Magistratura bo’limi

Magistratura bo‘limi boshlig‘i, dotsent

MAMADIEV XURSHIDBEK MARIBJONOVICH

telefon raqam +998981502070

Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura bo‘limi o‘sha davrda rektor vazifasida ishlagan professor M.A.Xo‘jamberdiev tashabbusi bilan 2001 yilda tashkil etilib, 5 ta mutaxassislik– akusherlik va ginekologiya, terapiya, kardiologiya, pediatriya, umumiy jarrohlik bo‘yicha mutaxassislik kafedralarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan va bu mutaxassisliklarda 16 nafar talaba tahsil olgan. Ushbu kafedralarda o‘quv jarayonini etarli darajada tashkil etishda professorlar M.A.Xo‘jamberdiev, T.K.Muhitdinova, D.B.Asranqulova, Z.S.Saloxiddinov, Q.D.Djalolov, F.N.Nishonov, A.YA.O‘rinov, X.T.Musashayxov, G‘.M.Xodjimatov, I.I.Alimdjanov, A.SH.Arziqulov, O.S.Toshboevlar shogirdlari bilan sidqidildan mehnat qilishgan.

Birinchi bo‘lib professor Q.T.Xudoyberdiev magistratura bo‘limi boshlig‘i etib tayinlagan va uning faol mehnati tufayli mutaxassisliklar soni yildan yilga ortib borgan. 2005 yilga kelib mutaxassisliklar soni 13taga etdi,  psixiatriya, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar jarrohligi, umumiy onkologiya, neyrojarrohlik, gematologiya va transfuziologiya, dermatovenerologiya, otorinolaringologiya mutaxassisliklari yangi yo‘nalishlar qatoridan joy oldi. Bu davrda ushbu kafedrada marhum ustozlardan professor K.M.Mirzaev, M.T.Tolipov va hozirda ham o‘z tajribasini ayamay mehnat qilib kelayotgan professor M.L.Agranovskiy, A.A.G‘ofurov, Q.T.Xudoybrerdiev, Q.K.Soliev, SH.A.Xamidov, A.B.Paqirdinov, S.S.Ibragimov, A.I.Alimov, Q.Q.Qosimov, dotsent M.YUlchibaev, YO.Q.Qosimov, Y.To‘xtasinov, A.K.Qurbonov, N.A.Akbarov, B.S.Raximov, B.Mirzakirimov, M.K.Sultanqulova, D.Z.Mamarasulova, N.YU.Mirzayuldashev, N.E.YUldasheva, F.SH.Xamidov, K.P.Norboev, O.S.YUldasheva, X.N.Nigmatshaeva, S.E.Djumaboeva, M.A.Jo‘raeva, D.Q.Soliev, N.R.Uzbekova, M.I.Tojiboeva, G.Qodirova, I.Toshtemirova, M.E.Abdulaeva, M.SH.G‘anieva, A.A.G‘aniev, N.E.Bozorov, A.K.Botirov, D.Ten, t.f.d. A.L.Qosimov, X.X.Xamdamovlar faoliyat olib bordilar.

2005-2010 yillarda tibbiyot fanlari doktori U.M.Qoraboev, professor A.SH.Arziqulov, professor A.I.Xatamov, t.f.d. SH.X.Xamroqulovlar bo‘lim mudiri vazifasida ishlagan va barcha mutaxassisliklarda ta’lim olgan talabalar tarbiyasida, o‘quv jarayoni sifatini oshirishda, magistrlik dissertatsiyalar sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatganlar.

2010 yilga kelib institutimiz rektori, professor A.Q.SHadmanov tashabbusi bilan mutaxassisliklar soni 21 taga etdi, ularga nevrologiya, urologiya, morfologiya, normal va patologik fiziologiya, oftalmologiya, bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi, bolalar nevrologiyasi, narkologiya mutaxassisliklari yangi qo‘shildi. Hozirgi kunda institutda jami 25 mutaxassislikda o‘quv jarayoni tashkil qilingan,  yuqumli kasalliklar, ftiziatriya, neonatologiya, sud tibbiyoti ekspertizasi, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, travmatologiya va ortopediya, sog‘liqni saqlashni boshqarish, tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari mutaxassisliklari kafedralarida professor A.I.Xatamov, A.F.Ikramov, dotsentlar SH.U.Usmanov, D.T.Abduqodirova, Z.N.Amanova, U.T.Abduqodirov, U.M.Rustamov, X.M.Aliev, G.J.Ulug‘bekova, SH.X.Xamroqulov, G.N.Mamatxo‘jaeva, A.Qosimov, R.Xakimova, B.B.Inaqova, SH.X.Xakimov, A.R.Mamataliev, J.T.To‘xtaev, S.M.Babich, M.X.Solieva, SH.U.Rashidova, SH.O.Toshboev, M.B.Usmanovalar  kabi yuqori malakali, tajribali, kamtarin ustozlarimiz ishlab kelmoqdalar, jami bo‘lib talabalarga 21 nafar  professor va fan doktorlari, 50 nafar dotsent va fan nomzodlari ta’lim bermoqdalar.

O‘tgan davr mobaynida magistratura mutaxassisliklarining ta’lim sifatini oshirish borasida keng ko‘lamda ijobiy ishlar olib borildi. Bu ishlarning isboti sifatida shuni ta’kidlash joizki, «Bolalar jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha sobiq  talaba SHerzod Alimov 2005 yilda, “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Nodira Mamajonova 2006 yilda, “Jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Muzaffar Nosirov 2007 yilda,  “Nevrologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zikrillo O‘lmasov 2013 yilda, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha YAhyo Ziyaev 2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi” sovrindori bo‘ldilar va institutimizning shonli tarixiga o‘z hissasini qo‘shdilar.

Hozirgi kunda 700 dan ortiq bitiruvchilardan 5 nafari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 95 nafari kafedralarda assistent lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. So‘nggi yillarda institutimiz kafedralari mutaxassislari ilmiy aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tardilar, natijada respublika va xorijiy  davlatlar nufuzli ilmiy dargohlari bilan tajriba almashish keng yo‘lga qo‘yildi. SHu sababli talabalarimiz ham ushbu dargohlarga borib, yangi innovatsion o‘quv va davolash texnologiyalarini o‘rganib keldilar hamda amaliyotga tatbiq qilmoqda. Bunga misol qilib, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Zulxumor Xoldarova N.N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi, “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Erkin Haydarov Kirov davlat tibbiyot akademiyasi, Abbos Mamadaliev Donetsk milliy tibbiyot universiteti, “Umumiy onkologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Saidalixon Hakimov Qozon tibbiyot universiteti, “Otorinolaringologiya” mutaxassisligi bo‘yicha Hayot Qosimov Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Otorinolaringologiya kafedrasida, Qudrat Tursunov “Travmatologiya va ortopediya” mutaxassisligi bo‘yicha, Akram Hakimov Toshkent travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish markazida,  “Neyrojarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha Mavluda Turg‘unova Respublika neyroxirurgiya ilmiy tekshirish markazida, “Tashhisning instrumental va funksional tekshiruv usullari” mutaxassisligi bo‘yicha Go‘zaloy  Soipova  Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining funksional diagnostika kafedrasida, “Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha Umida G‘anieva YAponiya davlatining Nagoya tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarni keltirish mumkin.