasoliev  ilmiy rahbarligida deyarli dunyoda ikkinchi (AKSH dagi Framingem epidemiologik tekshiruvidan keyin) uzoq muddatli (39 yillik epidemiologik tekshiruvlarni), turli shaklli va mohiyatli epidemiologik tadqiqotlar O‘zbekiston sharoitida tashkil etilgan, o‘tkazilgan va amaliyotga tatbiq qilingan ularning natijalari 17 ta yangi ilmiy-amaliy topilma tarzida joriy qilingan. Uning rahbarligi va ilmiy maslahatchiligi bilan 51 ta dissertatsiya (15 ta doktorlik va 36 ta nomzodlik) tayyorlangan, shundan 36 tasi himoya qilingan. Olim 2725 ta ilmiy ishlar chop etdirib, MDH ko‘lamida eng yuqori natija ko‘rsatgan, bular: 35 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 17 ta  monografiya (hammualiflikda), 548 ta ilmiy-uslubiy tavsiyanomalardir. O‘zbekiston fanini xalqaro miqyosga olib chiqishda, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlab berishda, amaliy tibbiyotga zamonaviy standart va texnologiyalarni kiritishda o‘ta faollik ko‘rsatgan. Ko‘plab jamoat ishlarida –  ixtisoslashgan kengash a’zosi, OAK eksperti, muammolar hay’ati raisi, bir nechta jurnallar (jumladan, xalqaro miqyosdagi) hay’ati a’zosi, terapevtlar ilmiy jamiyati raisi, turli yillarda institut 1-chi prorektori, davolash ishlari, ilmiy ishlar hamda tashqi aloqalar bo‘yicha prorektor lavozimlarida  faoliyat olib borib, ibratli inson, tashabbuskor, fanga fidoiy olim, yoshlarga ustoz va talabalarga murabbiy sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan.

«Zamonaviy ilmiy manbalar,  klinik tavsiyanomalar,  o‘quv adabiyotlari, ilmiy va amaliy tibbiyotning eng yangi yutuqlari durdonalarini to‘plab o‘quvchi kursantlarga etkazadi»

Kafedrada 15 ta ilmiy yo‘nalish belgilangan va bu yo‘nalishlar bo‘yicha profilaktik, klinik, ekologik, klimatopatologik va farmako-epidemiologik tadqiqotlar olib boriladi.

Kafedrada 3 mingdan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Davlat ilmiy dasturlari bajarilgan. Faqat oxirgi yilning o‘zida 5 ta darslik va 12 ta o‘quv qo‘llanma yaratilib  chop etilgan. Hozirgi paytda kafedra 11 doktorantga ilmiy rahbarlik olib borilmoqda.

Jamoaning ilmiy natijalari bo‘lib fanda ilk bora aksariyat yurak-tomir va surunkali noinfeksion kasalliklarning qator etiologik yangi va endemik xatar omillari ochilgan holda tasdiqlab berildi.

Kafedra rahbarligida zamonaviy profilaktik tibbiyotga asos solib, mamlakat fani ravnaqiga sezilarli hissasini qo‘shayotgan va tan olingan ilmiy maktab yaratilgan. Ushbu maktab Respublikaning turli viloyatlari davolash muassasalari va ilmiy markazlariga kadrlar tayyorlab bergan, tayyorlab bermoqda.

Kafedra Evropa kardiologiya jamiyati, Ukrainaning Kiev va Zaporoje tibbiyot universiteti, Rossiya Kardiologiya ilmiy jamiyati, ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlari bilan, Turkiy zabon davlatlar kardiologiya assotsiatsiyasi, Markaziy Osiyo hamda Hamdo‘stlik mamlakatlari kardiologlari assotsiatsiyalari bilan uzviy hamkorlik o‘rnatgan, mamlakatning barcha tibbiy ilmiy markazlari, oliygohlari hamda Qirg‘iziston milliy kardiologiya va terapiya markazi bilan doimiy ilmiy aloqada bo‘lib keladi. Rossiya Federatsiyasining “Noinfeksion kasalliklar profilaktikasi davlat ilmiy markazi (Moskva)” olimlari va mutaxassislari bilan uzviy aloqa o‘rnatilgan, hamkorlik qilinmoqda.

Farg‘ona vodiysi ko‘lamida terapiya xizmatini takomillashtirib borish ishlariga doimiy otaliq yordami ko‘rsatildi.

Andijon viloyati terapevtlari ilmiy jamiyati ishi oxirgi 30 yil davomida tashkil etilib va boshqarilib borilmoqda. Namangan va Farg‘ona viloyatlari terapevtlari jamiyatlariga ham konsultativ-maslahat yordamini ko‘rsatib bordi.

Kafedra tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan tez tibbiy yordam xizmatini kardiologiya va terapiya bo‘yicha yangi strukturasi viloyatda rivojlantirildi, zamonaviy diagnostik va terapevtik texnologiyalarga asoslangan standartlar amaliyotga joriy etildi, vodiy davolash muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab berdi.

Profilaktik tibbiyot O‘zbekiston ko‘lamida ixtisoslik sifatida tasdiqlantirildi va uning metodologiyasi tibbiyotning barcha bo‘g‘inlariga kiritila boshlandi.

Skriningli profilaktikaga asoslangan donozologik diagnostika usullari O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqib ishlab chiqildi va davolash muassasalariga O‘zbekiston sharoitida joriy etila boshlandi.

Tug‘ish yoshidagi ayollarda ekstragenital kasalliklarni barvaqt aniqlash, bartaraf, hamda profilaktika qilish usullari O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqildi, takomillashtirildi, amaliyotchi shifokorlar faoliyatiga kiritildi.

Asosiy surunkali noinfeksion kasalliklarni yangi xatar omillari (pestitsidemiya, giperurikemiya, dizioniya, xazm fermentlari gomeostazini buzilishi) aniqlanib, ularni bartaraf qilish algoritmi va texnologiyalari amaliy tibbiyotga joriy etildi.

O‘smirlarda yurak-qon tomir va surunkali noinfeksion kasalliklar profilaktikasiga oid yangi texnologiyalar yaratildi,  davolash-profilaktika muassasalariga Respublika ko‘lamida faoliyat uchun kiritildi.

Avtomobil ishlab chiqarish bilan aloqador aholiga asosiy yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi, klinik kechishi, profilaktikasi va dispanserizatsiyasiga oid takomillashtirilgan texnologiya yaratildi, iqtisodiy-tibbiy talofatlarni keskin kamaytirib samara beruvchi usullar tibbiyot amaliyotining   birinchi bo‘g‘inlariga joriy etildi.

Iqlimiy o‘zgarishlar va geofizik ritmlarning aholi organizmiga hamda yurak qon tomir va “surunkali-urgent” terapevtik kasalliklar (bronxial astma, yurak etishmovchiligi, revmatik isitmalash, siydik yo‘llarini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, YUIK, gipertoniya kasalligi, kardiovaskulyar kontinuum) bilan xastalangan bemorlarga salbiy ta’sirni bartaraf qiluvchi, ogohlantiruvchi va engillashtiruvchi profilaktik hamda terapevtik texnologiyalar ishlab chiqildi, amaliyotga tatbiq qilindi.

Giyohvandlikka chalingan aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarni davolash usullari ishlab chiqildi, tibbiyot muassasalarining barcha bo‘g‘inlariga joriy etildi va keng shifokorlar amaliyotiga kiritildi.

VICH-infeksiyasi/OITS fonida ichki kasalliklarni davolash va profilaktikasiga oid yangi texnologiyalar ishlab chiqildi.

Farmakoepidemiologik monitoring tizimi yaratildi va amaliyotga keng joriy qilindi.

Jamoa 17 yil qatorasiga reyting balli to‘plami bo‘yicha institutda birinchi o‘rinni olib keladi, “Eng yaxshi kafedra” va “Eng yaxshi kafedra mudiri” nominatsiyalarini mutloq g‘olibi bo‘lib hisoblanadi.

2014 yil davomida ayniqsa tobora yuksalish kuzatildi va yil yakunlari bo‘yicha jamoa yanada eng yuqori ballarga ega bo‘lib rektorat tomonidan rag‘batlantirilgan.

 

Kafedra mudiri t.f.n., dotsent O.A.YAKUBOVA

VMOF VA  QAYTA TAYYORLASH FAKULTETINING AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA KAFEDRASI

Kafedra 1984 yili davolash fakultetining 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasida tashkil topgan. Andijon viloyat perinatal markazida joylashgan.

1-akusherlik va ginekologiya kafedrasining birinchi mudiri 1984-1985 yilgacha – t.f.n. dotsent  Klara Ilxamovna Abdusalamova bo‘lgan. Kafedra ochilishida birinchilardan bo‘lib quyidagi xodimlar faoliyat ko‘rsatgan: Albina Leontevna Akopova, Gavxar Raxmatullaevna Raxmatullaeva, Maxbuba Mo‘minovna Nezamitdinova. 1985 yildan – 2000 yilga noyabr oyigacha kafedraga t.f.n. dotsent Lidiya Sergeevna Ovchinnikova rahbarlik qilgan.

Kafedrada t.f.n. dotsent Qunduz YUldashevna To‘raeva, Maxbuba Mo‘minovna Nezametdinova, YUriy Germanovich Naumov, Gavxar Raxmatullaevna Raxmatullaeva, Nina Stepanovna Solovevalar ishlagan. 2000 yilning  noyabr oyidan  2002 yil aprel oyigacha t.f.n. dotsent Qunduz YUldashevna To‘raeva mudirlik vazifasini vaqtincha bajargan. SHu yillari kafedrada t.f.n. dotsent Valentina Pavlovna Stalinskaya, assistentlar – Maxbuba  Mo‘minovna Nezametdinova, Aliya Nailevna Bogdanova, Sadetjan Abdumuminovna Ashurovalar faoliyat olib borganlar.

2002 yilning aprel oyidan 2012 yil dekabrgacha  kafedraga t.f.n. dotsent S.A.Ashurova rahbarlik qildi. Kafedra xodimlari t.f.n. dotsent Qunduz YUldashevna To‘raeva, t.f.n. dotsent Valentina Pavlovna Stalinskaya, assistentlar – Maxbuba  Mo‘minovna Nezametdinova, Aliya Nailevna Bogdanova, SHoxista Alimovna Turgunova, Lola  Dadaxanovna Abduraxmanovalar kursantlarga bilim berdilar.

Dotsent Lidia Sergeevna Ovchinnikova

2004 yil sentyabr oyidan assistent Aliya Nailevna Bogdanova, 2005 yil yanvardan esa t.f.n. dotsent Valentina Pavlovna Stalinskaya Rossiya Federatsiyasiga ko‘chib ketishgan. 2005 – 2009 yillari  kafedrada dotsent Oltinoy Abduganievna YAkubova (davolash fakulteti 6-7 kurs akusherlik va ginekologiya kafedrasidan o‘tgan), assistentlar Maxbuba Mo‘minovna Nezametdinova, Lola Dadaxanovna Abduraxmanova, SHoxista Alimovna Turgunovalar faoliyat ko‘rsatishgan.  2007 yil may oyida assistent SH.A.Turgunova, perinatal markazga ishga o‘tgan, 2009 yil oktya

br oyida assistent L.D.Abduraxmanova xususiy shifoxona ochgan. 2007 – 2012 yillari kafedra hodimlari  dotsent Oltinoy Abduganievna YAkubova, assistentlar t.f.n. Nasiba Adashevna Suleymanova, Maxbuba Mo‘minovna Nezametdinovalar hamjihatlikda ishlashgan. 2010 yilda S.A.Ashurova Andijon davlat tibbiyot institutining davolash ishlari bo‘yicha prorektorlik lavozimida faoliyat olib borgan. 2011 yilda assistentlik lavozimiga Kamila SHavkatovna Maxmudova qabul qilingan.

2012 yanvar oyida Sadetjan Abdumo‘minovna Ashurova, 2013 yilning sentyabr oyidan  assistent Maxbuba Mo‘minovna Nezametdinova nafaqaga chiqishdi.

2012 yil yanvar oyidan  boshlab kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Oltinoy Abdug‘anievna YAqubova boshqarib kelmokda.

Kafedra 30 yil mobaynida Farg‘ona vodiysidagi akusher-ginekologlar malakasini oshirib kelmoqda. Kafedra xodimlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida davolash-otaliq ishlarini amalga oshirib kelmoqda, akusherlik ginekologiya amaliyotiga yangi tashhislash va davolash usullarini tatbiq etmoqda. Kafedra viloyat va tumanlararo ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib bormoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy ishlar olib borilmoqda, respublika va  xorijiy davlatlarda  maqola va tezislar chop etilmoqda.

Kafedrada alohida ma’ruza zali, kompyuter xonasi, o‘quv xonalari, tinglovchilar dam olish xonasi mavjud. Perinatal markazining barcha bo‘limlarida amaliy mashg‘ulot o‘tkazish uchun   sharoitlar yaratilgan. O‘quv jarayoniga yangi o‘quv   texnologiyalar tatbiq qilingan.

SHu yillar mobaynida  6000 tadan ortiq mutaxassislar malakasini oshirib ketgan.

 

Kafedra jamoasi (2014 yil)

Kafedra zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan: videoikkilik; kompyuter; kodoskop; multimedia; nootbuk; laminatsiyalangan o‘quv   plakatlari; zoya; akusherlik qisqichlari; kursantlarga tug‘ruq jarayonini ko‘rsatish uchun tug‘ruq zalida distatsion videokamera o‘rnatilgan. Kafedrada 3ta elektron kutubxona  mavjud, bundan tashqari barcha o‘quv xonalarda har bir kafedra xodimlarining o‘z kutubxona  burchagi bor.

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalish – “Bolalar ginekologiyasi”ga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda kafedra mudiri dotsent O.A.YAkubova shu yo‘nalish bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yakunlamoqda.

Kafedrada akusherlik va ginekologiya mutaxassisligi bo‘yicha  ordinatorlar hozirgi kunga qadar tayyorlanib kelmoqda. Kafedrada tayyorlangan ilmiy xodimlar va shu soha mutaxassislari xorijiy davlatlarda va Respublikamiz viloyatlarida faoliyat ko‘rsatishmoqda.

KAFEDRA BUGUNGI KUNDA

Hozirga kelib kafedrada 4 nafar xodim  faoliyat ko‘rsatmoqda: kafedra mudiri, t.f.n., dotsent O.A.YAkubova, kafedra dotsentlari t.f.n. F.J.Nasirova, t.f.n. N.A.Sulaymanova, assistent: K.SH.Maxmudova.

Kafedra xodimlari Andijon va Namangan viloyatlarida davolash hamda konsultativ yordam ko‘rsatib kelishmoqda.

Joriy yilda oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalashni tashkil qilish yuzasidan Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida institutimiz olimlari qatori bizning kafedra assistentlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1096 sonli “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom oilani shakllantirish”ga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash borasida viloyat tuman QVP larida amaliy yordam berishmoqda.

Kursantlarni o‘qitish zamonaviy dasturlar, dalillarga asoslangan tibbiyot yangiliklari yoritilgan holda, ADTI Ilmiy Kengashi hamda rektorati qarorlariga muvofiq holda akusherlik-ginekologiya fani xususiyatlaridan kelib chiqib, kafedrada tuzilgan yangi Nizom asosida olib boriladi.

 

Kafedra mudiri t.f.n., dotsent M.E.ABDULLAEVA

MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI PEDIATRIYA KAFEDRASI

Kafedra 1984 yil 30 noyabrda SSV ning buyrug‘iga binoan  Andijon shahar 2- sonli bolalar shifoxonasi bazasida tashkil topgan. Hozirda kafedra Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida joylashib, 2013 yildan hozirgi kungacha kafedra  t.f.n., dotsent Mavjuda Ergashevna Abdullaeva tomonidan boshqarib kelinmoqda.

1984 – 2012 yillari  kafedraga  tibbiyot fanlari doktori Manzura Ganievna G‘anieva rahbarlik qilgan.  1983 yilda Manzura Ganievna G‘anieva nomzodlik dissertatsiyasini Toshkent shahrida, 1993 yilda  Moskva shahrida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Oliy toifali vrach pediatr. U o‘z ish faoliyati davomida 2 ta darslik, 39 ta ilmiy maqola, ko‘plab tezislar, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar, ratsionalizatorlik takliflari, fan yangiliklarini amaliyotga tatbiq etgan. Manzura Ganievna Farg‘ona vodiysi pediatrlarining malakasini oshirish sifatini yuqori darajaga olib chiqishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan va o‘z mehnat faoliyatida ko‘plab davlatimiz  tomonidan faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlangan. Hozirda professor Manzura Ganievna Ganieva nafaqada.

2012-2013yillari kafadrani t.f.d. professor Abduraim SHamshievich  Arzikulov boshqargan.  1995 yili  Samarqand shahrida “Epidemiologiya sindroma udlinennogo intervala Q-T u shkolnikov” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini,  2005 yil Toshkent shahrida “Lichnostnыe osobennosti i nekotorыe somaticheskie zabolevaniya u detey i podrostkov” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Abdurayim SHamshievich rahbarligida 1 ta nomzodlik, 10 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. U o‘z ish faoliyati davomida 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma 42 ta ilmiy maqola, ko‘plab tezislar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyanomalar, ratsionalizatorlik takliflari, fan yangiliklarini amaliyotga tatbiq etgan.

Abdurayim SHamshievich jamoat ishlarida faol va tashkilotchi. Mehnat faoliyati davomida pediatriya fakulteti dekan muovini, magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2009 yildan shu kungacha pediatriya fakulteti dekani lavozimlarida samarali mehnat qilib kelmokda.

Mavjuda Ergashevna Abdullaeva 2013 yildan malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti pediatriya kafedrasini boshqarib kelmoqda.

Mavjuda Ergashevna o‘z mehnat faoliyatini 1994 yili ADTI “Gospital va poliklinik pediatriya” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2003 yilda Toshkent shahrida “Osobennosti fizicheskogo razvitiya i termoregulyasii u detey pervogo goda jizni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi,  2004 yili dotsent unvonini oldi.

U o‘z faoliyati davomida 1 ta darslik, 1 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma 28 ta ilmiy maqola, ko‘plab tezislar, 3 ta ixtiro patenti, 1 ta innovatsion loyiha hammuallifi, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar, ratsionalizatorlik takliflari, fan yangiliklarini amaliyotga tatbiq qildi. 2000-2002 yillari «Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda termoregulyasiya xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha  Davlat granti ishtirokchisi bo‘ldi.

Mavjuda Ergashevna rahbarligida 5 ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

KAFEDRA BUGUNGI KUNDA

2001- 2007 yilllardagi  kafedra jamoasi

Kafedra faoliyatiga hissa qo‘shgan  (hozirda boshqa joylarda ishlayotganlar) xodimlar:   dotsentlar:  E.A.Zevaev;   K.I.Turg‘unov, X.O.Tojiboev; L.K.Raxmanova: assistentlar – M.X.Arslanova; N.A.Kudryavыx;  S.N.Fozilova; V.P.Bogdanov; L.Z.Xafizova; M.Turg‘unova; A.A.Ergashev; D.X.Sayfutdinova, SH.G.Umaralieva, D.K.Djalilova.

 

 

Xamro Tillaevna Xudoyberdieva t.f.d. dotsent.

Kafedra jamoasi (2014 yil)

Kafedra professor-o‘qituvchilari vodiy vrachlari-pediatriya mutaxassisligi bo‘yicha sifatli malakasini oshirish maqsadida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedra jamoasida 2 ta fan doktori 4 ta dotsent 3 ta assistent faoliyati ko‘rsatmoqda.

Kafedra xodimlari: kafedra mudiri: t.f.n. dotsent M.E Abdullaeva., t.f.d. prof. A.SH.Arzikulov, dotsentlar t.f.d. X.T.Xudoyberdieva, Z.B.Xafizova, O.A.Egamberdiev, asssistentlar D.S.Kosimov, B.SH.Maxmudova, O.N.Xalilov.

1953 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1976 yili ADTI davolash fakultetini tamomlagan.

300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar,  5 ta monografiya, 34 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga  tatbiq etilgan ishlar, ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

Zimfira Barievna Xafizova t.f.n., dotsent.

1952 yilda Andijon viloyati, Andijon  tumanida tug‘ilgan. 1976 y. O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti (kunduzgi pediatriya ishi) ni tamomlagan. 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar,  ko‘plab ratsionalizatorlik takliflari, amaliyotga  tatbiq etilgan ishlar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

 

 

 

 

 

T.f.n., dotsent Olimjon Ablyazovich Egamberdiev.

1953 yilda Andijon viloyati Andijon tumanida tug‘ilgan. 1977 y. O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti (kunduzgi pediatriya ishi)ni tamomlagan. 1 ta monografiya, 2 ta patent, 1 ta grant asosidagi davlat mukofoti sohibi, immunomodulyatorlarning yangi avlodi hisoblangan “Gemalin” preparatining muallifi va uni ishlab chiqarishini tashkil qilib amaliyotga tadbiq qilgan, immunokorreksiya usulini bioimmunorezonans hodisasi  asosida immunitetning xususiy kasalliklarini davolash taklifini kiritgan. 2002-2004 yillari amalga oshirilgan innovatsion grant “Gemalin preparatini ishlab chiqarishni tashkil qilish va anemiyani davolash usuli” mavzusi bo‘yicha qilingan ish natijasida anemiyaning yangi patogenetik davolash usulini amaliyotga tatbiq qilgan, 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar,  ko‘plab ratsionalizatorlik takliflari , amaliyotga  tatbiq etilgan ishlar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi.

 

 

 

KAFEDRANING O‘QUV-USLUBIY FAOLIYATI

Kafedra yig‘ilishida o‘quv jarayonining muhokamasi

 Kafedrada muntazam ravishda o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida  yig‘ilishlarda ilmiy yangiliklar, davolash standartlari,  oliy ta’lim vazirligi tomonidan berilgan yangi o‘quv pedagogik texnologiyalar muhokama qilinib, o‘quv jarayoniga tatbiq etiladi. Hozirgi zamon talabi asosida o‘quv jarayoniga JSST dasturlari, YUNISEF tavsiyalari kiritilgan.

Mazkur dastur asosida assistent va shifokor tinglovchilar uchun 11 ta davra  mavzulariga yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruzalar, masofaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha modullar  yaratilgan.

 

 

Birituvchi shifokorga sertifikat tantanali taqdimoti

KAFEDRANING ILMIY ISHLARI

 Kafedraning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha oxirgi 5 yillik ichida 2 ta darslik, 5 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 46 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratildi. Matbuotda, nufuzli tibbiyot jurnallarida 12 ta maqola va ko‘plab tezislar chop etildi. 2 ta innovatsion loyiha tayyorlandi: “Gemalin biologik aktiv preparatini olish usuli” ixtirosiga patent olindi (dotsent O.A.Egamberdiev), “Sovremennыe metodы diagnostiki stepeni tyajesti bronxialnoy astmы u detey” (dotsent M.E.Abdullaeva)  loyihasi bo‘yicha 2 ta ixtiro patenti olindi.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari:

1. Nafas yo‘llari kasalliklarining dolzarb muammolari.

2. Qon kasalliklarining dolzarb muammolari.

Malaka oshirish va qayta tayerlash fakulteti, pediatriya kafedrasi Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (VBKTTM) davolash faoliyatini amalga oshirmoqda. Kafedra  VBKTTMning barcha bo‘limlarida tizimli ravishda davolash, profilaktika va maslaxat ishlarini olib bormoqda.

Viloyatdagi davolash – profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga tashkiliy uslubiy yordam ko‘rsatish malakasini oshirish maqsadida seminarlar, konferensiyalar va ilmiy anjumanlar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi SSV bosh mutaxassislari va ADTI kafedralari  etakchi professor, dotsent, ilmiy xodimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikda   klinik konferensiyalar, jamiyat yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.

amaliy mashg‘ulotda.

amaliy mashg‘ulotda.

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra xodimlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tumanlari otaliq  ishlarida faol qatnashadilar. Rejaga asosan tashkiliy, uslubiy, davolash profilaktika otaliq ishlari,  sanitar-oqartuv ishlari olib boriladi, sog‘lom turmush tarzi, turli xil bolalar kasalliklarining oldini olish mavzularida targ‘ibot ishlari muntazam olib boriladi.

Kafedra xodimlari joylarda uslubiy yordam ko‘rsatmoqda.

Kafedra xodimlari tomonidan ratsional takliflar va ularni amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlangan.

Kafedra xodimlari tomonidan Andijon viloyati bolalar «Mehribonlik uyiga» kursantlar bilan birgalikda tashrif etilib, bolalar tibbiy ko‘rigdan  o‘tkazilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti jarrohlik, tez tibbiy yordam, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi

Kafedra mudiri T.F.D.,Professori G’ulomiddin Minxodjiyevich Xodjimatov

Kafedra 1999 yil O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi va institut rektorining buyrug‘iga asosan tashkil topgan. Kafedraning bazasi etib Respublika SHoshilinch Tibbiy YOrdam Ilmiy Markazi Andijon filiali I (50 o‘rin joy) va II (25 o‘rin joy) ajratilgan bo‘lib, tibbiyot fanlari doktori, professor Xodjimatov G‘ulomidin Minxodjievich tanlov asosida tasdiqlangan.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti jarrohlik, tez tibbiy yordam, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi institut rektori buyrug‘iga asosan kafedra dotsenti etib tibbiyot fanlari nomzodi Sotvoldi Parpievich Xakimov tayinlandi. Sotvoldi Parpievich Xakimov faoliyati davrida hamkasabalar, kursant va bemorlar orasida o‘zining kichik ko‘ngilliligi, mehnatkashligi hamda ishiga sodiqligi bilan hurmatga sazovor bo‘lgan. S.P.Xakimov o‘zining fidokorona mehnatlari bilan kafedra tarixida o‘chmas iz qoldirgan dotsent-pedagoglardan biri hisoblanadi (S.P.Xakimov 2006 yil vafot etgan). Xabibullo Xamdamovich Xamdamov hozirda kafedra dotsenti va davolash ishlari bo‘yicha mas’ul shaxs sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. X.X.Xamdamov kafedra jamoasining jonkuyar a’zolaridan biri sanaladi. Tibbiyot fanlari doktori Kodirjon Abdusattarovich YUsupov kafedra dotsenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. YUqorida ko‘rsatilgan bazada kursantlar malakasini oshirishi uchun barcha shart – sharoitlar mavjud. «Ambulator jarrohlik»,  «O‘tkir xirurgik infeksiya» davralari bo‘yicha malaka oshirish uchun sharoitlar yaratilgan. Kafedra dotsenti Ma’rufxan Mamatxonovich Axmedov o‘zining kamtarona mehnatlari va kursantlar o‘qitish prinsiplari bilan kollektiv hurmatini qozongan. Hozirda M.M.Axmedov Paxtaobod tibbiyot kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.  M.B.Axmedov (1999-2007 yillar), M.I.Matkarimova (1999-2010 yillar), A.M.Umarovlar (1999-2011 yillar) faoliyat yuritgan, hozirda nafaqada.

