ADTI QOSHIDAGI TIBBIYOT KOLLEJLARI PEDAGOGLARINI MALAKA OSHIRISH MARKAZI

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI TIBBIYOT KOLLEJLARI PEDAGOGLARINI MALAKA OSHIRISH MARKAZI 

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot kollejlari pedagoglarini malaka oshirish markazi boshlig`i

tibbiyot fanlari doktori dotsent:
Davlatov Baxodir Nabijonovich
tel:+99893-78078-02
e-mail:dbnaprel@mail.ru

NIZOMI

 

Umumiy qoidalar

  • Malaka oshirish markazi Farg`ona vodiysida joylashgan hududiy tibbiyot kollejlari pedagoglarining malaka oshirish uchun tashkil etilgan.
  • Hududiy tibbiyot kollejlari pedagoglarining mutaxassislik fanlari bo`yicha malaka oshirish muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun yaratilgan. Ularning faoliyati mintaqa va tarmoqning kadrlar malakasini oshirishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, idoraviy tasarrufidan qat’i nazar kadrlar malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy va informatsion ta’minlashga yo`naltirilgan.
  • Mustaqil ta’lim muassasasi sifatida tashkil qilingan malaka oshirish markazi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lib, O`zbekiston Respublikasi qonunlari joriy qilgan tartibda ro`yxatga olingan paytdan ta’sis qilingan deb hisoblanadi.

Malaka oshirish markazi bank muassasalarida hisob raqami, joriy qilingan shakldagi muhr, shtamp va o`z nomi ko`rsatilgan maxsus blankga egadir.

  • Davlat markazlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tuziladi, qayta tuziladi va tugatiladi.
  • Malaka oshirish markazi zamonaviy moddiy-texnika baza va yuqori malakali kadrlarga ega bo`lgan universitet va tarmoq uchun tayanch bo`lgan institutlar qoshida vujudga keltiriladi. Markazning tarkibiy qismini kafedra va o`quv- ilmiy laboratoriyalar tashkil qiladi.

Markaz davlat va nodavlat (tijorat yoki jamoat tashkilotlari, xususiy shaxslar tomonidan tuzilgan) bo`lishi mumkin.

  • Malaka oshirish markazi O`zbekiston Respublikasi ta’sischisi eski ta’sischilarining o`zaro munosobatlari O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq; to`zilgan shartnoma asosida belgillanadi.
  • Markaz ta’lim faoliyatini ko`rsatish huquqiga tegishli litsenziya olgandan keyingina ega bo`ladi. Markaz qayta tuzilganda yoki tuzilganda, uning Ustavi, litsenziyasi va davlat akreditatsiyasi haqida guvohnoma o`z kuchini yo`qotadi.
  • Markazning nomi uni tashkil etish yoki qayta to`zish paytida belgilanadi va ta’sischi yoki ta’sischilar tomonidan (agar bu markazning tashkiliy-huquqiy shakli va mutaxasislar malakasini oshirish yo`nalishlari almashtirilmasa) o`zgartirilishi mumkin.

Davlat tomonidan tuzilgan markazning nomi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`zgartiriladi.

  • Markaz o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi “Talim tugrisida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’limini boshqaruvchi tashkilotlarning ko`rsatmalari, O`zbekiston Respublikasi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash haqidagi Nizomi va mazkur ustavga muvofiq olib boradi.
  1. Markaz vazifalari.
    • Markaz o`z faoliyatini vazirlik, idora, korxonalar buyurtmalari asosida tuzilgan yillik va istiqbol rejalari asosida amalga oshiradi.
  • Markazda turli muddatli, saviyali va yo`nalishi qo`shimcha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshirilishi mumkin.

Qo`shimcha kasbiy ta’lim dasturlari malaka oshirish markazi tomonidan buyurtmachi ehtiyojlari va malaka oshirishga qo`yiladigan davlat talablari hisobga olingan holda mustaqil ravishda ishlab chiqariladi, tasdiqlanadi va amalga oshiriladi. Bu dasturlarni ishlab chiqarish va tasdiqlash tartibi markaz Nizomida belgilanadi.

Davlat markazlari uchun qo`shimcha kasbiy ta’lim dasturlarining mavjudligi majburiydir.

