Xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan xotira kechasi

231 Yangiliklar

Shu kunlarda mamlakatimizda xalqimizning ardoqli farzandi, atoqli davlat va jamoat arbobi, o‘zining hayotbaxsh asarlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanmoqda.

2017- yil 7- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  ana shu qutlug‘ sana munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xotira tadbirini ADTI rektori Madaminjon Madazimov ochib berdi.

 Shundan so‘ng, institutning faxriy professori Zuhriddin Salohiddinov so‘zga chiqib, Sharof Rashidov O‘zbekistonning rahbari sifatida eng og‘ir sharoitlarda xalqning dardi bilan yashaganligini va bu yo‘lda halol mehnat qilganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 60-80- yillardagi bunyodkorlik ishlari – ko‘plab inshootlar, sanoat korxonalari, madaniy-maishiy inshootlar qurilishi va faoliyati uning nomi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Sharof Rashidovning hayoti va ijodiy faoliyati to‘g‘risida tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Mahfuza Qo‘ziboeva ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida adibning betakror she’rlari va badiiy asarlariga to‘xtaldi.

Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi 201-guruh talabasi Ismigul Qodiralieva Sharof Rashidovning shaxsiy shifokori Subxonqul Oripov xotiralaridan ma’ruza qildi.
Tadbir davomida institutning iqtidorli talabalari Sharof Rashidov qalamiga mansub hayotni, muhabbatni, tinchlik va do‘stlikni, mehnatkash o‘zbek xalqini tarannum etuvchi   dilbar she’rlarini yod o‘qib berdilar. Adib qalamiga mansub she’rlar asosida kuylangan qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi.

Xotira tadbiri barchada yaxshi taassurot qoldirdi.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: