“Yagonasan muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

139 Yangiliklar

           O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 21- maydagi 450-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 12-iyun kuni Andijon davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yagonasan muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
            Ko‘rik-tanlovda viloyatdagi to‘rtta oliy o‘quv yurti talabalari jamoalari ishtirok etdilar. Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakultetining 3-bosqich talabasi Xoshimov Ilhomjon o‘zining “Yoshlar madhiyasi” nomli qo‘shig‘i bilan qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
            G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Maqolaga ovoz bering:  

Do'stlaringizga ulashing: