Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining  Andijon davlat tibbiyot institutida   tashkil etilgan bo`limi faoliyati  

 

Andijon Davlat tibbiyot institutida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i

 tibbiyot fanlari nomzodi dotsent:

To’ychiev G’olibjon Urmonovich

tel:+99890-145-27-17

e-mail: d.r_golib1964@mail.ru

 

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini  nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining  qarori qabul  qilindi.

Qarorga asosan Andijon Davlat tibbiyot institutida  ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tashkil etildi. Buyruqga asosan bo’lim boshlig’i etib tibbiyot fanlari nomzodi dotsent To’ychiev G’olibjon Urmonovich, bosh mutaxassislar tibbiyot fanlari nomzodi dotsent Nasirdinova Nargiza Asqarovna, katta o’qituvchi Pakirdinov Alisher Sayfutdinovichlar faoliyat olib bormoqda.

Bo`lim hodimlari

F.I.SH lavozim  telefon no`mer elektron popchta
Nasirdinova Nargiza Asqarovna bosh mutaxassis, tibbiyot fanlari  nomzodi dotsent +99891-476-84-74 nargis.nevro.73@mail.ru
Pakirdinov Alisher Sayfutdinovich bosh mutaxassis,       katta o’qituvchi +99894-431-08-80 pakiridinov.dr@umail.uz

 

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari, professor-o‘qituvchilari, fuqorolar murojaatlari, takliflar va e’tirozlarni institut asosiy o‘quv binosi 2-qavatida joylashgan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi 224-xonada qabul qilinadi.

ADTI  ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining
2018 yil I-chorak ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan
 HISOBOT  TEZISLARI
  1. Andijon davlat tibbiyot instituti ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi Nizomi, bo‘lim xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari, ish rejasi na’munaviy hujjatlar asosida ishlab chiqildi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishildi va institut Ilmiy  Kengashida tasdiqlandi.
  2. Institut veb-saytida bo‘limning maxsus sahifasi ochildi, bo‘limning asosiy maqsadi yoritib berildi va uning faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Institut talabalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlari, kadrlar iste’molchilarining ta’lim jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan fikr va takliflarini o‘rganib borish maqsadida maxsus “Ta’lim sifati” rukni tashkil etildi. Bo‘lim faoliyatiga tegishli ma’lumotlar muntazam kiritib borilmoqda.
  3. Bo‘lim faoliyatiga tegishli me’yoriy -huquqiy hujjatlar ro‘yxatga asosan shakllantirildi  va elektron baza yaratildi, ular asosida ish yuritilishi tashkil etildi.
  4. Institut rektorining 17.02.  2018 yil 87-T sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Buyruq asosida institut va uning tarkibiy tuzilmalari ish rejalari savolnoma asosida o‘rganildi. Tarkibiy tuzilmalarning ish rejalariga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjatlar ba’zasi yaratildi.  Bo‘lim tomonidan ish rejalar bajarilishining nazorati yo‘lga qo‘yildi.
  5. Institutda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish maqsadida ichki ekspertlar ro‘yxati shakllantirildi. Ekspertlar ishtirokida chuqur tahlili qilib chiqildi. Ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlandi.
  6. Institut rektorining 17.02.  2018 yil 87-T sonli buyrug‘i asosida institutda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi va yuqoridagi masalalar bo‘yicha tahlillar o‘tkazilish jadvali institut ilmiy kengashida barcha kafedralarga e’lon qilindi. Yuqoridagilar tahliliy o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etilishi yuzasidan institut ilmiy kengashida TSNKB boshlig‘i tomonidan taqdimot qilindi. Institutda o‘quv – uslubiy jarayon amaldagi DTS, malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha kafedralardan takliflar olindi va umumlashtirildi.Tahlillar davomida aniqlangan kamchiliklari, kadrlar iste’molchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish bilan ta’lim integratsiyasi nuqtai nazardan yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va institut Ilmiy Kengashiga taqdim etildi.
  7. Institut professor-o‘qituvchilari shaxsiy ish rejalarining yarim o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bajarilishini o‘rganish va ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining buyrug‘i chiqarildi va unga asosan, tahlillar fakultet dekanlari, o‘quv bo‘limi va TSNK xodimlari ishtirokida olib borildi. Amaldagi “Vaqt meyorlari” hujjati tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganildi va quyidagi takliflar ishlab chiqildi.
  8. Har bir kafedra kesimida ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasining holati (amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan maxsus o‘quv xonalari va ulardagi jihozlarning  mavjudligi,  zamonaviyligi, yaroqlilik muddati, zarur moddiy ash’yolar bilan ta’minlanganligi va h.k.) ilova-jadval asosida tahlil qilindi, tegishli takliflar tayyorlandi. Kafedralar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlar, shartnomalar asosida moddiy-texnik bazani yaxshilashga  qo‘shgan hissasining ulushi o‘rganildi.
  9. Institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati (jumladan : tillar kesimida), ARM fondida mavjudligi jadval asosida to‘liq o‘rganildi. Adabiyotlar  yetarli bo‘lmagan va yangilanishi zarur bo‘lgan fanlardan ularni to‘ldirish maqsadida yangi adabiyotlarga buyurtmalar berildi. Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida institutda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini bosqichma-bosqich tayyorlash bo‘yicha  reja ishlab chiqilishi muvofiqlashtirildi, uning ijrosi nazoratga olindi.
  10. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini o‘rganish bo‘yicha institut rektorining 17.02 2018 yil 85-T sonli buyrug‘i  tayyorlan  Barcha professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati ilova-jadval asosida tahliliy o‘rganildi, ma’lumotlar bazasi tayyorlandi. Ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim etildi. Institutda 47 ta kafedra (davolash, pediatriya, stomatologiya va malaka oshirish fakultetlar kesimida 2017 y ) mavjud bo‘lib, asosiy  stavkada ishlaydigan professor-o‘qituvchilarning umumiy soni 543 nafar, ulardan  37 nafari fan doktorlari, 138 nafari fan nomzodlari. Fan doktorlarining o‘rtacha  yoshi – 62 yosh, fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi – 55 yosh. Ilmiy salohiyat 32,2 %ni tashkil etadi.
  11. Institut rektorining 24.03. 2018 yil 155-T sonli buyrug‘i asosida  TSNQB boshligi tomonidan reja  va ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarining o‘tkazilish holati o‘rganilmoqda, ularning sifati va samarasiga e’tibor qaratilmoqda. Jarayon  bahorgi semestr davomida amalga oshiriladi  va yakunida o‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlanadi, institut rektoriga (Kengashga) taqdim etiladi.
  12. Institutda talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishga oid sharoitlar – uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalarning mavjudligi, o‘quv-laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi, ulardan talabalarning foydalanishi uchun imkoniyatlarning yaratilganligi, ARMdagi sharoitlar, uning ish tartibi, kompyuter texnikalari va ularning internetga ulanganligi, ishlash tezligi, Wi-Fi zonalarining mavjudligi, TTJlarida kutubxonalarning mavjudligi, ularda yaratilgan sharoitlarning yaratilganlik holatlarini o‘rganish maqsadida  ADTI rektorining  2018yil 17.02. 88-T sonli buyrug‘i  chiqarildi va unga, asosan, yuqoridagi masalalar to‘liq o‘rganildi. Tegishli takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim etildi.
  13. Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kuzgi semestr yakuni bo‘yicha solishtirma jadvallar, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilindi.

Reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash maqsadida institut rektorining 19.01.  2017 yil 27-T sonli buyrug‘i chiqarildi va u asosida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari semestr yakuni bo‘yicha (bitiruvchi kurs guruhlaridan har bir yo‘nalishdan, tanlov asosida)  yozma shaklda nazorat o‘tkazildi, turdosh kafedra mutaxasislari tomonidan o‘rganildi, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilindi, takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim etildi.

  1. ADTI rektorining 17.02. 2018 yil “magistratura mutaxassisliklarida oxirgi 3 yilda magistrlik dissertatsiyalari mavzularining ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste’molchilari) dolzarb muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligini hamda ulardagi takrorlanishlarning mavjudligini o‘rganish” bo‘yicha 86-T sonli buyrugi ishlab chiqildi va tahlil o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot institutida magistratura talabalari tomonidan tayyorlanayotgan ilmiy ishlar (dissertatsiyalar) saviyasini ko‘tarish orqali zamon talablari darajasiga etkazish, ular tomonidan ilmiy va kasbiy  odob-axloq qoidalarini (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on sitata keltirish va boshqalar) buzilishini va dissertatsiyalar mavzularini qaytarilishini oldini olish maqsadida   ADTIning «Ichki kasalliklar, kardiologiya va noinfeksion   kasalliklari profilaktikasi», «Onalik va bolalikni muhofaza qilish», «Jarrohlik kasalliklari», «Travmatologiya, ortopediya, neyrojarrohlik va harbiy dala jarrohligi», «Yuqumli, teri tanosil va radiologiya, onkologiya va sil kasalliklar» innovatsion guruhlari qoshida muammolar hay’atlari tuzilgan. Har bir mutaxassislik bo‘yicha dissertatsiya mavzulari tegishli muammolar hay’atida muhokama qilinib, so‘ngra institut ilmiy kengashiga mavzu va ilmiy rahbarni tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.

