Ilmiy bo’lim

ILMIY ISHLAR BO‘YICHA PROREKTOR,  

TIBBIYOT FANLARI DOKTORI, PROFESSOR G‘.M.XODJIMATOV

1955-1960 yillarda institut endigina tashkil topgan bo‘lib, ilmiy-pedagogik kadrlar masalasida anchagina etishmovchilik  bor edi. Institutning bu sohadagi extiyojini qondirish uchun Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlaridan yosh, iqtidorli pedagog-olimlar O‘zbekiston SSV yo‘llanmasi bilan institutga ishlash uchun yuborilgan. Professor va dotsentlar K.A.Zufarov, N.P.Sokolov, E.Kolos, I.G.Mardershteyn, A.YA.YAsnogorodskiy, I.K.Karaev, YO.X.Turakulov, N.K.Axmedov, P.J.Tulyaganov, V.A.Babaeva, T.M.Koriev, G.F.Korotko, X.K.Saloxitdinov, B.N.Soybel, N.I.Pasternak va boshqalar institutning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi  yo‘lida fidokorona mehnat qildilar. Ularning rahbarliklari ostida ko‘plab iqtidorli  fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi.

Sekin-asta institutning ilmiy va pedagogik salohiyati oshib bordi. Bunday natijaga erishishda institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasini bajargan olimlarning hissasi kattadir.

Institutda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar:

1957 yil 6 yanvarda  O‘zbekiston Respublikasi SSV ning  buyrug‘i bilan N.P.Sokolov birinchi  ilmiy ishlar prorektori etib tayinlandi.

N.P.Sokolov. Professor N.P.Sokolovning 1957-1969 yillar davridagi faoliyatida 8ta doktorlik, 52 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 1 ta patent olindi. SHu davr ichida 5 ta ilmiy-amaliy anjumanar  o‘tkazildi.

G.F.Korotko. 1969-1974 yillar davrida professor G.F.Korotko ilmiy ishlar prorektori lovozimida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda 15 ta doktorlik, 87 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida 78 ta ilmiy maqola, 729 ta ilmiy tezis nashr etildi. Institutning professor o‘qituvchilari tomonidan 16 ta ratsionaliza-torlik takliflari, 181 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. Ushbu davrda 5 ta ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

N.N.CHukanin. 1975 yilga kelib ilmiy ishlar prorektori etib 1975-1983 yillarda professor N.N.CHukanin tayinlandi va o‘z faoliyatini 1983 yilgacha olib bordi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 14 ta doktorlik, 98 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Ilmiy jurnallarda 257 ta ilmiy maqola chop etildi, 1881 ta ilmiy tezislar konferensiya to‘plamlarida chop etilib 46ta patent olindi, 210 ta ratsionalizatorlik takliflari tayyorlandi, 515ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. SHu davr ichida 11 ta ilmiy-amaliy konferensiya  o‘tkazildi

YA.YU.Illek. 1983-1984 yillarda professor YA.YU.Illek ilmiy ishlar prorektori bo‘lib ishladi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 ta doktorlik, 26 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 40 ta ilmiy maqolalar, 301 ta ilmiy tezislar konferensiya to‘plamlarida e’lon qilindi va 4 ta patent olindi, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari tayyorlandi, 190 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. SHu davr ichida 3 ta ilmiy-amaliy konferensiya  o‘tkazildi.

V.G.Suxoterin. 1984-1991 yillar davomida professor V.G.Suxoterin ilmiy ishlar prorektori lavozimda faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 28 ta doktorlik, 69 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 298 ta ilmiy maqola jurnallarda nashrdan chiqdi, 2409 ta ilmiy tezislar konferensiya to‘plamlarida chop etildi va  24 ta patent olindi. 492 ta ratsionalizatorlik takliflari tayyorlanib, 963 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 8 ta monografiya va 1 ta darslik  nashr etildi.. SHu davr ichida 10 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilib, institutning 11 nafar professor-o‘qituvchilari xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar

Q.D.Jalolov. 1991-1996 yillarda professor K.D.Jalolov ilmiy ishlar prorektori lavozimida ishladi. Ilmiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha olib borgan faoliyati natijasida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 29 ta doktorlik, 40 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Turli ilmiy jurnallarda  272 ta ilmiy maqola chop etildi va konferensiya materiallarida 1640 ta ilmiy tezislar e’lon qilindi, 20 ta patent olinishi bilan birgalikda 278 ta ratsionalizatorlik takliflari,  353 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 13 ta monografiya, 5 ta darslik  nashr etildi

Z.S.Saloxiddinov. Uzoq yillar davomida, ya’ni 1996-2007 yillarda professor Z.S.Saloxiddinov ilmiy ishlar prorektori lavozimida ishladi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 28 ta doktorlik va 113 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi va ilmiy maqolalar ko‘lami ortib, 1692 ta ilmiy maqolalar turli xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida chop etildi. Konferensiya to‘rlamlarida 6507 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. Ixtirochilik sohasida 59 ta patent olindi va 868 ta ratsionalizatorlik takliflari, 1117ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. 29 ta monografiya va 26 ta darslik nashr etildi. Bu davr ichida 61 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 51 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

2007 yildan – hozirgi kunga qadar ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida professor G‘.M.Xodjimatov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Professor G‘.M.Xodjimatov davrida institutda innovatsion, amaliy va fundamental grant ishlarini takomillashtirishga erishildi. Ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularni yoshartirish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, yosh olimlarni fanga etaklash, ularga shart-sharoitlar yaratish borasida namunali ishlar bajarildi. Professor-o‘qituvchilari tomonidan 22 ta doktorlik, 84 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 1989 ta ilmiy maqolalar, 12519 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 39 ta patent olindi, 2308 ta ratsionalizatorlik takliflari, 3138 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 46 ta monografiya, 46 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 81 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi, 241 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlardagi konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

Uzbekova Nelli Rafikovnaga doktorlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Institutda faoliyat ko‘rsatgan ilmiy bo‘lim boshliqlari:

1970 yilning 1 avgustidan O‘zbekiston Respublikasi SSV  buyrug‘i bilan institutda ilmiy bo‘limi tashkil qilindi. Keyinchalik mazkur bo‘lim ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi deb nomlana boshladi.

M.E.Islyamova. Institutda birinchilar qatorida ilmiy bo‘limni boshqargan olima dotsent M.E,Islyamovadir. Uning 1972-1975 yillardagi faoliyati davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 13 ta doktorlik, 78 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 82 ta ilmiy maqolalar, 714 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 32 ta ratsionalizatorlik takliflari, 165 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi. SHu davr ichida 4 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.

L.I.Ushakova.  1975-1997 yillarda dotsent L.I.Ushakova ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Uning davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 69 ta doktorlik, 201 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 880 ta ilmiy maqolalar, 5977 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 103 ta patent olindi, 1034 ta ratsionalizatorlik takliflari, 1881 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 27 ta monografiya, 7 ta darslik nashr qilindi. SHu davr ichida 40 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 38 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

S.J.Bekbulatova. 1998-1999 yillarda dotsent S.J.Bekbulatova ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishladi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta doktorlik, 22 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 179 ta ilmiy maqolalar, 480 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 11 ta patent olindi, 89 ta ratsionalizatorlik takliflari, 105 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 6 ta monografiya, 2 ta darslik nashr qilindi. SHu davr ichida 3 ta ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi, 5 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

E.S.Dadaxo‘jaev. 1999-2000 yillarda dotsent E.S.Dadaxo‘jaev ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta doktorlik, 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 38 ta ilmiy maqola, 399 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 3 ta patent olindi, 40 ta ratsionalizatorlik takliflari, 152 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 1 ta monografiya, 1 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 4ta ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi, 5 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

R.M.YUnusov. 2000-2005 yillarda dotsent R.M.YUnusov ilmiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishladi Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 ta doktorlik, 53 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 943 ta ilmiy maqolalar, 3482 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 23 ta patent olindi, 428 ta ratsionalizatorlik takliflari, 495 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 12 ta monografiya, 11 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 36 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 30 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

