Axborot texnologiyalari markazi

Qaxxarov  Erkinjon Yusufaliyevich  –   ATM boshlig`i

Elektron manzil:     intranaut.uz@mail.ru

Telefon nomer:        +998 97 332 34 01

Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot texnologiyalari markazi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:

  1. Axborot tizimlarini joriy etish bo`limi
  2. Axborot xavfsizligini ta`minlash bo`limi
  3. Texnik qo`llab-quvvatlash bo`limi
  4. Tarmoqlarni boshqarish bo`limi

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

O’quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;

O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;

Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;

Ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;

Jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.

Axborot texnologiyalari markazi tomonidan institutdagi zamonaviy kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, ulardagi dasturiy vositalar bilan samarali ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Institutda  o‘rnatilgan 4 dona asosiy serverlar insitutning boshqaruv apparati, ma’lumotlar bazasi, ichki hujjatlar nazorati va masofaviy o‘qitish tizimlarini o‘z ichiga jamlaydi. Server qurilmalari yangi texnologiyalar va dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan bo‘lib, institut bosh o‘quv binosida 107 ta kompyuterlarni internet, korporativ tarmoqlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lishini ta’minlab beradi. Serverlar tashqi xurujlardan ximoyalangan va bo‘lim xodimlari tomonidan xar kuni tekshirib profilaktika ishlari olib boriladi.

ATM  ishchi xodimlari tomonidan institutda 15 ta Wi-Fi xududlari tashkil qilingan bo‘lib xududlarda internet va lokal tarmoqlardan simsiz foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Internet tarmog‘idan foylanishga qo‘yilgan talablar malakali xodimlar tomonidan tuzib chiqilgan qoidalar asosida foydalanishga yetkazib beriladi.

Institut rasmiy veb-sayti yangidan yaratildi. Sayt orqali kunlik yangiliklar bilan boyitilib borilmoqda. Intstitut sayti orqali barcha interaktiv xizmalar ko‘rsatiladi, bundan tashqari veb saytda elektron kutubxona tashkil qilingan bo‘lib foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Rasmiy veb sayt orqali institutning xozirgi kundagi xayoti, erishgan yutuqlari va o‘zgarishlarini kuzatib borish mumkin.

Bo‘lim tarkibida talabalar bilimini test usulida baholab, monitoringini yuritish maqsadida avtomatlashtirilgan test tizimiga ega kompyuter zali hosil qilingan. Test dasturini zamon talablariga muvofiqlashtirish maqasdida, 2016 yil avgust oyida davlat patent idorasidan DUG 01718 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Universal test” dasturi test markazi serveriga o‘rnatilgan.

Hozirda kompyuter zalida 60 o‘rinli test topshiruvchi kompyuter va texnik qurilmalar hamda ularni bosh markazlashgan holda “Test serveri”dan boshqarilib boriladi. Institutning uchta fakulteti:

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi
  • Stamotologiya
  • Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti talabalari bilimini tizim orqali baholab borish bo‘limning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Bundan tashqari bo‘lim xodimlari tomonidan institutning professor-o‘qituvchilarini “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha  ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishda ko‘maklashib kelmoqdalar.

ATM xodimlari

Raxmanov Baxromjon       –   Axborot xavfsizligini                                                                 ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

Elektron manzil                             –     Plus_max@umail.uz

Telefon nomer                               –   +998 97 2507004

    Abduraxmonov Sardor  –   muxandis elektronchi

Elektron manzil                      –     sardorbek-                                                                                                 1982@mail.ru

Telefon nomer                         –   +998 934440011

       Ushakov Gena                  –     tarmoq administratori

Elektron manzil                       –    asmi-and@mail.ru

Telefon nomer                          –     +998905277247

  Abdulxodimov Fayzullo    –   tarmoq administratori

Elektron manzil                          –   adti_atm@mail.ru

Telefon nomer                               –   +998 914866161

    Zokirov Zafarjon   –        tizim administratori

Elektron manzil       –       zafarbek.zokirov.1992@mail.ru

Telefon nomer               –     +998902747420

      Axmadjonov Azamatjon – kompyuter zali mudiri

Elektron manzil          –      azamatjon_2012@mail.ru

Telefon nomer              –     +998934834246

 

    Ergashev Ilxomjon          –       muxandis dasturchi

Elektron manzil                     –        ilxomjon95@inbox.uz

Telefon nomer                        –       +998911191211

 

      Jakbarov  Javlonbek   –    muxandis dasturchi

Elektron manzil                     –      javlon__077@mail.ru

Telefon nomer                        –     +998934157999

 

    Ismoilova Muborak   –     tarmok administratori

    Elektron manzil               –  muborak.ismoilova@list.ru

    Telefon nomer                     –     +998916132770