XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

148 Yangiliklar

         2018-yil 3-noyabr kuni  «Hamkor”  xalqaro biznes markazida Andijon davlat tibbiyot  institutining  Fakultet pediatriya va neonatologiya, Bolalar kasalliklari propedevtikasi va pediatriya, Gospital pediatriya , Poliklinik pediatriya kafedralari hamkorlikda  “Bolalarda kelib chiqish sabablari aniq bo‘lmagan isitmali holatlar. Bolalarda  isitmali  holatlarning qiyosiy  tashxisi, davolashda xalqaro klinik   tavsiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib  o‘tdi.
       Mazkur konferensiya  Rossiya  Federatsiyasi   A.I.Yevdokimov  nomli  Moskva  davlat  tibbiy stomatologiya  universiteti pediatriya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Olga Vitalevna Zaytseva ishtirokida tashkil  etildi. 
       Konferensiyani fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri,dotsent B.Inakova   kirish so‘zi bilan ochib, barchani faollikka chaqirdi.
      Shundan so‘ng, rossiyalik yetakchi mutaxassis O.Zaytseva «Lixoradaka neyasnogo geneza-vechnaya klinicheskaya intriga», “Differensialniy diagnoz lixoradochnix sostoyaniy u detey”, Mejdunarodnie klinicheskie rekomendatsii po lecheniyu lixoradki u detey” mavzularida  ma’ruza qildi. Ma’ruzalarda  bolalarda uchraydigan Lixoradka kasalligining  kelib chiqish sabablari, diagnostikasi, zamonaviy davolash  usullari borasida fikr- mulohazalar yuritildi.
     Anjumanda pediatriya fakulteti kafedralarining mudirlari A.Arzibekov, B.Inakova, M.Ganieva, M.Abdullaevalar, professor-o‘qituvchilar, pediatriya fakulteti yuqori kurs talabalari, klinik ordinatorlar, magistrlar, Farg‘ona vodiysi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokor-mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular anjuman davomida  ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va o‘zaro fikr almashdilar.
  


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing:

So'nggi yangiliklar

Andijon davlat tibbiyot institutida mahorat darslari[:ru]Мастер-класс в Андижанском государственном медицинском институте[:en]MASTERY CLASSES IN ANDIJAN STATE MEDICAL INSTITUTE

2018-11-10
241
Ilmiy kengash yig‘ilishi[:ru]ЗАСЕДЕНИЕ УЧЕНОГО СОВЕТА[:en] SCIENTIFIC COUNCIL MEETING

2018-11-08
236
TALABALAR HARBIY TAYYORGARLIGINING YUTUQ VA MUAMMOLARI O‘RGANILDI[:ru]ИЗУЧЕНЫ УСПЕХИ И ПРОБЛЕМЫ ВОЕННОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ[:en]Success and problems in the military training of students

2018-11-09
212
Tibbiyot xodimlari, bayramingiz muborak bo‘lsin![:ru]С праздником, дорогие медицинские работники![:en]HAPPY HOLIDAY DEAR MEDICAL WORKERS!

2018-11-13
192
Yаponiyаning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi vakillari Andijonga keldi[:ru]ПРЕДСТАВИТЕЛИ ЯПОНСКОЙ КОМПАНИИ "МАРУБЕНИ КОРПОРЕЙШН" ПРИБЫЛИ В АНДИЖАНЕ[:en]REPRESENTATIVES OF JAPANESE COMPANU "MARUBENI CORPORATION" ARRIVED IN ANDIJAN

2018-11-13
185
E’lon!

2018-11-08
145
Moskva kongressi  taassurotlari[:ru]Впечатления о Московском Конгрессе.[:en]Impressions of the Moscow Congress

2018-11-13
141
PATOLOGIK ANATOMIYA VA SUD TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OCHIQ AMALIY MASHG'ULOT O'TKAZILDI

2018-11-09
136
ADTI magistratura rezidenti startap-akselerator tanlovida

2018-11-13
128
Yangi innovatsion texnologiyalar asosida konferensiya

2018-11-08
122