  1. Kadrlar iste’molchilarining fikr-mulohazalari (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari kesimida) savolnoma asosida o‘rganildi. Takliflar kiritildi.
  2. Institut rektorining 9.02.2018 yildagi 64-T sonli buyrugiga, asosan, TSNQB boshlig‘i G’.Tuychiev va xodimlari, o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor I.I.Alimdjanov, barcha fakultet dekanlari tomonidan institutda chet tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha kurslarning tashkil etilganligi, ularning samarasi o‘rganildi va tekshiruv  natijalariga ko‘ra takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim etildi.
  3. ADTI rektorining 02.2018 yildagi  65-T sonli buyrugi asosida chet tillari kafedrasi o‘qituvchilarining til bilish darajasini aniqlash maqsadida davolash, pediatriya va kasb-ta’limi 3-kurs talabalaridan ingliz va nemis tili fanidan  2018 yil  20-21 fevral kunlari test shaklida sinovlar va  yozma anketa-so‘rovnoma o‘tkazildi. Olingan natijalar o‘quv ishlari prorektori ishtirokida kafedrada tahlil qilindi, takliflar tayyorlanib, institut rektoriga taqdim etildi.
  4. Yo‘nalishlar kesimida mutaxassislik fanlarining chet tilida o‘qitilishi holatini va uning institut bo‘yicha salmog‘i va sifati o‘rganildi.

Yo‘nalishlar kesimida har bir kursda ikkitadan ingliz tili guruhi tashkil etilgan. Kafedralarda ingliz tili xonalari tashkil etilgan va jihozlangan. Har bir kafedradan ikki nafardardan ingliz tilida mutaxassislik fanidan professor-o‘qituvchilar amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar o‘quv yilining oxiriga rejalashtirildi.

  1. 2018 – yil fevral-mart oylarida reja asosida institut rektori rahbarligida o‘quv ishlari, ma’naviyat va ilmiy ishlar prorektorlari,  dekanlar,  ichki nazorat bo‘limi va o‘quv bo‘limi bilan hamkorlikda fakultetlar kesimida barcha kafedra professor-o‘qituvchilari ichki attestatsiyadan o‘tkazildi. Attestatsiya natijalari bo‘yicha kafedralarga vazifalar belgilandi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddatlar  belgilanib, bajarilishi nazorat qilib borilmoqda. Yil yakuni bo‘yicha ichki attestatsiya o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlatish may oyiga rejalashtrilmoqda.
  2. Institut attestatsiyasi va akkreditatsiyasi jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ichki attestatsiya buyrug‘i, ichki attestatsiya mexanizmi, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va mas’ullar belgilandi.
  3. Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holati tegishli bo‘lim, fakultetlar va kafedralar kesimida o‘rganildi:

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan maqsadli ishlash dasturi ishlab chiqilgan.  Iqtidorli talabalar ro‘yxati shakllantirilgan. Institutda tahsil olayotgan talabalardan 3501 nafari mavjud 38 ta fan to‘garaklariga jalb qilingan. Shulardan, 151 nafari iqtidorli talabalar. Joriy yilda iqtidorli talabalar tomonidan 950 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi, shulardan: xalqaro ilmiy jurnallarda 35 ta, respublika ilmiy jurnallarida 75 ta, xalqaro konferensiyada 45 ta,  respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda 350ta, OTM miqyosidagi  konferensiyalarda – 850 ta talabalar ishtirok etdilar.

2017 -yilda o‘tkazilgan talabalar respublika fan olimpiadalarida 10 nafar iqtidorli talaba faol qatnashib, mikrobiologiya fanidan 1-o‘rinni, normal fiziologiya fanidan 2-o‘rinni, patologik fiziologiya fanidan  2- o‘rinni , xirurgiya mutaxassislik fani bo‘yicha 3- o‘rinni egalladilar.

Davolash fakul’tetining 7- bosqich talabasi Soliev Javoxir Toirjon o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga, stomatologiya fakul’tetining 5- bosqich talabasi SHodmonov Axrorbek Akramjon   o‘g‘li – Ibn Sino davlat stipendiyasiga, davolash  fakultetining 6-bosqich talabasi Usmonova Moxinur Dilshod qizi – Islom Karimov davlat stipendiyasiga, kasbiy ta’lim yo‘nalishining 6-bosqich talabasi O‘rmonov Farrux Mansurovich – O‘zbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi stipendiyalariga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari yosh olimlari va iqtidorli talabalarning“Startap” loyihalarini rivojlantirish” loyihasi doiasida joriy yilning 18 – iyul kuni tanlovning final bosqichida kasbiy ta’lim yo‘nalishining 5-bosqich talabasi O‘rmonov Farrux,  davolash fakultetining 7-bosqich talabalasi Jaloliddinov Davronbek va kasbiy ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Ziyaev Ilyosmirzolar  “MFD-1 operativ funksional himoya ko‘zoynagi” loyihasi bilan qatnashib sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.                                                                                                            Germaniya akademik almashinuvi  dasturlari  (DAAD)  bo‘yicha  3 nafar iqtidorli  talaba xalqaro grantni qo‘lga  kiritib, Germaniyada  til kurslarida ishtirok  etdilar. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlandi va ular institut rektoriga taqdim etildi.