O’quv-uslubiy ishlar

O‘quv-uslubiy ishlar

Institut tashkil topgan yili dastlab davolash fakulteti tarkibida 48 ta kafedra ochilgan. Davolash fakultetiga professor K.A.Zufarov dekan lavozimiga tayinlangan va bu fakultetga 239 nafar talaba qabul qilingan.

Pediatriya fakulteti 1966 yilning 15 noyabrida Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 476-SH sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan. Fakultetning birinchi dekani etib M.S. Soatov tayinlangan. 1972 yili O‘rta Osiyo pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida pediatriya fakulteti tugatilgan. Pediatriya fakultetida o‘qiyotgan talabalar O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti (SAMPI) hozirgi ToshPMI ga ko‘chirilgan.

1976 yili institut moddiy texnika bazasining yuksalishi, Farg‘ona vodiysi muassasalari uchun yuqori malakali pediatrlar tayyorlashning zaruriyati, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi ochilishi munosabati va institut rektori YU.O.Otabekovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 01/701-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti tarkibida qayta pediatriya fakulteti tashkil qilingan va qo‘shimcha 12 ta kafedra ochilgan.

1999 yili Oliy hamshiralik ishi fakulteti ochilgan, fakultet dekani etib professor SH.K.Kodirov tayinlangan.

Davolash fakulteti qoshida 2001 yili kasb ta’limi-tibbiy pedagogika (davolash ishi) yo‘nalishi ochildi va bu yo‘nalishga mas’ul etib dotsent T.Saydullaev tayinlandi.

2001 yildan institutda magistratura bo‘limi ochilib, unga professor K.T.Xudoyberdiev bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi.

Andijonda Institut faoliyati yillarida olimlarning nomlari bilan bog’liq ilmiy va tibbiy maktablar shakllangan jarroh-limfolog S.U. Jumaboev, fizolog G.F. Korotko, patologoanatom A.A. Aleksandrov, anatom I.R. Kasaimxodjayev, profilaktika kardiologiya ta’sischilari – S.Y. Tursunov va N.S.Mamasoliev, pediatr – N.N. Chukanin, Y.Y. Illek, O.S. Toshboev, jarrohlik – I.Yu. Ibadov, F.N.Nishanov, terapevtlar – M.A. Hujamberdiyev, O.S. Salohiddinov, Z.S. Salohiddinov, farmakolog – Yu.M.Mamatov. Bu olimlarning ko’pchiligi ushbu muassasaning bitiruvchilaridir.

Fakultetlarning birinchi qaldirgochlari:

Davolash fakultetida   – 1961 yili     -192 nafar

Pediatriya fakultetida – 1982 yili     -115 nafar

Oliy hamshiralik ishida          – 2002 yili                – 8 nafar

Magistraturada             – 2004 yili                 – 16 nafar

Kasb ta’limi davolash ishi – 2008 yili          – 17 nafar

Institut tashkil topgan yillardan boshlab iqtidorli talabalarni tanlashga alohida e’tibor berilgan. Barcha kafedralarda professor, dotsentlar iqtidorli talabalar bilan reja bo‘yicha qo‘shimcha darslar olib borganlar. Talabalarning intilishiga, qobiliyatiga va xohishiga qarab kafedralarda axborot texnologiyalari, chet tillari va mutaxassislik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha darslar tashkil qilinishi natijasida bugungi kunga kelib, aksariyat kafedralarning professor-o‘qituvchilarini institut bitiruvchilari tashkil etadi.

Institutda yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda ilg‘or fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tatbiq qilingan. Ijtimoiy-gumanitar, tibbiy-biologik va klinik fanlar, jumladan, yuqumli kasalliklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi ilmiy-amaliy yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan fan yutuqlari, BMTning YUNISEF, bolalar fondi tomonidan kiritilgan zamonaviy yangiliklari, tasdiqqa asoslangan tibbiyot asoslari  hamda tadqiqot natijalari talabalarga turli shakllarda, ilmiy seminar, qo‘shimcha ma’ruza va o‘quv-laboratoriya mashg‘uloti tarzida o‘tkazilmoqda, ilmiy-amaliy anjuman materiallari sifatida etkazilishi amalga oshirilgan.