  • Markaz o`quv ( shu jumladan,mutaxasislarni yakka tartibda o`qitish bo`yicha ham) rejalarini ustavda belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Markazda o`quv jarayoni kalendar yili davomida tashkil qilinishi mumkin. Pedagoglar yuklamasi markaz ustavida o`quv yili davomiyligi asosida rejalashtiriladi.

  • Ta’lim sifatini yaxshilash, uni mamlakatimiz va jahon pedagogik amaliyoti yutuqlari asosida tashkil etish maqsadida markaz ilmiy-uslubiy ishlar hamda joriy qilingan tartibda nashriy faoliyatini amalga oshiradi, o`quv rejasi va dasturlar, o`quv-uslubiy hujjatlar, ma’ruza matlari va o`quvqo`llanmalarini nashr etadi, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar o`tkazadi.
  • Markaz kasbiy oliy ta’lim muassasalari uchun joriy qilingan tartibda ilmiy faoliyat ko`rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar mavzulari markaz ilmiy kengashi tomonidan tasdiq
  • Markaz tarmoq vazirliklari, korxona va idoralarga malaka oshirish turlari, shakllari, yo`nalishlari va muddatlari ko`rsatilgan prospektlar tarq
  1. Malaka oshirish markazlarining tinglovchilari.
    • Malaka oshirish markaziga tinglovchilar vazirlik va idoralar tasarrufidagi korxona va tashkilotlar yo`llanmasi hamda tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi hamda markaz direktorining buyrugi bilan ro`yxatga olinadi.
    • Tinglovchilar saviyasini aniqlash va guruxlarga taqsimlash maqsadida markaz suhbat asosida tinglovchilar bilimlarining dastlabki nazoratini o`tkazadi.

Malaka oshirish markazida o`qishi davomida tinglovchiga mazkur muassasada o`qish muddatlari ko`rsatilgan ma’lumotnoma beriladi.

  • Tinglovchining huquq; va majburiyatlari O`zbekiston Respublikasi qonunlari, markaz Nizomi va ichki tartib qoidalari asosida belgilanadi.
  • Malaka oshirish markazining tinglovchilari-ta’lim dasturlarini shaklantirishda qatnashish va tegishli o`quv bo`linmalari bilan kelishilgan holda fakultativ va yakka tartibda ta’lim olish uchun fanlarni tanlash;

-markaz ustavida joriy qilingan tartibda markazning fakultet, kafedra va boshqa tuzilmaviy bo`linmalarida mavjud kasbiy faoliyatga oid yo`riqnomalar, meyoriy, o`quv va uslubiy hujjatlardan hamda kutubxona, axborot, jamg`arma va boshqa bo`linmalar xizmatidan foydalanish;

-konferensiya va seminarlarda qatnashish, muassasa nashrlarida chop etish uchun referatlar, attestatsiya ishlari va boshqa materiallarni taqdim etish;

O`zbekiston Respublikasi qonunlari joriy qilgan tartibda ma’muriyat buyruqlari va qarorlari ustidan arz qilish huquqiga egadirlar.

Tinglovchilar O`zbekiston Respublikasi qonunlari va markaz ustavi joriy qilgan boshqa huquqlariga ham egadirlar.

  • Tinglovchilarning bilim darajasi bilimlarning joriy nazorati kurs va attestatsion ishlar, referatlarni himoya qilish, imtihon topshirish, markaz direktori tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiyalar tomonidan o`tkazilgan suhbatlar asosida aniqlanadi.
  • Davlat akreditatsiyadan o`tgan malaka oshirish markazi ta’lim kursini muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilarga o`qish muddatiga muvofiq davlat nusxasidagi hujjatlarni topshiradi.

Malaka oshirish hakidagi ma’lumotlar tinglovchilarning asosiy ish joyidagi kadrlar xizmatiga yuboriladi.

  • Malaka oshirish markazi tinglovchilari o`quv rejasi va dasturlari nazarda tutilgan nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni chuqur o`zlashtirish, o`quv mashgulotlariga qatnashish, markaz, korxona va turar joyidagi ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari shart.

Ichki tartib qoidalarini buzgan tinglovchilarga nisbatan xatto tinglovchilar safidan chiqarishgacha bo`lgan intizomiy jazo choralari quriladi va bu haqda tinglovchining asosiy ish joyiga xabar qilinadi.

  1. Malaka oshirish markazining pedagog kadrlari va xodimlari.
    • Malaka oshirish markazida uning rahbariyatidan tashqari ilmiy pedagogik (professor-pedagoglar,ilmiy xodimlar), injener-texnik, ma’muriy xo`jalik, ishlab chiqarish, o`quv-yordamchi lavozimlari ko`zda tutiladi.
    • Pedagoglar tarkibi konkurs asosida shakllantiriladi va oliy o`quv yurtlari pedagoglari uchun amalda belgilangan limitlardan foydalanadilar.
    • Malaka oshirish markazida iqtisodiyot tarmoqlari sohalari va boshqa oliy yurtlaridagi olimlar, tajribali rahbarlar xodimlar va etakchi mutaxassislarni amaldagi tartibda o`rindoshlik bilan yoki ish haqi soatbay to`lanadigan shakllarda pedagogik faoliyat uchun jalb qilishi mumkin.
    • Malaka oshirish pedagoglari va xodimlar huquqlari, ularning ijtimoiy himoyalanishi, moddiy va ma’naviy taqdirlash shakllari O`zbekiston Respublikasi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash haqidagi ustavga muvofiq belgillanadi.
  1. Malaka oshirish markazini boshqarish
    • Malaka oshirish markazini boshqarish O`zbekiston Respublikasi qonunlari va mazkur ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Malaka oshirish markazining ustavi, uning xodimlari umumiy majlisi yoki konferensiyasida qa’bul qilinadi va ta’sischi yoki ta’sischilar tomonidan tasdiq

Ustavga o`zgartirishlar kiritish ilmiy kengashi qarori bilan amalga oshiriladi va ta’sis (ta’sischilar) tomonidan tasdiqlanadi.

  • Markazning umumiy boshqaruvini muassasa rahbari boshchiligidagi ilmiy kengash amalga oshiradi.

Ilmiy kengashni shakllantirish, uning vakolatini va faoliyatini tartibga solish kasbiy oliy ta’lim muassasi haqidagi ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • Markaz faoliyatini bevosita boshqarish uning direktori tomonidan oshiriladi .

Markaz rahbariyati tarkibiga direktor va metodist kiradi.

Bo`sh (vakant) rahbarlik lavozimi egallash tartibi va faoliyat ko`rsatish “Oliy ta’lim haqida” gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Malaka oshirish markazi faoliyatini nazorat qilish.
  • Malaka oshirish markazi faoliyatini nazorat qilish “Ta’lim to`g`risida” gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Malaka oshirish markazi O`zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy huquqiy hujjatlari talablari, nizom va litsenziya shartlarini bajarishi hamda uni ta’limiy va moliyaviy-xujalik faoliyatini ustidan bevosita nazorat qilishni o`z vakolati chegarasida ta’sischi (ta’sischilar) amalga oshiradi.

Malaka oshirish markazi tomonidan davlat talablarining bajarilishini xamda kadrlar malakasini oshirish sifatining nazorati mazkur tizimni boshqarish buyicha vakolatli davlat tashkiloti—Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida tuzilgan muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

  • Ta’lim natijalari bo`yicha tinglovchilarga davlat nusxasidagi hujjat beradigan markaz joriy qilingan tartibda davlat akreditatsiyasidan o`tishi kerak.
  1. Malaka oshirish markazining mulki.
    • Mustaqil ta’lim muassasi sifatida tashkil qilingan tarmoqqa oid mintaqaviy malaka oshirish markazlari fakultet, kafedra, laboratoriya, hisob markazlari, tajriba maydonlari va xo`jaliklari, o`quv teatrlari, boshqa tuzilmaviy bo`linmalar va filiallarga ega bo`lishi mumkin.

Kadrlar malakasini oshirish markazi malaka oshirish muassasalari ishlarini muvofiqlashtirish, kadrlar malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar va boshqa vazifalarini bajarish bo`yicha o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining turli korxonalari, muassasa va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga hamda ta’lim muassasiga yuqori boshqaruv tashkiloti tomonidan yetkaziladigan davlat buyurtmasiga amal qiladi.

  • Davlat markazi faoliyatini ta’minlash maqsadida unga boshqaruv tashkiloti tomonidan mulk obyektlari (yer, binolar, inshootlar, mulk jamlamalari, transport vositalari, jihozlar) hamda Ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun ajratilganlari biriktiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish markazi unga biriktirilgan mulkni O`zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan belgilangan faoliyat maqsadiga mos holda tezkor boshqarish huquqiga ega bo`ladi va o`ziga biriktirilgan mol-mulklarni saqlash va ulardan samarali foydalanish majburiyatini oladi.

