O‘quv-uslubiy bo’limi

O‘quv-uslubiy bo’limi

O`quv-uslubiy bo’lim boshlig’i   B.B.Inakova 

Tel: +998 91 477-70-33

Pochta: adti07@umail.uz

 

BO`LIMNING VAZIFALARI VA MAJBURIYATLARI

 

  • O`quv jarayoniga oid me`yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta`minlash va o`quv jarayoniga to`laqonli tatbiq etish;
  • O`quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o`quv ishlarini uslubiy jihatdan ta`minlash va takomillashtirish;
  • Institutda o`quv rejava dasturlar asosida o`quv ishlarni amalga oshirish;
  • O`quv yillari uchun o`quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;
  • O`quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilish bo`yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o`quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, ilg`or usullarini tatbiq etish;
  • Institut hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va ma`ruza zallaridan to`g`ri foydalanishni ta`minlash va nazorat qilish;
  • Talabalarning o`zlashtirishi bo`yicha xulosalar chiqarish, joriy o‘zlashtirish va Yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalarini tahlil qilish va ular asosida institut bo`yicha Kengashga hisobot tayyorlash;
  • Institutning Kengashi, rektorat majlislari, markaziy uslubiy hay`atga o`quv ishlari bo`yicha ma`lumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlash;
  • O`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo`riqnoma xat, ko`rsatma va tavsiyalarini hamda ilmiy va rektorat kengashi qarorlarini, rektor va prorektor buyrug`i, farmoyish va joriy ko`rsatmalarini dekanat, kafedra va institutning boshqa bo`limlariga etkazish va ijrosini nazorat qilish;
  • O`quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo`yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
  • Muddatli buyurtmalar: professor-o`qituvchi jurnali, ma`ruzalarni qayd etish jurnali, o`qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvohnomasi va o`quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni ta`minlanishini nazorat qilish;
  • Kafedra va fakultetlarda o`quv ishlariga mutasaddilar bilan o`quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo`yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
  • Talabalar kontingentini aniqlash;
  • Dekanatlar va kafedralarning yangi o`quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish.

 

O‘quv-uslubiy ishlar

 Institut tashkil topgan yili dastlab davolash fakulteti tarkibida 48 takafedra ochilgan. Davolash fakultetiga professor K.A.Zufarov dekan lavozimiga tayinlangan va bu fakultetga 239 nafar talaba qabul qilingan.

Pediatriya fakulteti 1966-yilning 15-noyabrida Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 476-SH sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan. Fakultetning birinchi dekani etib M.S.Soatov tayinlangan. 1972-yili O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida pediatriya fakulteti tugatilgan. Pediatriya fakultetida o`qiyotgan talabalar O`rta Osiyo meditsina pediatriya instituti (SAMPI) hozirgi ToshPMIga ko`chirilgan.

1976-yili institut moddiy-texnika bazasining yuksalishi, Farg`ona vodiysi muassasalari uchun yuqori malakali pediatrlar tayyorlashning zaruriyati, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ochilishi va institut rektori Yu.O.Otabekovning tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligining 01/701-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibida qayta pediatriya fakulteti tashkil qilingan va qo`shimcha 12 ta kafedra ochilgan.

1999-yili Oliy hamshiralik ishi yo`nalishi ochilgan, fakultet dekani etib professor SH.K.Qodirov tayinlangan.

Davolash fakulteti qoshida 2001-yili kasb ta`limi (davolash ishi) yo`nalishi ochildi va bu yo`nalishga mas`ul etib dotsent T.Saydullayev tayinlandi.

2001-yildan institutda magistratura bo‘limi ochilib, unga professor K.T.Xudoyberdiyev bo`lim boshlig`I etib tayinlandi.

 

Fakultetlarning birinchi qaldirg‘ochlari:

Davolash fakultetida                              -1961 yili       -192 nafar

Pediatriya fakultetida                            -1982 yili       -112nafar

Oliy hamshiralik ishida                        -2002 yili       – 8 nafar

Magistraturada                                       -2004 yili       – 16 nafar

Kasb ta’limi (davolash ishi)                 -2008 yili       -15 nafar

Institut tashkil topgan yildan boshlab iqtidorli talabalarni tanlashga alohida e`tibor berilgan. Barcha kafedralarda professor, dotsentlar iqtidorli talabalar bilan reja bo`yicha qo`shimcha darslar olib borganlar. Talabalarning intilishiga, qobiliyatiga va xohishiga qarab kafedralarda axborot texnologiyalari, chet tillari va mutaxassislik fanlari bo`yicha qo`shimcha darslar tashkil qilinishi natijasida bugungi kunga kelib, aksariyat kafedralarning professor-o`qituvchilarini institut bitiruvchilari tashkil etadi.

Institutda yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda ilg`or fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tatbiq qilingan. Ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik fanlar, jumladan, yuqumli kasalliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi ilmiy-amaliy yo`nalishlar bo`yicha erishilgan fan yutuqlari, BMTning YUNISEF, bolalar fondi tomonidan kiritilgan zamonaviy yangiliklari, tasdiqqa asoslangan tibbiyot asoslari hamda tadqiqot natijalari talabalarga turli shakllarda, ilmiy seminar, qo`shimcha ma`ruza va o`quv-laboratoriya mashg`uloti tarzida o`tkazilmoqda, ilmiy-amaliy anjuman materiallari sifatida yetkazilishi amalga oshirilgan.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida o`quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida qo`plab ishlar amalga oshirildi.

Hozirgi kunda institutda

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi
  • Stomatologiya ishi
  • Kasb ta’limi (davolash ishi)
  • Tibbiy profilaktika ishi
  • Oliy xamshiralik ishi
  • Farmatsiya yo`nalishi
  • Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari faoliyat

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955yildan hozirgi vaqtga qadar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

Ismi-sharifi
Yillar
1.
Professor Yorqin Xolmatovich To`rakulov
1955-1959
2.
Professor Valentina Abdullayevna Babayeva
1959-1961
3.
Dotsent Ismoil Ibragimovich Ibragimov
1961-1963
4.
Dotsent Uchqun G`aniyevich G‘aniyev
1963-1972
5.
Professor Soatqul Usmanovich Jumaboyev
1972-1980
6.
Professor Komil Mirzayevich Mirzayev
1980-1985
7.
Dotsent Mamatbotir Otaxonovich Otaxonov
1985-1986
8.
Professor Mamazoir Axmedovich Xo`jamberdiyev
1986-1996
9.
Professor Qobil Qosimovich Qosimov
1996-2007
10.
Professor Alisher Qayumovich Shadmanov
2007-2010
11.
Professor Madamin Mo`minovich Madazimov
2010-2012
12.
Professor Ibroxim Inamovich Alimdjanov
2012-hozirgi kungacha

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955-yildan to hozirgi vaqtga qadar o`quv bo`limi boshliqlari lavozimida ishlagan xodimlar

 

Ismi-sharifi
Yillar
1.
Dotsent Rumiy Said Sobirovich
1955-1969
2.
Dotsent Maxmudov Aripdjan Maxmudovich
1969-1970
3.
Martyanov Yuriy Aleksandrovich
1970-1972
5.
Dotsent Mamajanov Xasanboy Inamovich.
1973-1977
6.
Xamrakulov Mo`ydin Xamroqulovich
1977-1980
7.
Elkina Lidiya Aleksandrovna
1980-1984
8.
Dotsent Legkoyeva Galina Aleksandrovna
1984-1992
9.
Dotsent Jalilov Tojidin Jalilovich
1992-1999
10.
Abduraxmanova Mavluda Numanovna
1999-2005
11.
Dotsent Aliyev Xusniddin Maxmudovich
2005-2015
12.
Yusupov Qahramon Muxiddinovich
2015-2016
13.
Dotsent Inakova Barnoxon Baxodirovna
2016 yildan hozirgacha