Ayniqsa, mustaqillik yillarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida qo‘plab ishlar amalga oshirildi.

Xozirgi kunda institutda

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi
  • Stamotologiya

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari faoliyat yuritadi.

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955 yildan hozirgi vaqtga qadar o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida  faoliyat ko‘rsatganlar

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

Ismi-sharifi Yillar
1. Professor YOrqin Xolmatovich To‘rakulov 1955-1959
2. Professor Valentina Abdullaevna Babaeva 1959-1961
3. Dotsent Ismoil Ibragimovich Ibragimov 1961-1963
4. Dotsent Uchqun G‘anievich G‘aniev 1963-1972
5. Professor Soatqul Usmanovich Jumaboev 1972-1980
6. Professor Komil Mirzaevich Mirzaev 1980-1985
7. Dotsent Mamatbotir Otaxonovich Otaxonov 1985-1986
8. Professor Mamazoir Axmedovich Xo‘jamberdiev 1986-1996
9. Professor Qobil Qosimovich Qosimov 1996-2007
10. Professor Alisher Qayumovich SHadmanov 2007-2010
11. Professor Madamin Mo‘minovich Madazimov 2010-2012
12. Professor Ibroxim Inamovich Alimdjanov 2012-hozirgi kungacha

 

Andijon davlat tibbiyot institutida 1955 yildan to hozirgi vaqtga qadar o‘quv bo‘limi boshliqlari lavozimida ishlagan xodimlar

Ismi-sharifi Yillar
1. Dotsent Rumiy Said Sobirovich 1955-1969
2. Dotsent Maxmudov Aripdjan Maxmudovich 1969-1970
3. Martyanov YUriy Aleksandrovich 1970-1972
5. Dotsent Mamajanov Xasanboy Inamovich. 1973-1977
6. Xamrakulov Muydin Xamrokulovich 1977-1980
7. Elkina Lidiya Aleksandrovna 1980-1984
8. Dotsent Legkoeva Galina Aleksandrovna 1984-1992
9. Dotsent Jalilov Tojidin Jalilovich 1992-1999
10. Abduraxmanova Mavluda Numanovna 1999-2005
11. Dotsent Aliev Xusniddin Maxmudovich 2005-2015
12. YUsupov Qahramon 2015-2016
13. Dotsent Inakova Barnoxon Baxodirovna 2016 yildan hozirgacha

 

Dastlabki institut tashkil kilinganda fanlar bo‘yicha seksiyalar tashkil qilinib, ularni boshqarganlar ro‘yxati:

  1. Jarrohlik seksiyasi             -rais prof. YA.YAsnogorodskiy
  2. Akusherlik-ginekologiya seksiyasi -rais dots. A.YUsupova
  3. Umumiy fanlar seksiyasi -rais dots. YU.Musaev
  4. Pediatriya seksiyasi -rais dots. E.S.Etsina
  5. Mediko-biologik seksiyasi -rais prof. G. F. Korotko
  6. Terapiya seksiyasi -rais prof. R.Rasulov

Institutda o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etilishida markaziy uslubiy hay’at va markaziy fanlar uslubiy hay’atlari faol ishtirok etmoqdalar. Markaziy uslubiy hay’atiga -o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raislik qilib kelmoqda.

Institutda quyidagi markaziy fanlar uslubiy hayt’atlari mavjud:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha markaziy uslubiy hay’at
  2. Mediko-biologik fanlar bo‘yicha markaziy uslubiy hay’at
  3. Terapiya fanlari bo‘yicha markaziy uslubiy hay’at
  4. Akusherlik-gineologiya fanlar bo‘yicha markaziy uslubiy hay’at
  5. Pediatriya fanlari bo‘yicha markaziy uslubiy hay’at
  6. Jarrohlik fanlari bo‘yicha markaziy uslubiy hay’at

Markaziy uslubiy hay’atda o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, monografiya, darsliklar ko‘rib chiqiladi va institut Kengashiga taqdim etiladi, bakalavriat hamda magistratura yo‘nalishlaridagi  o‘quv -tarbiyaviy jaryon muhokama qilinadi.