  • Kadrlar malakasini oshirish markazi o`ziga biriktirilgan mulklarini amaldagi qonunlarga ko`ra ijaraga berish quuqiga egadir.
  1. Moliyaviy ta’minot, uni xisobga olish va hisobot.
    • Kadrlar malakasini oshirish markazi uchun moliyaviy xo`jalik yuritishning quyidagi shakllari belgilanadi.

—byudjetdan moliyalash.

–o`z-o`zini moliyalash.

—byudjetdan va o`z-o`zini moliyalashning aralash turi.

Moliyaviy va xo`jalik faoliyati olib borish shakli kadrlar malakasini oshirish markazi tashkil etilishda ko`rsatiladi va ustavda o`z aksini topadi.

  • har xil davlat boshqaruv tashkilotlari, korxonalar va mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, shu jumladan, chet el firmalari bilan tuzilgan shartnomalar kadrlar malakasini oshirish markazi moliyaviy-xo`jalik faoliyati yuritishning asosi bo`lib xizmat qiladi.
  • Kadrlar malakasini oshirish markazlari mulkini shakllantirish va moliyalash manbalariga quyidagilar kiradi
  • davlat byudjeti

mutaxassislarni maqsadli tayyorlashga sarflangan xarajatlarni qisman qoplash uchun ta’lim muassasalarining vazirliklar va muassasalardan olinadigan mablag`lari

  • turli xo`jalik faoliyatini amalga oshirishdan tushadigan mablag`lar bank kreditlari va ularning kreditorlaridan olinadigan mablaglar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilayotgan ixtiyoriy xayriya maqsadli badallar, shu jumladan, xorijiy va boshqa manbalar .
  • Kadrlar malakasini oshirish markaziga ishbilarmonlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqi ( agar u ustavda keltirilgan asosiy faoliyatga zarar yetkizmaydigan bo`lsa) beriladi.

Kadrlar malakasini oshirish markazi mehnatga haq; to`lash shakli va tizimini, qo`shimcha va ustama haq to`lovlari mukofotlar va rag`batlantirish xarakteridagi haq to`lashning boshqa turlarini mexnatga haq to`lash uchun o`zida mavjud bo`lgan mablag`lar doirasida mustaqil belgilaydi.

Kadrlar malakasini oshirish markazi rasmiy tartibda o`z faoliyat natijalari bo`yicha joriy va buxgalter hisobini hamda statistik va buxgalter hisobotini olib boradi.

Mansabdor shaxslar davlat xisoboti buzilganligi uchun O`zbekiston Respublikasi qonunlari joriy qilgan intizomiy,ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Kadrlar malakasini oshirish markazida byudjet va moliya intizomiga rioya qilish nazorati rasmiy tartibda amalga oshiriladi.

          Xalqaro hamkorlik

  • Kadrlar malakasini oshirish markazi o`z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida pedagogik kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlar o`tkazish bo`yicha xalqaro alqaqalarda qatnashadi hamda O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofik tashqi iqtisodiy faoliyati amalga oshiradi.
  • Xorijiy fuqarolarning malakasini oshirish hukumatlararo keli- shuvlarga asosan xalqaro va jamoat tashkilotlarining yo`llanmasi bo`yicha hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda chet el o`quv yurtlari, tashkilotlar va korxonalari bilan o`rnini qoplashga yoki bu tashkilotlarning o`quv yurti hisobiga o`tkazilganmablaglariga asoslanib tuzilgan shartnomalar va bitimlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to`g`risidagi” qonuniga mos holda amalga oshiriladi.

 

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI QOSHIDAGI TIBBIYOT KOLLEJLARI PEDAGOGLARINI MALAKA OSHIRISH MARKAZIDA QUYIDAGI 10 TA YO`NALISH BO`YICHA MALAKA OSHIRILADI

  1. Hamshiralik ishi
  2. Terapiya
  3. Stomatologiya
  4. Tibbiy profilaktika ishi
  5. Mikrobiologiya
  6. Lotin tili
  7. Jarrohlik
  8. Akusherlik ishi
  9. Pediatriya
  10. Anatomiya