A.I.Xotamov. 2005-2008 yillarda t.f.d., dotsent A.I.Xatamov ilmiy bo‘lim boshlig‘i  bo‘lib ishladi. A.I.Xatamov faoliyati davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 11 ta doktorlik, 44 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 703 ta ilmiy maqolalar, 2855 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 9 ta patent olindi, 371 ta ratsionalizatorlik takliflari, 513 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 7 ta monografiya, 12 ta darslik nashr qilindi. SHu davr ichida 26 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 30 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

U.T.Abduqodirov. 2008-2010 yillarda dotsent U.T.Abduqodirov ilmiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta doktorlik, 20 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari, 558 ta ilmiy maqola, 2099 ta ilmiy tezislar nashr qilindi. 5 ta patent olindi, 310 ta ratsionalizatorlik takliflari, 371 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 22 ta monografiya, 13 ta darslik  nashr qilindi. SHu davr ichida 10 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi, 26 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

SH.A.G‘ulomov. 2010 yildan – hozirgi kunga qadar dotsent SH.A.G‘ulomov ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi  boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu davrda institutda yosh olimlar va iqtidorli talabalarni fanga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan ishlar bajarildi. Institutda “YOsh olimlar kengashi” tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendyasi, Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi va jamoat tashkilotlari tomonidan ta’sis etilgan stipendiyalarga da’vogarlarni tanlab olish va tayyorlash bo‘yicha  o‘ziga xos maktab yaratildi. SHu davr ichida 59 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi, 91 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan konferensiya, s’ezd va simpoziumlarda ishtirok etdilar.

Bugungi kunda professor-o‘qituvchilar,  yosh olimlar va iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlarini institut qoshidagi Makaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va uning vivariysida olib boradilar. Har bir klinik kafedra, innovatsion koorporativ hamkorlik doirasida ilmiy izlanishlar olib borib, bazaviy tibbiy bo‘limlar ilmiy muammolarini hal qilish bilan birgalikda, hamkorlikda, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashda faoliyat ko‘rsatadilar.

Institut qoshidagi Limfologiya, Vertebrologiya va Girudologiya ilmiy markazlari hamda yangi tashkil etilgan o‘quv-ilmiy kompleks markazi faoliyatlari doirasida o‘quv, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi kuchaytirilmoqda.

Institutning o‘tgan davrlardagi ilmiy faoliyati jadvallarda keltirilgan.

1955-2014 yillarda himoya qilingan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalar soni

Yillar T.f.d. T.f.n.
1955-1964 5 21
1965-1974 18 118
1975-1984 19 120
1985-1994 49 88
1995-2004 23 92
2005-2012 16 84

1955-2014 yillarda klinik ordinatura, aspirantura va doktoranturalarda tahsil olganlar

Yillar Kl.ordinatorlar Aspirantlar Doktorantlar
1955-1964 0 9 0
1965-1974 19 84 0
1975-1984 208 38 0
1985-1994 242 66 3
1995-2004 709 124 19
2005-2014 1385 96 35

1955-2014 yillarda institutda o‘tkazilgan anjumanlar

Yillar Anjumanlar
1955-1964 0
1965-1974 4
1975-1984 14
1985-1994 21
1995-2004 39
2005-2014 101

1955-2014 yillarda xorijga xizmat safariga borgan xodimlar xaqida ma’lumot

Yillar Xorijga xizmat safari
1955-1964 0
1965-1974 0
1975-1984 0
1985-1994 22
1995-2004 53
2005-2014 112

1955-2014 yillardagi olingan patentlar

Yillar Olingan patentlar
1955-1964 0
1965-1974 0
1975-1984 49
1985-1994 29
1995-2004 58
2005-2014 62

1955-2014 yillarda nashr etilgan darsliklar

Yillar Nashr etilgan darsliklar
1955-1964 1
1965-1974 3
1975-1984 5
1985-1994 3
1995-2004 15
2005-2014 39

1955-2014 yillarda chop etilgan monografiyalar

Yillar CHop etilgan monografiyalar
1955-1964 1
1965-1974 4
1975-1984 8
1985-1994 14
1995-2004 30
2005-2014 51