Institut 1955 yildan  2016 yilgacha professor-o‘qituvchilar tomonidan 52 ta darslik, 126 ta o‘quv qo‘llanma, 3025 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 56 o‘quv uslubiy tavsiyalar,  182 ratsional takliflar yaratildi.

Andijon davlat tibbiyot institutiga 1955 yildan 2016 yilga qadar qabul qilingan talabalar soni 32051 nafar. Ulardan: davolash ishi yo‘nalishiga – 20408, pediatriya ishi yo‘nalishiga – 9324, oliy hamshiralik ishiga – 568, kasb ta’limi yo‘nalishiga – 434 nafar, magistraturaga esa – 1317 nafar  talaba qabul qilingan.

ADTI da 1955 yildan-2015 yilgacha tahsil olgan talabalar kontingenti haqida ma’lumot

 

Talabalarni o‘qishga kirgan yillari Davolash fakulteti Pediatriya fakulteti Kasb ta’limi (Davolash ishi) Oliy hamshiralik ishi Magistratura Jami

 

Qabul Bitirdi Qabul Bitirdi Qabul Bitirdi Qabul Bitirdi Qabul Bitirdi Qabul Bitirdi
1955-1965 3249 1326 3249 1326
1965-1974 4860 3543 4860 3543
1975-1984 4210 4193 2511 586 6721 4779
1985-1994 3773 4730 3119 3378 6892 8108
1995-2004 1870 2467 1698 2171 66 0 96 45 121 16 3851 4699
2005-2014 1929 2029 1494 1680 290 148 362 265 947 671 5022 4793
2015-2017 517 468 502 415 78 80 110 136 249 349 1456 1448
Jami 20408 18756 9324 8230 434 228 568 446 1317 1036 32051 28696

Institutda so‘nggi yillarda o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish orqali raqobatbardosh tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Institut Axborot-resurs markazi tarixi kecha va bugun

Andijon Davlat tibbiyot instituti  kutubxonasi 1955 yil institut  tashkil etilgan yilda institut negizida tashkil qilingan. Dastlab kutubxona eski,  kutubxona uchun moslashmagan 4 ta kichik xonadan iborat edi.  Kitob fondini esa Rossiya  tibbiyot institutlaridan yordam sifatida jo‘natilgan 10-15 mingdan ziyodroq adabiyotlar tashkil qilar edi, xolos.

Dastlab kitobxonlarga faqat uch nafar kutubxonachi xizmat ko‘rsatar edi,  hozir esa 33 nafar kutubxona xodimi ishlamoqda. Ularning
7 nafari oliy ma’lumotli, ulardan 4 nafari maxsus kutubxonachilik soha bo‘yicha  oliy ma’lumotli, 26 nafari  o‘rta maxsus ma’lumotli, ulardan 13 nafari  kutubxona sohasi bo‘yicha mutaxassislardir.

Axborot-resurs markazida Respublika Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tibbiyot, pedagogika, madaniyat, san’at asarlarini va jahon adabiyoti namunalarini targ‘ib qilishni o‘zining asosiy vazifasi deb biladi. Bundan tashqari, kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi hukumatining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda talablari asosida ta’lim muassasalarini  o‘quv adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, badiiy va boshqa turdagi adabiyotlar bilan ta’minlash borasidagi ko‘rsatmalarini ham izchil o‘rganib, amalga oshirib boradi. Kutubxona fondi  professor-o‘qituvchilar va talabalarning talablari asosida turli  adabiyotlar bilan boyitib boriladi.

2002 yilda ADTI klinikasi qoshidagi 1-shahar  vrachlik punktida kursantlar va yuqori  kurslar uchun kutubxona ochildi.

2003 yilda  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga  qarashli 5-poliklinikada 2-QVP  kutubxonasi,  2004 yilda esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM)  Andijon filialida ham ADTI kutubxonasi filiali ochildi, institut foydalanuvchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish  to‘g‘risida”gi 2006 yil 20 iyundagi 381-sonli Qarori kutubxonalar tarmog‘ini zamonaviy talablarini hisobga olgan holda takomillashtirishning muhim bosqichi bo‘lib qoldi. Maskur qarorga muvofiq prinsipial jihatdan yangi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning itellektual ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, aholini yanada keng qamrovli  ravishda axborot bilan ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan axborot markazlari barpo qilindi. Jumladan, Andijon Davlat tibbiyot instituti kutubxonasi  ham mazkur qaror asosida Axborot-resurs markaziga aylantirilib, Andijon viloyatining Marxamat tumanidagi 2 ta, SHaxrixon tumanidagi 3 ta ommaviy kutubxonalar shahobcha sifatida biriktirildi.   Hozirda axborot-resurs markazidan foydalanuvchilarning madaniy va fuqarolik o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat shakl va metodlari birinchi rejaga chiqarildi.

Institut axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 fevraldagi  “2011-2015 yillarda  axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida  axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PK-1487-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 24 fevraldagi  56- sonli  “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari  asosida  axborot-kutubxona va axborot-resurs markazi xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini buyruqlari asosida ish tashkil qilinmoqda.

Jumladan; O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron xukumat” to‘g‘risidagi Qonuniga  asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 11 yanvardagi № 13-sonli ”Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida axborot resurs markazida axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. SHu asosda institut kafedralari va ARM o‘rtasida masofaviy elektron axborot almashinuvi ish boshladi.

ARMda 1-2 bosqich talabalari uchun xorijiy fanlardan dars o‘tuvchi 7 ta fan bo‘yicha xorijiy adabiyotlarni rus va o‘zbek tillariga tarjima qilish bo‘yicha ARM mutaxassislari tomonidan kafedralarga chiqilib, o‘quv adabiyotlarining necha saxifada tarjima qilinish darajasi o‘rganib borildi va kafedralarda adabiyotlar ingliz tilidan rus tiliga to‘liq tarjima qilindi.

Institut Axborot – resurs markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, foydalanuvchilarga qulay sharoitlar yaratish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash maqsadlarida markaz uchun 2013 yilda yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. Ulardan 15 mingdan ziyod foydalanuvchilar  baxramand bo‘lmoqdalar.

Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘limlar mavjud bo‘lib, axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi foydalanuvchilarga bevosita xizmat ko‘rsatadi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2 ta abonement, 3 ta o‘quv zallari orqali xizmatlar tashkil etilgan.

Institut tasarrufidagi Axborot-resurs markazining  umumiy fondi 279411 nushani tashkil etadi, shundan:

  • Ilmiy adabiyotlar – 62508 nusha
  • O‘quv darsliklar – 91244 nusha
  • O‘quv qo‘llanmalar – 48949 nusha
  • Badiiy adabiyotlar – 31956 nusha
  • Boshqa turdagi adabiyotlar – 44754 nusha

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kutubxonachilik sohasida  qo‘llanilishi va Internetning keng yoyilishi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini keltirib chiqarmoqda. Elektron o‘quv zalida foydalanuvchilar uchun hujjatni skanerlash, kseronusxa olish, matnni printerda chop qilish, hujjatni axborot tashuvchilarda yozib berish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Axborot-resurs markazida muntazam ravishda  yangi olingan o‘quv adabiyotlarining tezkor axborot ro‘yxatlari tuzilib, institutning saytiga (adti.uz) (agmi_arm) kiritib boriladi. Tezkor axborot ro‘yxatlar dekanatlarga va  ilmiy kengash yig‘ilishlarida  professor – o‘qituvchilarga tarqatilib boriladi. YAngi olingan adabiyotlar bo‘yicha o‘quv zallari va kitob berish abonementlarida adabiyotlar ko‘rgazmalari tashkil qilingan.

Elektron o‘quv zalimizda jami 249 ming nushadan ortiq elektron ma’lumotlar mavjud.  Jumladan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv metodik qo‘llanmalar, Rossiyada nashr etilgan tibbiyotga oid jurnallar, chet el adabiyotlari, badiiy adabiyotlar va boshqalar.

SHuningdek, Axborot-resurs markazida quyidagi    ish shakllaridan keng foydalanmoqda.            Suhbatlar, bahslar, munozaralar, adabiy- intellektual- kasbga yo‘naltiruvchi o‘yinlar; sayyohatlar, viktorinalar, tanlovlar, taqdimotlar,  foydali maslahatlar va boshqalar.