Hozirda malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tez tibbiy yordam, anesteziologiya va reanimatsiya kursida quyidagi xodimlar faoliyat yuritmoqda: Igor Ravilevich Paxmurin kafedrada o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul, A.R.Xo‘jamberdiev, U.T.YUldashev, S.J.Bekbulatova, M.A.Sadikovalar. Kafedraga yosh ilmiy – pedagogik kadrlar jalb qilinmokda. Ulardan tibbiyot fanlari nomzodi M.M.Axmedov, magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan A.M.Mamadiev, E.K.Abduazizov va SH.SH.Turg‘unovlar kafedra assistentlari lavozimiga tanlov asosida tayinlandilar.

Hozirda kafedrada 4 ta doktorlik dissertatsiya ilmiy ishlari (M.M.Axmedov, SH.SH.Turg‘unov, A.M.Mamadiev, D.O.Ten) muvvafaqqiyatli olib borilmoqda. Kafedra katta laboranti Z.B.Toshboev magistraturani muvvafaqqiyatli tamomlab, endoskopik va laparoskopik operatsiyalarni o‘zlashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2012 yil 21 iyundagi 84-02-2562-sonli xatiga muvofiq “Attestatsiya o‘tkazish ta’lim muassasalari kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti jarrohlik, tez tibbiy yordam, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi attestatsiya va akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi, davlat attestatsiya va akkreditatsiya sertifikatini oldi.

Farg‘ona viloyati vrachlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun jarrohlik, tez tibbiy yordam, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida “Tez tibbiy yordam”mutaxassisligi bo‘yicha 216-soatlik kurs tashkil qilindi.

Institutning 92 nafar o‘qituvchilari respublika oliy ta’lim muassasasi va ilmiy markazlarda,  quyidagi xorij universitetlarida va ilmiy markazlarida malakalarini oshirdi;

– Seul milliy universiteti (Janubiy Koreya) – 2 nafar,

– SHixesz tibbiyot universiteti (Xitoy) – 2 nafar,

– Piza universiteti (Italiya) – 6 nafar,

– Genta universiteti (Belgiya) – 4 nafar,

– Porto universiteti (Portugaliya) – 2 nafar,

– Kirov tibbiyot akademiyasi (Rossiya) – 8 nafar,

– AXXM universiteti (Germaniya) – 4 nafar,

– Adji Badem Sog‘liqni saqlash kompleksi (Turkiya) – 6 nafar,

– Moskva tibbiy stomatologik universiteti (Rossiya) – 8 nafar,

– Rossiya tibbiyot akademiyasi (diplomdan keyingi ta’lim) – 10 nafar,

– Sankt-Peterburg tibbiyot universiteti (Rossiya) – 10 nafar,

– Qozon tibbiyot universiteti (Rossiya) – 6 nafar,

– Xarkov milliy universiteti (Ukraina) – 6 nafar,

– Donetsk milliy universiteti (Ukraina) – 4 nafar,

– Saratov davlat tibbiyot universiteti  (Rossiya) – 2 nafar.   

Professor G‘.M.Xodjimatov Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari jarroh-vrachlarining ustozi hisoblanadi.Turli jarrohlik kasalliklarini davolash usullari va tashhislash bo‘yicha yangi uslublar ishlab chiqib, sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga tatbiq etmoqda. Uning rahbarligida Farg‘ona vodiysi jarroh-vrachlari muntazam ravishda kasalliklarni tashhislash va davolash bo‘yicha yangi usullarni ishlab chiqish borasida malakalarini oshirmoqda. Farg‘ona vodiysida tarqalgan jarrohlik kasalliklari dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarni muntazam ravishda tashkil qilib kelmoqda.

Kafedraning moddiy texnik bazasi yildan-yilga boyib bormoqda. Kafedra hozirgi kunda o‘quv jarayonida multimedia, kompyuter darslari, masofadan o‘qitish, leksion zalda operatsiyalarni kuzatish va izoh bilan o‘rganish, videoikkiliklarda har bir mavzu bo‘yicha o‘quv filmlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada shu kungacha Farg‘ona vodiysi viloyatlarining 2500 ga yaqin jarroh, umumiy amaliyot shifokori, tez yordam vrachlari o‘z malakalarini oshirib, muvaffaqiyat bilan o‘z vazifalarini bajarmoqdalar.

Professor G‘.M.Xodjimatov boshchiligida kafedra xodimlari tomonidan 2014-2015 yillarda ko‘krak qafasi a’zolarida 137 ta, yurak qon-tomir sistemasi kasalligida 115 ta va qorin bo‘shlig‘i a’zolari jarrohlik kasalliklarida 517 ta murakkab tashrihlar amalga oshirildi.