 

Dastlab institut tashkil qilinganda fanlar bo‘yicha seksiyalar tashkil qilinib, ularni boshqarganlar ro‘yxati:

 

  1. Jarrohlik seksiyasi             -rais prof. Ya.Yasnogorodskiy
  2. Akusherlik-ginekologiya seksiyasi -rais dots. S.A.Yusupova
  3. Umumiy fanlar seksiyasi -rais dots. X.Yu.Musayev
  4. Pediatriya seksiyasi -rais dots. E.S.Etsina
  5. Mediko-biologik seksiyasi -rais prof. G. F. Korotko
  6. Terapiya seksiyasi -rais prof. SH.R.Rasulov

 

Institutda o`quv-uslubiy ishlarni tashkil etilishida markaziy uslubiy hay`at va markaziy fanlar uslubiy hay`atlari faol ishtirok etmoqdalar. Markaziy uslubiy hay`atiga-o`quv ishlari bo`yicha prorektor raislik qilib kelmoqda.

Institutda quyidagi markaziy fanlar uslubiy hayt`atlari mavjud:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  2. Tibbiy-biologik fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  3. Terapiya fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  4. Akusherlik-ginekologiya fanlar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  5. Pediatriya fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  6. Jarrohlik fanlari bo`yicha markaziy uslubiy hay`at
  7. Yuqumli kasalliklar bo`yicha markaziy uslubiy hay`at

 

Markaziy uslubiy hay`atda o`quv-uslubiy qo`llanmalar, monografiya, darsliklar ko`rib chiqiladi va institut Kengashiga taqdim etiladi, bakalavriat hamda magistratura yo`nalishlaridagi o`quv-tarbiyaviy jarayon muhokama qilinadi.

1955-yildan 2016-yilgacha institut professor-o`qituvchilari tomonidan 60 ta darslik,                                  135 ta o`quv qo`llanma, 3025 ta o`quv-uslubiy qo`llanma, 56 ta o`quv-uslubiy tavsiya,  182 ta ratsionalizatorlik takliflar yaratildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga 1955-yildan 2016-yilga qadar qabul qilingan talabalar soni 32051 nafar. Ulardan: davolash ishi yo`nalishiga – 20408, pediatriya ishi yo`nalishiga – 9324, oliy hamshiralik ishiga – 568, kasb ta`limi yo`nalishiga – 434 nafar, magistraturaga esa – 1317 nafar talaba qabul qilingan.

Institutda so`nggi yillarda o`quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish orqali raqobatbardosh tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun innovatsion ta`lim texnologiyalari bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalari va xorijiy tillarni o`rganishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bo`yicha bajarilgan ishlar

       –asosiy o`quv binoning 2 ta ma`ruzalar zalida 2 ta elektron doska va odam anatomiyasi kafedrasida 1 ta multisensorli displey o`rnatilgan.

Bioorganik va biologik kimyo kafedrasida tibbiy kimyo fanidan o`quv laboratoriyalari uchun 4 ta xona, biologik kimyo fanidan o`quv laboratoriyalari uchun 4ta xona ajratildi, 2 tasi jihozlangan. Laboratoriya pasportlari tayyorlanib, topshirilgan. O`quv laboratoriya xonalari uchun kerakli laboratoriya anjomlari va reaktivlarga buyurtmalar berilgan. 2017-2018-o`quv yilida yangi ochilgan farmatsiya yo`nalishi uchun 1 672 200 so`mlik kimyoviy reaktivlar sotib olingan. Samarqand “XIMREAKTIVINVEST” kompaniyasidan 3 ta mo`rilish kafva 2 ta (25 lva 15 l) distillyatorlar olib kelindi.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 5maydagi PQ-2956-sonli “O`zbekiston Respublikasida tibbiy ta`lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

 

– institutda davolash, pediatriya fakultetlari, kasb ta`limi (davolash ishi) yo`nalishda o`qish muddati                  7 yildan 6 yilga o`tkazildi. Bitiruvchi kurslar o‘quv reja va fan dasturlari qayta ko`rib chiqildi va takomillashtirildi.