Axborot-resurs markazining ko‘rgazmalar faoliyati kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning muhim tarkibiy qismidir.  Ish jarayonimizda ko‘rgazmali targ‘ibotning quyidagi usullaridan keng foydalanmoqdamiz:  dolzarb mavzular  bo‘yicha adabiyotlarning kitob-illyustrativ ko‘rgazmalari; muhim va xotira sanalarga doir, o‘quv jarayoniga yordam sifatidagi ekspozitsiyalar; shuningdek, noan’anaviy ko‘rgazmalar, savolnomalar ko‘rgazmasi, fikr-mulohazalar ko‘rgazmasi, bir portret -ko‘rgazmasi,    bir kitob -ko‘rgazmasi va boshqalar.

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti, Andijon Davlat universiteti axborot resurs markazlaridan o‘quv jarayoni uchun namunaviy dasturlarda ko‘rsatilgan adabiyotlar bilan ta’minlash ishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bobur nomli viloyat axborot-kutubxona markazidan badiiy adabiyotlar, Alisher Navoiy  nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan 228000 ming nomdagi turli mavzulardagi adabiyotlarning to‘liq matndagi elektron shakllari olindi. Toshkent shahridagi Tibbiyot akademiyasi, Toshkent Pediatriya instituti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti axborot – resurs markazlari, Sog‘likni saqlash vazirligining Respublika Davlat tibbiyot kutubxonasi va  boshka viloyatlar  axborot – resurs markazlari bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini olib boradi.

AXBOROT TEXNOLOGIYALAR MARKAZI

  1. Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
  2. Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi
    3. Axborot tizimlarini joriy etish bo‘limi
    4. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;

O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;

talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;

ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;

jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.

Axborot texnologiyalari markazi tomonidan institutdagi zamonaviy kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, ulardagi dasturiy vositalar bilan samarali ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Institutda  o‘rnatilgan 4 dona asosiy serverlar insitutning boshqaruv apparati, ma’lumotlar bazasi, ichki hujjatlar nazorati va masofaviy o‘qitish tizimlarini o‘z ichiga jamlaydi. Server qurilmalari yangi texnologiyalar va dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan bo‘lib, institut bosh o‘quv binosida 107 ta kompyuterlarni internet, korporativ tarmoqlar bilan uzluksiz aloqada bo‘lishini ta’minlab beradi. Serverlar tashqi xurujlardan ximoyalangan va bo‘lim xodimlari tomonidan xar kuni tekshirib profilaktika ishlari olib boriladi.

ATM  ishchi xodimlari tomonidan institutda 15 ta Wi-Fi xududlari tashkil qilingan bo‘lib xududlarda internet va lokal tarmoqlardan simsiz foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Internet tarmog‘idan foylanishga qo‘yilgan talablar malakali xodimlar tomonidan tuzib chiqilgan qoidalar asosida foylanishga etkazib beriladi.

Institut rasmiy veb-sayti yangitdan yaratildi. Sayt orqali kunlik yangiliklar bilan boyitil borilmoqda. Intstitut sayti orqali barcha interaktiv xizmalar ko‘rsatiladi, bundan tashqari veb saytda elektron kutubxona tashkil qilingan bo‘lib foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Rasmiy veb sayt orqali institutning xozirgi kundagi xayoti, erishgan yutuqlari va o‘zgarishlarini kuzatib borish mumkin.

Bo‘lim tarkibida talabalar bilimini test usulida baholab, monitoringini yuritish maqsadida avtomatlashtirilgan test tizimiga ega kompyuter zali hosil qilingan. Test dasturini zamon talablariga muvofiqlashtirish maqasdida, 2016 yil avgust oyida davlat patent idorasidan DUG 01718 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Universal test” dasturi test markazi serveriga o‘rnatilgan.

Hozirda kompyuter zalida 60 o‘rinli test topshiruvchi kompyuter va texnik qurilmalar hamda ularni bosh markazlashgan holda “Test serveri”dan boshqarilib boriladi. Institutning uchta fakulteti:

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi
  • Stamotologiya
  • Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti talabalari bilimini tizim orqali baholab borish bo‘limning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Bundan tashqari bo‘lim xodimlari tomonidan institutning professor-o‘qituvchilarini “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha  ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishda ko‘maklashib kelmoqdalar.

ATM da talabalar uchun mediamarkaz ham tashkil etilgan. Bugungi kunda mediamarkazda 600 ga yaqin vidioma’ruzalar, o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy mashg‘ulotlarning elektron shakllari bor. Talabalar foydalanishi uchun bu erda DVD va monitor o‘rnatilgan bo‘lib, talabalar istalgan vaqtda  o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarini ko‘rishlari mumkin.

ATM ga qarashli kompyuter zalida mavjud 60 ta kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, talabalarni ishlariri uchun zarur shart – sharoitlar yaratilgan.

Institutning asosiy o‘quv laboratoriya binosidagi internet tezligi: Tas-ix -10 mb/s, tashqi internet (MIR) -2 mb/s

Institutda jami kompyuterlar soni 718 tani tashkil qiladi.  Institutda o‘rtacha 5 nafar talabaga bitta kompyuter to‘g‘ri keladi.

 

B.B.Inakova-2016 yildan o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i vazifasida ishlab kelmoqda.

Tel raqami: +998 91 477-70-33

Pochta: adti07@umail.uz

 

O’quv-uslubiy bo’lim mas’uli Q.M.Yusupov

 Vazifalari Bakalavriat yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining diplomlarini olib kelish, saqlash va tarqatish.

tel: +998 91 487-90-62

pochta: adti07@umail.uz

 

 Z.A.Rustamova-2012 yildan buyon oquvuslubiy bolim uslubchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 Vazifalari: Fakultet dekanatlari va kafedralar tomonidan o’quv-uslubiy ishlarining, o’quv, namunaviy rejalarni bajarilishini nazorat qilish, Fakultetlarda professor-o’qutuvchilar tomonidan o’quv mashg’ulotlarining o’tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, talabalar gurux jurnallari va o’quv varaqalarini muntazam ravishda tekshirib boorish.

Tel: +998 99 906-12-82

Pochta: adti07@umail.uz

 

 

K.S.Botirova-2016 yildan buyon o’quv-uslubiy bo’lim inspektori vazifasida ishlab kelmoqda.

Vazifasi: Kafedralar tomonidan topshirilgan guruh jurnallari va qaydnomalarini ro’yxatga olish va oylik xisobotlar tayyorlashdan iborat.

Telefon raqami: +998 93 631-08-78

Pocht: adti07@umail.uz

 

 

 

R.A.Muxammadaminov-2013 yildan buyon oquvuslubiy bolim ish yurituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. 

Vazifalari Institut asosiy statistic ma’lumotlarni yuritish, saqlash va xar chorakda ma’lumotlar yig’ib nazorat qilish. Talabalar davomati bo’yicha mas’ul. Professor-o’qituvchilar tomonidan gurux jurnallarini yuritilishini nazorat qilishdan iborat.

Tel: +998 93 411-37-74

Pochta: adti07@umail.uz

 

 

 

 

OKarimova -2014 yildan buyon oquvuslubiy bolim dispetcheri vazifasida  ishlab kelmoqda.

Vazifalari: O’quv-uslubiy bo’limiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidan,Sog’liqni saqlash vazirligidan va bir qator davlat tashkilotlaridan kelgan xatlar,buyrug’lar va mademnomalarni bo’limlarga tarqatish va tayyorlangan ma’lumotlarni yig’ib jamlangan xolda ko’rib chiqish uchun institut rektoriga taqdim etish va devonxonaga topshirishdan iborat.

Telefon raqami: +998 91 619-85-51

Pоchtа: adti07@umail.uz

 

 

 

E.U.Axmadjonova -2014 yildan buyon o’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri vazifasida ishlab kelmoqda.

Vazifalari 1-kursga qabul qilingan va taxsil olayotgan talabalarning shaxsiy delolarini saqlash, kursdan kursga o’tganligi to’g’risidagi buyruqlarni shaxsiy del ova shaxsiy varaqasiga muntazam yozib boorish. Institutda taxsil olayotgan talabalarga o’qiyotganligi to’g’risida ma’lumotnoma berishdan iborat.

Telefon raqami: +998 93 414-21-94

Pоchtа: adti07@umail.uz