Axborot resurs markazi

Andijon Davlat tibbiyot instituti Axborot-Resurs Markazi  

kecha va bugun

Axmedova Muxtaramxon Sanjarovna 
Axborot resurs markazi boshlig’i

 

Elektron manzil: agmi-361@rambler.ru

Telefon:                 (0374)-237- 01-62

 

Andijon davlat tibbiyot instituti  kutubxonasi 1955 yil  institut negizida tashkil qilingan. Dastlab kutubxona eski, kutubxona uchun moslashmagan 4 ta kichik xonadan iborat edi.  Kitob fondi  esa Rossiya  tibbiyot institutlaridan yordam sifatida jo‘natilgan 10-15 mingdan iborat adabiyotlar tashkil qilar edi.

Kutubxonaga 1955-1965 yillarda  A.K. Kaunbaev, 1965-1969 yillarda L.N.Illek, 1969-1981 yillarda N.I.Eletskaya, 1981-1987 yillarda L.R.Maynakskaya rahbarlik qildilar, 1988 yildan buyon esa M.Ahmedova  mudirlik qilib kelmoqda.

ARMda 22 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi.

  1. Kitob fondi: jami – 279411
Shundan:
Ilmiy adabiyotlar – 62508  nusxa 24276 nomda
O‘quv darsliklar – 91244  nusxa   448 nomda
O‘quv qo‘llanmalar – 48949  nusxa   547 nomda
Xorijiy adabiyotlar- 797 nusxa  114 nomda
Badiiy adabiyotlar – 31956  nusxa  5567 nomda
Boshqa adabiyotlar – 43957 nusxa  11777 nomda
Elektron shakldagi adabiyotlar – 249349 nomda

  1. Kitobxon – 8541 ta
  1. Kitob qatnovi – ( 1oyda)  220   (9 oyda) 235.985
  1. Kitob berilishi – ( 1oyda) 385 (9 oyda)  507.468

ADTI kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli  Qaroriga muvofiq Axborot-Resurs Markaziga aylantirildi.

Axborot-resurs Markazi   5  ta bo‘limdan iborat:

  1. Ilmiy uslubiy axborot ma’lumotlar va davriy nashrlar bo‘limi
  2. Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
  3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonementlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda)
  4. Elektron axborot resurslar bo‘limi
  5. Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi

ARM filiallari: Marxamat tumanida – 2 ta, Shaxrixon tumanida – 3 ta.

ADTI veb-saytiga ARMning “Elektron kutubxona” bo‘limi kiritilgan.

Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi  “2011-2015 yillarda  axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida  “Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari  xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PK-1487-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011 yil 24 fevraldagi   “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari  asosida  axborot-kutubxona va axborot-resurs markazi xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi 56-sonli buyrug‘i asosida ish tashkil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron xukumat” to‘g‘risidagi Qonuniga  asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2016 yil 11 yanvardagi ”Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 13-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-resurs Markazida axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yildi.  Shu asosda institut kafedralari va ARM o‘rtasida masofaviy elektron axborot almashinuvi ish boshladi.

Axborot – Resurs Markazi yangiliklari:

 Professor-o‘qituvchilar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalar uchun ARMda  THOMSON REUTERS WEB OF SCIENCE.COM va EBSCO sayti mavjud.

Joriy yilda  259 yo‘nalish bo‘yicha 13 gb va 1,25 gb yangi axborot resurslar olindi va elektron o‘quv zali bazasiga joylashtirildi.