-davolash, pediatriya, kasb ta`limi (davolash ishi), stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya ta`lim yo`nalishlarining 1-kurs talabalari uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliging 2017 yil                           22-avgustdagi  № 474-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan malaka talablari va fan dasturlari asosida ishchi fan dasturlari ishlab chiqilgan.

-institutda o`quv jarayoniga zamonaviy innovatsion ta`lim texnologiyalari joriy qilindi, o`quv reja va dasturlarda mutaxassislik fanlarning ulushi 60-65%gacha ko`paytirilgan, o`quv jarayoni davomida amaliy ko`nikmalarni puxta o`zlashtirishi uchun, klinik fanlarda 50%ga nazariy va 50% amaliy qismini bajarilishi ta`minlangan, talabalar amaliy ko`nikmalarni puxta egallashlari uchun simulyasion xonalar tashkil etilgan: muammoga yo`naltirilgan ma`ruzalar, diagnostika va davolashda klinik vaziyatlar, OSKEni trenajer, simulyatorlar va ko`ngillilarda o`tkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

-talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini, kasbiy va ixtisoslik fanlari bo`yicha o`quv mashg`ulotlarni klinik amaliyotni kengaytirish hisobiga qaratilgan vazifalarni bajarish, amaliy ko`nikmalarni puxta egallashlari, takomillashtirilgan o`quv reja va dasturlarga muvofiq tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida 24 ta klinik kafedralarda simulyasion xonalar tashkil etilgan.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 27iyuldagi “Oliy ma`ulmotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3151-sonli qarorining ijrosi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar

       -2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 2017-yil mavjud ta`lim yo`nalishlarining barcha kurslarida 2 ta dan guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o`qitish bosqichma-bosqich tashkil etildi.

-institutda chet tili kafedralari o`qituvchilarini jalb etgan holda professor-o`qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tegishli mutaxassislik fanlarini chet tilida o`qitish bo`yicha o`quv kurslari tashkil etildi.

-barcha ta`lim yo`nalisharida mashg`ulotlar rivojlangan davlatlar nufuzli OTMlari professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan o`quv adabiyotlaridan foydalanib o`qitilishi yo`lga qo`yilgan.

-2017-2018 o`quv yilidan boshlab har haftaning seshanba kunlari bir marta (dars jadvalining 2-juftligida 40 daqiqa “Axborot soati”, 40 daqiqa “Murabbiylik soati” shaklida) barcha guruhlarda “Axborot va murabbiylik soati” mashg`ulotlari yuqori saviyada o`tkazilishi yo`lga qo`yildi.

 

 