Kafedra mudiri,t.f.n., O.M.SABIROV

MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI OFTALMOLOGIYA  KAFEDRASI

VMOF oftalmologiya kafedrasi 1995 yil 28  avgustda O‘zbekiston Respublikasi  oliy ta’lim  vazirligining qaroriga muvofiq tashkil  etildi, va Andijon viloyatining 60 o‘rinli ko‘z kasalliklari shifoxonasida joylashdi, kafedra mudiri  etib  t.f.n. dotsent   X.A.Abduxoliqov va kafedra assistenti etib T.J.Usmanova tayinlandi.

 

 

 

Dotsent Xabibillo Abduxoliqovich Abduxoliqov 1995-2003 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan.

1951-yilda Namangan viloyati YAngiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974 yil ADTI davolash fakultetini tamomlagan.

1993-yil Toshkent shahrida “Ochiq burchakli glaukoma epidemiologiya va reabilitatsiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta monografiya, 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 50 ta ratsionalizatsiya takliflari amaliyotga tatbiq qilingan. 20 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 12 ta uslubiy qo‘llanmaga  mualliflik qilgan.

Bu davrda ko‘z kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori Toxtasunova Zamira Salidjnovna bo‘lgan. 1974-2006 yillarda faoliyat yuritgan Zamira Salidjonovna oliy toifali shifokor, ”Sog‘likni saqlash a’lochisi” bo‘lib, kafedra bilan birgalikda bir qancha kasalliklarni yangicha davolash metodikalarini  yo‘lga qo‘yishgan.

2004-2012 yillarda    kafedra  mudiri etib  t.f.d  dotsent Isroil  To‘ychievich  To‘xtabaev  tayinlandi.

I.To‘xtaboev 1992 yilda Rossiyaning YAroslavl shahrida “Anatomo-topograficheskiy osobennosti i sitoarxitektonika zritelnoy kori pole 17 zatelochnoy dole golovnogo mozga cheloveka postnatalnom ontogeneze” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O‘zining amaliy va ilmiy-pedagogik faoliyatini rivojlantirib, 2003 yilda Moskva shahrida  I.M.Sechenov nomidagi Tibbiyot akademiyasida “Vozrastnыe i individualnыe izmeneniya sitoarxitektoniki korkovыx poley 17, 18, 19 zatыlochnoy oblastey v levom i pravom polusharii mozga cheloveka” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi.

I.To‘xtaboev 2003-2013 yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. 2006-2011 yillari vrachlar malakasini oshirish fakulteti dekani lavozimida ishladi. 2013 yil yanvar oyidan  kafedra professori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

2006 yil 21-fevraldan bosh shifokor lavozimida SHoxruxbek Rustamovich Qodirov faoliyat yuritib kelmokda. SHoxruxbek Rustamovich 1961 yili Andijon tumanida tug‘ilgan. 1984 yil ADTI davolash fakultetini tamomlagan. “Sog‘liqni saklash a’lochisi”, oliy toifali shifokor. Uning boshchiligida shifoxona moddiy –texnik bazasi tubdan yangilandi. SHifoxona to‘liq ta’mirlandi va zamonaviy apparaturalar bilan ta’minlandi. Respublikamizda birinchilar qatorida katarakta tashrihida fakoemulsifikatsiya texnikasi yo‘lga qo‘yildi. Ko‘z tubi o‘zgarishlarini erta aniklashda Fundus kamerasidan foydalanish, ko‘z kasalliklarini davolashda ozonoterapiya metodlarini yo‘lga qo‘yilishi shular jumlasidandir.

2013 yil noyabr  oyidan boshlab kafedra mudiri etib t.f.n. O.M.Sabirov tayinlandi. Hozir kafedrada t.f.d. professor I.T.To‘xtaboev, katta o‘qituvchi T.J.Usmonova, assistentlar D.X.Xoshimova, D.M.Qaxxarova faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yildan yilga kafedra moddiy-texnik bazasi boyib bormoqda. Ko‘z olmasida bajariladigan tashrihlarni kursantlarga yaqindan ko‘rsatish va o‘rgatish maqsadida videoikkilik, kompyuterdan keng foydalanilmoqda, kafedra xodimlari tomonidan ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilmoqda. Kafedrada ingliz tili burchagi va videokutubxona, masofaviy ta’limga oid dasturlar yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra o‘z  faoliyati  davomida  145 ta  o‘quv  uslubiy qo‘llanma,   100  dan  ortiq  ratsionalizatorlik  takliflari,  55 ta fan  yangiligini amaliyotga  tatbiq  etdi.   106 ta  ilmiy maqola va tezislar chop etdilar. O‘quv jarayonini yaxshilash maqsadida  1000 dan ortiq  test  sinovlari tayyorladilar.

Kafedraning ilmiy  yo‘nalishlar:

1. Farg‘ona  vodiysida glaukoma epidemiologiyasi va reablitatsiyasi.

2. O‘sib boruvchi miopiyaning  tog‘li  iklim sharoitida rivojlanishi va  tarqalishi.

3. To‘r parda degeneratsiyasining  iqlimga bog‘liq ravishda tarqalishi.

Kafedra xodimlar bilan.

Kafedra  xodimlari  2000  yildan buyon Paxtaobod va Izboskan,   Ulug‘nor hamda Bo‘z  tumanlariga  otaliq  yordami  ko‘rsatib  kelmoqdalar.