Institutda 2018-yilda ta`lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

 
1.      Masofaviy o`qitish tizimini va informatsion texnologiyalarni qo`llagan holda o`qitish elementlarini o`quv jarayoniga kiritish.
2.      Ta`lim tizimida motivatsiya jarayonini ishlab chiqish.
3.      Moodle o‘qitish tizimi (talabalarni mustaqil amaliy ishlarini, simulyasion o`qitish sinflarini tashkil etish) ni joriy etish.
4.      Tibbiyot OTMlari fakultetlari qoshida kafedralararo fantom markazlarini tashkil etish (bu talablarda amaliy ko`nikmalarni qayta-qayta va nixoyat xatosiz bajarishini ta`minlaydi. Fantom markazlarning asosiy maqsadi talabalarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llashda qo`rquvni yo`qotishni, dadillikni rivojlantirishni ta`minlaydi).
5.      Tibbiyot OTMlari talabalarida ilmiy izlanishlar olib borish ko`nikmalarini shakllantirish.
6.      Davolash-diagnostika ishlarini kompyuter-imitatsiya qilish, innovatsion o`quv texnologiyasini o`quv jarayoniga kiritish.
7.      Nazariy va klinik kafedralar o`qituvchilarining bir-birlari bilan tarmoq orqali bog`lanish imkoniyatini yaratish.
8.      Gibrid shaklidagi o`qitishni o`quv jarayoniga kiritish. Bu shaklda talaba mustaqil (onlayn) hamda kunduzgi shaklda (o`qituvchi ishtirokida) bilim olishi mumkin.
9.      Har bir PO`larni chet tilini o‘rganishini doimiy nazoratini kuchaytirish, o`quv jarayoniga chet tilini to`liq tatbiq etish.
10. O`quv laboratoriyalar moddiy-texnik bazasini yaxshilash. Ishchi o`quv rejada rejalashtirilgan laboratorishlarni to`liq bajarish uchun kerakli jihozlar va reaktivlar bilan ta`minlash.
11. Oliygohning «Eng yaxshi guruhi» tanlovini tashkil etish. (Bu usul talabalarni har bir fan bo`yicha materiallarni sifatli o`rganishiga, o‘zini qiziqtirgan fanlar bo`yicha ilmiy ishlarda ishtirok etishiga, institutning jamoat, sport, ma`naviy-ma`rifiy ishlarida faol ishtirok etishga undaydi).
12. Talabalarni (har kun yakunida) bugun Men o`z bilimimni oshirish uchun nima ish qildim-degan savolga aniq ijobiy baho berishga o`rgatish.
13. Talabalarga har bir mavzuning murakkab qismlari bo`yicha savollar tayyorlay bilish, guruh va o`qituvchi muhokamasiga tashlay bilishni o`rgatish.
14. Amaliy mashg`ulotlar ko`nikmalarini mukammal egallash uchun kafedrada simulyasion auditoriyalar, amaliy mashg`ulotlar laboratoriyasini tashkil qilish va bu yerda har bir amaliy ko`nikmani talabalar tomonidan aniq o`zlashtirish darajasiga yetkazish.
15. Kafedralarda integral ma`ruza, mahorat darslari, kafedralararo va ichki anjumanlarni o`quv yili davomida o`tkazilishini kuchaytirish.
16. Xorijiy ta`lim muassasalaridan yetuk PO`larni o`quv jarayoniga taklif qilish, tajriba almashish maqsadida institut PO`larini xorijiy safarlarini tashkil qilish.
17. Mutaxassislik fanlaridan xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda muntazam ravishda O`UM yangilab borish, xorijiy adabiyotlar asosida o`quv, o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratish.
18. Ta`lim sifatini oshirishga talabalar ota-onalarini jalb qilish (talabalar davomati, o`zlashtirish ko`rsatkichlari bo`yicha har semestr yakunida talabalar va ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil qilish).

 

BO‘LIMDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLAR

F.I.SH
Lavozimi
Telefon raqami
E-mail
1
Yusupov Qaxramon Muxiddinovich
bo`lim mas`uli
(+99891)
487-90-62
2
Rustamova Zebo Abduqaxxorovna
bo`lim uslubchisi
(+99891)
497-56-18
3
Botirova Kamola San`atovna
bo`lim inspektori
(+99893)
631-08-78
4
Karimova O`lmasxon Mirxaliqqizi
bo`lim dispetcheri
(+99891)
618-19-50
5
Mamadaliyeva Muxlisa Xabibilloqizi
bo`lim inspektori
(+99891)
609-15-55
6
Axmadjonova E`tiborxon Ulug`bek qizi
bo`lim dispetcheri
(+99893)
414-21-94
7
Abdurahimov Shuhratbek Akmalxon o`g`li
bo`lim ish yurituvchisi
(+99891)
489-18-19