Hozirgi paytda kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent pediatriya instituti, S.N. Fyodorov nomidagi mikroxirurgiya markazi, Sechenov nomidagi Rossiya mikroxirurgiya markazi, Gelmgols nomidagi ilmiy tekshirish instituti va Bishkek tibbiyot akademiyalari bilan.

 

 

Kafedra mudiri dotsent D.A.ERGASHBOEVA

MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI NEONATOLOGIYA KAFEDRASI

Vrachlar malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti neonatologiya kafedrasi 1991 tashkil topgan. Dastlab neonatologiya kursi bo‘lib, so‘ngra 1996 yildan boshlab VMOF neonatologiya kafedrasi bo‘lib nomlana boshlagan.

Birinchi kafedra mudiri lavozimida  tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor M.M.Madaminova 1991-1997 yillari, 1997-2002yillari  tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor  Begmatov B.E, 2002 yildan boshlab 2012yilgacha  dotsent, oliy  toifali shifokor X.A.Xusanova. 2013 yildan hozirgacha kafedrani dotsent D.A.Ergashboeva boshqarib kelmoqda.

MO va QF neonatologiya kafedrasi Andijon shahar 1- shahar bolalar  shifoxonasida joylashgan, bu shifoxona 1996 yildan buyon «Viloyat neonatal markazi» bo‘lib hisoblanadi, kafedra xodimlari konsultativ va davolash ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

M.M.Madaminova neonatologiya kafedrasini tashkil etish bilan birgalikda atrofiga qobiliyatli shogirdlar to‘plab, Andijon neonatologlar maktabiga asos solgan. SHu davr mobaynida kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat ko‘rsatishgan: Sattarova SH.K, Adilova G.R, Nurgalieva  Roza, Djabbarova Farziya, Muxammadjanova Muxabbat. 1993 yili dotsent Begmatov B.E nomzodlik, 1998 yili dotsent Xusanova X.A nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2012 yili  iyun oyida Inakova B.B. nomzodlik, 2012 yili dekabr oyida Ergashboeva D.A nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar.

Xidoyat Asimovna Xusanova 2002-2012 yillari vrachlar malaka oshirish va qayta tayyorlash kafedrasini mudiri, 2012 yildan kafedra dotsenti lavozimida ishlamoqda.

Uning rahbarligida 12 nafardan ortiq klinik ordinatorlar tayyorlangan  200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 ta ratsionalizatorlik takliflari va amaliyotga tatbiq  ishlari, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 

Kafedrada faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga o‘quv jarayoniga va uning rivojlanishiga jiddiy e’tibor berdi. 2002 yildan buyon ADTI ilmiy kengashi kotibi.

Kafedrada 2 nafar dotsent (X.A.Xusanova, D.A.Ergashbaeva), 1 ta katta o‘qituvchi (G.R.Adilova), 2 nafar assistentlar (F.X.Bakirova, G.I.Payzieva) lar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedrada 1 nafar mustaqil ilmiy izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishlarini (G.R.Adilova) olib bormoqda.

Kafedraning hozirgi kundagi xodimlari tarkibi – dotsent X.A.Xusanova, kafedra mudiri dotsent D.A.Ergashboeva, katta o‘qituvchi G.R.Adilova, assistentlar F.X.Bakirova, G.I.Payzievalar.

 

KAFEDRA BUGUNGI KUNDA

MO va QT neonatologiya kafedrasi 1-shahar bolalar shifoxonasida joylashgan. 4 ta o‘quv xona, ko‘plab plakatlar, jadvallar, 2 ta kompyuterli ma’ruza zali, ma’naviyat xonasiga ega. Kafedraning har bir o‘quv xonalari elektron kutubxonaga va dars o‘tishga moslashtirilgan dasturlar bilan boyitilgan, zamonaviy kompyuter va texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

O‘quv xonalardagi har bir kompyuter neonatologiya fani bo‘yicha o‘quv majmuasi, elektron adabiyotlar va videoroliklar bilan  boyitilgan.

Kafedra faoliyati davomida Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan 18 ta o‘quv metodik qo‘llanma, 58 ta ilmiy maqola, 200 tadan ortiq tezislar, 78 ta ratsionazatorlik takliflari yaratgan.

Prezidentimizning «Onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi №1096 sonli buyrug‘i asosida hamda O‘zResSSV 7.09.1994 yildagi № 415 sonli «Klinik davolash profilaktika muassasalari haqidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘iga asoslangan holda kafedra xodimlari vodiy bo‘yicha davolash ishlarini olib boradilar.

Davolash ishlari asosan, bo‘lim javobgarligi, kasallarning kundagi kuratsiyasi, vrachlar o‘rtasida seminar, patologoanatomik konferensiyalar o‘tkazish, ertalabki navbatchi vrach hisoboti, oylik va yillik hisobotlarni o‘tkazish sifatida olib boriladi. Yil davomida kafedra xodimlari shifoxonaning quyidagi bo‘limlarida davolash ishlari olib bordilar: kasallikka moyil chaqaloqlar bo‘limi, chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi va intensiv davolash bo‘limi.

Kafedra mudiri bilan dotsent neonatologiya markazining maslahatchilari, kafedra assistentlari bo‘limlarda kasallarni nazorat qilishadi. SHifoxona davolash – nazorat komissiyasi ishlarida faol qatnashadi, perinatal bo‘limi holatlariga taqrizlar yozib tayyorlaydi.